Get Mystery Box with random crypto!

Siz kitob o‘qishni sevasiz, lekin bunga hech yetarli vaqt topa | Al-Nur.uz📚📈💰

Siz kitob o‘qishni sevasiz, lekin bunga hech yetarli vaqt topa olmaysizmi?

Enterpreneur saytining mualliflaridan biri “kitob o‘qishga vaqtim yo‘q” deydiganlarga bir nechta maslahatlar berdi. Biz ulardan asosiylarini siz kitobxonlar bilan bo‘lishishni ma’qul topdik. Bu ko‘proq kitob o‘qishni istaganlar uchun ham juda foydali bo‘lishi mumkin.

Demak, quyida o‘sha muallifning ko‘p kitob o‘qish uchun o‘zi tutgan yo‘llarini keltirib o‘tamiz.

. Qayerga borishingizdan qat’iy nazar o‘zingiz bilan kitob olib yuring. O‘qish uchun har doim imkon bor.

. Ro‘yxat tuzib yuring. Bir qancha vaqtdan keyin o‘qigan kitoblaringizning sonini ko‘rib xursand bo‘lasiz va bu sizga qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi.

. Bir emas, bir necha kitobni o‘qib boring.

. Kitobga belgilar qo‘yib, kerakli gap va mulohazalarni belgilab boring.

. O‘qiganlaringizni boshqalar bilan bo‘lishing.

. Kitobni tinglashni ham yo‘lga qo‘ying.

. Arzonrog‘ini oling, ko‘proq kitobga ega bo‘lasiz.

. Ko‘proq vaqtni kitob o‘qishga sarflang. Masalan, kino ko‘rish, instagram va boshqa chatlarda o‘tirishni o‘rniga kitob o‘qishga ko‘proq e’tibor bering.

. Iloji bo‘lsa bir vaqtni kitob o‘qishga ajrating. Bu odatga aylanadi.

. Kitob klublariga a’zo bo‘ling.

anzil
: @AL-NUR.UZ

https://t.me/joinchat/AAAAAFZ6hP305cl2weDoRQ