Get Mystery Box with random crypto!

FARROSH BO'LMAGAN BIZNESMEN Bir kishi “Microsoft”kompaniyas | Al-Nur.uz📚📈💰

FARROSH BO'LMAGAN BIZNESMEN

Bir kishi “Microsoft”kompaniyasiga farrosh bo'lib
ishlash uchun kelibdi. Kadrlar
bo'limida u bir nechta testlardan,
suhbatdan o'tibdi va unga
deyishibdi:
— Tabriklaymiz, sizni ishga qabul
qilamiz. Bizga o'z e-mailingizni
qoldiring, ish jadvali haqida
ma'lum qilamiz.
— Kechirasiz, mening
kompyuterim yo'q,– debdi
boyagi kishi, – elektron pochtam
ham yo'q.
— Afsuski, u holda sizni ishga
qabul qilolmaymiz.
“Microsoft”ning barcha
xodimlari bilan e-mail orqali
aloqa qilamiz va ishimizning
asosiy qismi kompyuterlar bilan
bog'liq. Shuning uchun sizni
ishga ololmaymiz.
Bechora kishi tashqariga yo'l
olibdi va kompyuter uchun
qanday qilib pul topishni o'ylay
boshlabdi. Cho'ntagida atigi 30
dollar puli bor ekan. Qarasa,
nariroqda bir fermer bog'idan
terib kelgan olmalarini
sotayotgan ekan. U 10 kilo olma
sotib olibdi va gavjum
ko'chalardan biriga borib olma
sota boshlabdi. Ikki soatda uning
puli ikki barobar, olti soatdan
keyin esa 10 barobarga
ko'payibdi. U “Microsoft”ga
ishga kirmasdan ham yashash
mumkinligini tushunibdi.
Bir qancha vaqtdan keyin erkak
avtomobil sotib olibdi, avvaliga
kichik do'kon, keyinroq magazin
ochibdi. Besh yildan keyin
supermarketlar tarmog'ini
tashkil qilibdi. Shundan so'ng u
biznesini sug'urta qildirmoqchi
bo'libdi, sug'urta agenti esa
undan elektron pochtasini
qoldirishni so'rabdi. Biznesmen
xuddi bir necha yil oldingi
singari unda e-mail ham,
kompyuter ham yo'qligini
aytibdi.
– Qoyil! – debdi sug'urta agenti,
– kompyuteringiz yo'q bo'la
turib shunday biznesga ega
ekansiz! Agar komyuteringiz
bo'lganida kim bo'lardingiz
ekan?!
Biznesmen unga jilmayib javob
qaytaribdi:
– U holda “Microsoft”da farrosh
bo'lardim


anzil: @AL-NUR.UZ

https://t.me/joinchat/AAAAAFZ6hP305cl2weDoRQ