Get Mystery Box with random crypto!

​​#mutolaa Berluskoni Fransuzlarda - Napoleon, nemislarda - | Allaev Uz (16 )

​​#mutolaa

Berluskoni

Fransuzlarda - Napoleon, nemislarda - Bismark, ruslarda - Stalin, yahudiylarda - Muso. Har qanday millat haqida gap ketganda, uning milliyligi ko‘zgusiga, qolaversa, unga xos bo‘lgan stereotiplarning timsoliga aylangan shaxslar esga olinadi. Agar zamondoshlarimiz orasida italiyaliklarning barcha stereotiplarini birlashtirgan shaxs kim deyishsa, shubhasiz bu - Silvio Berluskoni. U asrlar davomida shakllangan me’yor va sog‘lom fikrli siyosiy madaniyatni oyog'ini osmondan qilgan deyish mumkin. Bosh vazir o'z nutqlarida: "Agar men butun xalq manfaatlarini ko'zlagan holda, ayni lahzada o'z manfaatimni ham ko'zlayotgan bo'lsam, demak meni manfaatlar to'qnashuvida ayblay olmaysiz", - degan iborasi mashhur bo'дib ketadi.

Italiyada so'nggi 60 yil ichida 60 dan ortiq hukumatlar almashgan. U yerda Prezidentlik shunchaki rasmiy lavozim bo'lib, xuddi Buyuk Britaniyadagi qirollik kabi mamlakat birligi ramzi hisoblanadi. Hukumat boshlig'i sifatida Silvio Berluskoni jami uch muddat saylangan. 1994-yilda ilk muddatini boshlaydi va 8 oy hokimiyatda qoladi. Ikkinchi muddat 2001-yilda boshlangan va 4 yilu 11 oy davom etgan. Uchinchi marta esa u 2008-yilda davlat tepasiga chiqib, naq 3 yilu 6 oy ushbu lavozimda qoladi. Umuman olganda, bu natija rekord desa ham bo'ladi, holbuki boshqa yevropalik siyosatchilar bilan solishtirganda unchalik uzoq ko'rinmasligi mumkin, ammo urushdan keyingi Italiyada davom etgan doimiy beqarorlik fonida uning ushbu yutug'i yangi yulduzday porlab turibdi.

Berluskoni hokimiyatdalik paytida sariq matbuotning kundalik qahramoniga aylanadi, ayniqsa xotiniga xiyonat qilgani haqidagi gap so'zlarga: "go'zal ayollarni sevish, g** bo'lishdan yaxshiroq" deya javob beradi. Uni mehmonxonalarda yengiltak ayollar bilan ko'rib qolishadi, siyosatchi bo'la turib, "Milan" futbol klubini sotib oladi - xullas, normal siyosatchilar qochadigan barcha ko'ngilsiz ishlarga aralashadi. Shunga qaramasdan, xalq uni doimo yaxshi ko'rar va unga ovoz berardi. Ayniqsa, yoshi ulug' qatlam uni rosa ulug'lardi.

Bu shundan dalolatki, zamonaviy siyosiy olamida stereotiplar katta o'rin tutadi. Dunyoning ko'plab mamlakatlari aholisida siyosiy arboblarning intellektual iqtidoridan ko'ra, uning tashqi ko'rinishi va qarashlariga bo'lgan qiziqishi ortmoqda. Agar siz davlat oldida turgan chuqur moliyaviy inqirozlar, siyosiy tanazzul va xalqaro munosabatlarni qanday hal qilish to'g'risida biror tasavvurga ega bo‘lmasangiz-u, lekin ommaga manzur tashqi ko'rinishga ega bo'lsangiz, u holda bemalol siyosatga kirib kelsangiz bo'ladi.

— Yanko Svetkov, "Stereotiplar va noto'g'ri qarashlar Atlasi"

@panda_books