Get Mystery Box with random crypto!

Ota-ona Yillar o'taveradi... Sekin astalik bilan o'z niyatl | Alpha Crew Med ©

Ota-ona

Yillar o'taveradi... Sekin astalik bilan o'z niyatlarimga ham erishaveraman. Hamma narsa yaxshilanaveradi. Lekin doimo 1 narsa yomonligicha qolaverar ekan. Vaqt ota-onamga ta'sir o'tkazaverar ekan

Deyarli 10 yildan beri uydan uzoqda yashayman. Oxirgi marta ota-onamning yuziga to'yiib qaraganimni eslay olmadim. Bugun shunday qilib ko'rdim. Ular ancha sekinlashib(boshqa so'zlarni ishlata olmadim) qolishibdi Keyin o'zimning naqadar xudbin ekanligimni tushuna boshladim. O'z maqsadlarim yo'lidan yurib, otamning yonida, onamning tizzasida o'tkazishim mumkin bo'lgan yillarni boy berayotganimni o'ylab ichim tirnaldi... Yana Germaniya ga ketaman emish

Xudbinlashib ketyapmiz, do'stlar! Ularni asraylik! Ular g'animat, qolgani topilarkan...

Nimaga bayram kuni bunaqa post yozyapsan deyishinglar mumkin. Lekin men bu gaplarni ularning o'zlariga unchalik ham ayta olmayman. Qandaydir kuch bor buni to'sadigan. Bu yer esa men uchun qulay.

Ayajon, dadajon bilaman bu postni o'qiysizlar...
Men sizlarni yaxshi ko'raman