Get Mystery Box with random crypto!

Alibek Abdumalikov

Telegram kanalining logotibi alibek_off — Alibek Abdumalikov A
Telegram kanalining logotibi alibek_off — Alibek Abdumalikov
Kanal manzili: @alibek_off
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21
Kanalning ta’rifi

"Internet - bu bir dala, unga yaxshi insonlar gul ekishmasa, boshqalar kelib o't ekib ketishadi"

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-01-04 18:00:03 Toshkent metropoliteni yo‘nalishida joylashgan OTMlarda dars mashg‘ulotlari boshlanishi taqvimi

8:00 dan

Sharqshunoslik universiteti
O‘zMU
Tibbiyot akademiyasi
Arxitektura-qurilish instituti
Stomatologiya instituti

8:30 dan

Irrigatsiya

9:30 dan

MDIST
Puchon universiteti
TMC instituti
Iqtisodiyot universiteti
«Plexanov» Toshkent filiali
Konservatoriya
Webster universiteti
Kimyo-texnologiya instituti
Farmatsevtika instituti
Yuridik universiteti
Moliya instituti
TATU
Texnika universiteti
JIDU
Yangi O‘zbekiston universiteti
Transport universiteti
TTESI
Islom akademiyasi
«Gubkin» Toshkent filiali
Turin politexnika universiteti
Inxa universiteti
Amiti universiteti
Kimyo universiteti

9:30 dan

(faqat "Chilonzor" bekati liniyasida joylashgan fakultetlarga taalluqli)

Pedagogika universiteti
Jahon tillari universiteti

Maʼlumot uchun: qishki ta'tildan keyin dars mashg‘ulotlari 9 yanvar — dushanba kunidan boshlanadi.

t.me/alibek_off
11 viewsAlibek Abdumalikov, 15:00
Ochish/sharhlash
2023-01-04 15:45:29
"Yangi yilni tizimda Korrupsiyaga qarshi kurash yili deb eʼlon qilamiz", - Sogʻliqni saqlash vaziri Amirillo Inoyatov

Ishga joylashtirish, ayniqsa hamshiralarni, roddomlardagi "suyunchi puli","kesarcha kesish" uchun belgilangan stavkalar, order berishdagi tanish bilishchilik kabi illatlar mavjudligini hamma biladi.

Afsuski, shu ishlarni amalga oshirayotgan ayrim nopok shaxslar tufayli butun tizim sha'niga dogʻ tushmoqda.

Yangi yilni tizimda "Korrupsiyaga qarshi kurash yili" deb eʼlon qilamiz. Vazirlikning maxsus "Ishonch telefoni" tashkil etiladi. Shu bilan birga ishonch telefoni sifatida oʻzimning shaxsiy raqamimni ham kiritaman".

Batafsil havola ustiga bosing

t.me/alibek_off
11 viewsAlibek Abdumalikov, 12:45
Ochish/sharhlash
2023-01-04 15:15:08
Gʻaniyev Shuhrat Madaminovich
Prezidentninh Iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlanadi.

t.me/alibek_off
9 viewsAlibek Abdumalikov, 12:15
Ochish/sharhlash
2023-01-03 16:00:02
#FAKE

​​Maktablarda qishki taʼtil muddati uzaytirilishi haqidagi xabarlar asossiz

Ijtimoiy tarmoqlarda oʻquvchilar oʻrtasida mavsumiy gripp kasalligi koʻpayganligi bois Xalq taʼlimi vazirligi qishki taʼtil muddatini 2023 yil 24 yanvarga qadar uzaytirilganligi haqidagi xabarlar tarqalmoqda.

Ushbu xabarlar mutlaqo asossiz. Chunki Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining (@uzedu) rasmiy sahifalarida bu haqda hech qanday maʼlumotlar mavjud emas.

Eslatma: Oʻquvchilar uchun 28 dekabrdan qishki taʼtilning ilk kuni boshlangan. Taʼtil 14 kalendar kun, yaʼni 10 yanvargacha davom etadi. III chorak esa 11 yanvardan boshlanadi.

"Barcha xabarlarga ham ishonavermang"

t.me/alibek_off
10 viewsAlibek Abdumalikov, 13:00
Ochish/sharhlash
2023-01-03 15:41:01 «O‘quvchilarga fizika va kimyo fanini o‘qitishni bekor qilish haqidagi fikrlar hech bir asosga ega emas» — vazir

O‘zbekiston maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova maktablarda fizika va kimyo fanlari qisqartirilishi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali keng muhokama qilinayotgan munozaralarga munosabat bildirdi.

«Kelajakda gumanitar sohani egallaydigan o‘quvchilarga fizika yoki kimyo fanlarini o‘qitish kerak emas, deyish mumkin emas. Sababi har bir inson qaysi kasbni tanlamasin, mavjud ilmiy paradigma asosida dunyo qanday tuzilganini bilishi shart.

Fizika va kimyo kabi fundamental fanlarni o‘qitish asnosida insonning fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Bunday salohiyatga ega bo‘lgan shaxs esa hodisalarni tahlil qilish, tushunish va tushuntirishga qodir bo‘ladi.

Ta'lim sohasiga mas'ul rahbar sifatida ushbu fundamental fanlarni maktab o‘quvchilariga o‘qitilishini bekor qilinishi haqidagi fikrlar hech bir asosga ega emasligini va bunday xavotirga o‘rin yo‘qligini ma'lum qilaman. Aksincha, endilikda biz maktablarda ushbu fanlarni o‘qitishni amaliyot bilan bog‘lash ustida bosh qotirishimiz va buning uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga bor e'tiborimizni qaratishimiz zarur», — deyiladi munosabatda.

t.me/alibek_off
9 views𝐀𝐥𝐢...., 12:41
Ochish/sharhlash
2023-01-02 21:32:58
#Talabaga_yengillik

31 ta OTMda dars jarayonining boshlanish vaqti oʻzgaradi

Poytaxt metropolitenida yoʻlovchi oqimini toʻgʻri taqsimlash, talabalarning oʻz vaqtida dars mashgʻulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida bekatlarga yaqin joylashgan oliy taʼlim muassasalarining maqbullashtirilgan ish grafigi tasdiqlandi.

Unga koʻra, 2023-yil 9-yanvardan yuqoridagi rasmda keltirilgan taʼlim maskanlari talabalari oʻzgargan grafik asosida darslarga qatnashadi.

Eslatib oʻtamiz, qishki taʼtil tugab, dars jarayonlarining boshlanish sanasi 9-yanvar, dushanba kuniga toʻgʻri keladi. 5-yanvardan esa talabalar turar joyi oʻz ishini boshlaydi.

t.me/alibek_off
25 views18:32
Ochish/sharhlash
2023-01-02 21:27:08 @alibek_off taʼlimga oid huquqiy va ommaviy maʼlumotlarni berib boruvchi telegram kanali

Obuna bo‘lish uchun havola:
Telegram
9 views18:27
Ochish/sharhlash