Get Mystery Box with random crypto!

Alibek Abdumalikov

Telegram kanalining logotibi alibek_off — Alibek Abdumalikov A
Telegram kanalining logotibi alibek_off — Alibek Abdumalikov
Kanal manzili: @alibek_off
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21
Kanalning ta’rifi

"Internet - bu bir dala, unga yaxshi insonlar gul ekishmasa, boshqalar kelib o't ekib ketishadi"

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-01-13 22:51:43 Universitet va institutning bir-biridan farqi nimada?

Universitet:
— ta’limning bir necha yo‘nalishlarida oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim beradi;
— turli sohalardagi mutaxassislar malakasini oshiradi va qayta tayyorlaydi;
— fanning turli yo‘nalishlarida fundamental, amaliy va innovasion ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshiradi;
— taalluqli ilm sohasi bo‘yicha tayanch ilmiy-metodik markaz hisoblanadi.

Institut:
— ta’lim va fanning muayyan sohasida oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ayrim dasturlarini amalga oshiradi;
— ma’lum bir soha bo‘yicha muayyan hududdagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug‘ullanadi;
— fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi.

(Savolga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalarini tashkiliy-metodik ta’minlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Abduvali XOLIQOV javob berdi)

t.me/alibek_off
4 viewsAlibek Abdumalikov, 19:51
Ochish/sharhlash
2023-01-13 20:05:01
Toshkent shahri maktablarida ham o’qishlar bekor qilindi, ta’til yana uzaytirildi.

Darslar 18-yanvardan boshlanadi.

P.S: Oʻquvchilar sarson boʻldi.

t.me/alibek_off
8 viewsAlibek Abdumalikov, 17:05
Ochish/sharhlash
2023-01-13 14:43:21 Taʼlim muassasalarining oʻquv xonalarida havo harorati 16 daraja iliqdan past boʻlmasligi kerak -

Sanitariya-epidemiologiya xizmati

t.me/alibek_off
11 viewsAlibek Abdumalikov, 11:43
Ochish/sharhlash
2023-01-11 18:18:06 Toshkent viloyatida 11 yanvardan 18 yanvarga qadar bosqichma- bosqich oʻquv jarayonlari boshlanadigan umumtaʼlim maktablari roʻyxati

Maʼlumot uchun: Jadvalda sariqqa olingan kataklar qaysi maktab qaysi sanadan ochilishini bildiradi.

t.me/alibek_off
5.0K viewsAlibek Abdumalikov, 15:18
Ochish/sharhlash
2023-01-10 11:31:19
2023-yil 11-yanvardan boshlab oliy hamda professional taʼlim muassasalari va akademik litseylarda bosqichma-bosqich dars mashgʻulotlari boshlanadi

Batafsil maʼlumot: https://telegra.ph/11-YANVARDAN-KIMLAR-O%CA%BBQISHGA-CHIQADI-01-10

t.me/alibek_off
48 viewsAlibek Abdumalikov, 08:31
Ochish/sharhlash
2023-01-10 11:24:14 Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni (diplom) nostrifikatsiya qilish narxi qancha?

Hukumatning 620-son qaroriga asosan xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish bepul amalga oshiriladi.

Xorijiy davlatlarda oʻrta maxsus, kasb-hunar, oliy taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlimi olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun BHMning 3 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

Hozirgi kunda BHM: 300.000 so‘m

t.me/alibek_off
38 viewsAlibek Abdumalikov, 08:24
Ochish/sharhlash
2023-01-07 15:12:47
Qoʻshimcha taʼtil kunlarida bogʻcha tarbiyalanuvchilari uchun haq toʻlanmaydi

Joriy yilning 10-18 yanvar kunlari maktabgacha taʼlim tashkilotlarida navbatdan tashqari taʼtil eʼlon qilingandan soʻng koʻplab ota-onalardan mazkur taʼtil kunlarida ham bogʻcha puli toʻlanishiga doir koʻplab savollar kelib tushmoqda.

Amaldagi Nizom talablari asosida mazkur taʼtil kunlari uchun bogʻcha toʻlovi toʻlanmaydi, deya xabar bermoqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi.

Taʼtil eʼlon qilingunga qadar bogʻcha toʻlovi amalga oshirilgan boʻlsa, keyingi toʻlovlarni amalga oshirish jarayonida taʼtil kunlari uchun toʻlangan badal summasi hisobga olinadi.

t.me/alibek_off
14 viewsAlibek Abdumalikov, 12:12
Ochish/sharhlash
2023-01-06 16:16:26
Uzaytirilgan qishki ta’til kunlari maktablarda o‘quvchilar ishtirokida to‘garaklar tashkil etilmaydi

Xalq taʼlimi vazirligi

t.me/alibek_off
16 viewsAlibek Abdumalikov, 13:16
Ochish/sharhlash
2023-01-06 10:12:04
Oʻquvchilarning taʼtil paytidagi xatti-harakati uchun sinf rahbari javobgar boʻlmaydi

Batafsil maʼlumot

t.me/alibek_off
15 viewsAlibek Abdumalikov, 07:12
Ochish/sharhlash
2023-01-06 09:58:52
Savol: Dual taʼlim tizimi nima ?

Javob: Dual ta’lim tizimi

Bu ixtisoslashgan ta’lim turi bo‘lib, talaba nazariy bilimlarni ta’lim muassasasida, amaliy ko‘nikmalarini esa bevosita ish joyida, ya’ni tashkilotda olish imkoniyatini yaratib beradi. Dual ta’limining asosiy maqsadi ta’lim muassasasi va ish beruvchilarning sa’y-harakatlari amaliy mashg‘ulotlarning asosiy omili sifatida birlashtirib, talabalarning kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirishdan iborat.

t.me/alibek_off
13 viewsAlibek Abdumalikov, 06:58
Ochish/sharhlash