Get Mystery Box with random crypto!

Qoʻshimcha taʼtil kunlarida bogʻcha tarbiyalanuvchilari uchun | Alibek Abdumalikov

Qoʻshimcha taʼtil kunlarida bogʻcha tarbiyalanuvchilari uchun haq toʻlanmaydi

Joriy yilning 10-18 yanvar kunlari maktabgacha taʼlim tashkilotlarida navbatdan tashqari taʼtil eʼlon qilingandan soʻng koʻplab ota-onalardan mazkur taʼtil kunlarida ham bogʻcha puli toʻlanishiga doir koʻplab savollar kelib tushmoqda.

Amaldagi Nizom talablari asosida mazkur taʼtil kunlari uchun bogʻcha toʻlovi toʻlanmaydi, deya xabar bermoqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi.

Taʼtil eʼlon qilingunga qadar bogʻcha toʻlovi amalga oshirilgan boʻlsa, keyingi toʻlovlarni amalga oshirish jarayonida taʼtil kunlari uchun toʻlangan badal summasi hisobga olinadi.

t.me/alibek_off