Get Mystery Box with random crypto!

Qanday qilib yanada ko'proq kitob o'qish mumkin? 1. Kutubx | Al-Nur.uz📚📈💰

Qanday qilib yanada ko'proq kitob o'qish mumkin?

1. Kutubxonalarga boring. Bu minglab kitoblarni tekin va arzimagan pul sarflab o'qishning eng yaxshi usuli.

2. Soat bilan o'qing. Bo'sh vaqtingiz qancha bo'lishi — 30 daqiqami yo 3 soatmi — qati nazar, soat sizni mutolaaga sho'ng'ishga va hech narsaga chalg'imaslikka undaydi.

3. Hamisha qo'l ostingizda kitob bo'lsin. Yo'lda ham audiokitoblar tinglab keting. Kutishga ketadigan vaqtni ham behudaga sarflamang — doimo yoningizda qog'oz yoki elektron kitob bo'lsin.

4. Uyqu oldidan mutolaa qiling. Tadqiqotlarga ko'ra, uyqu oldidan biz ko'proq axborot hazm qilamiz, boz ustiga, mutolaa uxlashda ham yordam beradi. Agar har kuni kechqurun malum bir vaqtda o'qishga kirishsangiz, mutolaa ham tezda odat tusini oladi.

5. Kamida uchta bobni o'qishga odatlaning. Kitobga imkoniyat bering, uning uchta bobini o'qing, lekin u sizga yoqmasa, uni oxirigacha o'qish uchun o'zingizni qiynamang. Sizga na foyda, na huzur keltiradigan narsani o'qishdan ma'ni yo'q.

anzil
: @AL-NUR.UZ

https://t.me/joinchat/AAAAAFZ6hP305cl2weDoRQ