Get Mystery Box with random crypto!

«O‘quvchilarga fizika va kimyo fanini o‘qitishni bekor qilish | Alibek Abdumalikov

«O‘quvchilarga fizika va kimyo fanini o‘qitishni bekor qilish haqidagi fikrlar hech bir asosga ega emas» — vazir

O‘zbekiston maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova maktablarda fizika va kimyo fanlari qisqartirilishi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali keng muhokama qilinayotgan munozaralarga munosabat bildirdi.

«Kelajakda gumanitar sohani egallaydigan o‘quvchilarga fizika yoki kimyo fanlarini o‘qitish kerak emas, deyish mumkin emas. Sababi har bir inson qaysi kasbni tanlamasin, mavjud ilmiy paradigma asosida dunyo qanday tuzilganini bilishi shart.

Fizika va kimyo kabi fundamental fanlarni o‘qitish asnosida insonning fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Bunday salohiyatga ega bo‘lgan shaxs esa hodisalarni tahlil qilish, tushunish va tushuntirishga qodir bo‘ladi.

Ta'lim sohasiga mas'ul rahbar sifatida ushbu fundamental fanlarni maktab o‘quvchilariga o‘qitilishini bekor qilinishi haqidagi fikrlar hech bir asosga ega emasligini va bunday xavotirga o‘rin yo‘qligini ma'lum qilaman. Aksincha, endilikda biz maktablarda ushbu fanlarni o‘qitishni amaliyot bilan bog‘lash ustida bosh qotirishimiz va buning uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga bor e'tiborimizni qaratishimiz zarur», — deyiladi munosabatda.

t.me/alibek_off