Get Mystery Box with random crypto!

Aytilmagan gaplar

Telegram kanalining logotibi ahadjon_ismoilov_ijodi — Aytilmagan gaplar A
Telegram kanalining logotibi ahadjon_ismoilov_ijodi — Aytilmagan gaplar
Kanal manzili: @ahadjon_ismoilov_ijodi
Toifalar: Musiqa
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 19

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 8

2022-10-11 22:01:32 Izlam turkumidagi 9 ta kitob toʻliq nashrdan chiqdi!

Bu kitoblarning har biri aloxida ovoz. Taftish aloxida. Va aloxida savol! Istaysizmi yoʻqmi bu savollardan qochib qutulolmaysiz. Nashriyotlar "sheʼr" desa tutqanogʻi tutib qoladigan zamonda bor boʻyicha tavakkal qildi Akademnashr. Rahmatli yozuvchimiz Olim Otaxon: "Bugungi sheʼriyatimiz juda choʻqqilab ketdi. Lekin nasrimiz unga yetib olmasa, sheʼriyatimiz koʻtarilgan daraja koʻrinmaydi" degandi. "Izlam"da bittagina nasriy kitob bor. Oʻsha shoʻrlik qolgan sakkiz sheʼr kitobni keyeng yelkasida koʻtarib turganday xayolimda. Va baribir sheʼrga ehtiyoj mingdan bir kishida tugʻiladi yo yoʻq. Har narsaning oliy navi boʻladi. Sheʼr englar ichra eng oliy navdir. Unga yetib ololdimi jamiyatimiz? Oʻzini oʻqimishli, ziyoli sanaydiganlarchi? Koʻramiz, oʻlmasak koʻramiz...

JONTEMIR: «JAZBA»
Narxi: 35 000 so‘m

XURSHID ABDURASHID: «FAQAT U QOLDI»
Narxi: 35 000 so‘m

TILLANISO: «QON»
Narxi: 25 000 so‘m

RAFIQ O‘ZTURK: «ICHINGDA BAHOR»
Narxi: 20 000 so‘m

FERUZA XAYRULLAYEVA: «TUTQUN»
Narxi: 20 000 so‘m

MADINA NORCHAYEVA: «QUMARU»
Narxi: 20 000 so‘m

MIRZOHID MUZAFFAR: «MAHV»
Narxi: 25 000 so‘m

MUHAMMAD SIDDIQ: «DUGOH»
Narxi: 20 000 so‘m

AZIZBEK NOROV: «AZAL VA ABAD YO'LI»
Narxi: 35 000 so‘m

Nashriyot hamma kitoblarni bittada sotib olgan kishiga 15% chegirma eʼlon qildi.

Shunda aslida 235 000 boʻladigan toʻplam,
200 000 ga aylanadi.

Aloxida sotib olmoqchi boʻlsangiz, narx oʻzgarmaydi.

Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Soʻgalli ota-5.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi roʻparasi, Hilolnashr biqinidagi bino.

Toʻliq maʼlumot olish, Toshkent va viloyatlardan buyurtma berish uchun telefon:
99-433-16-77
Telegram orqali: http://t.me/akademsavdo manziliga yozib, savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Yetkazib berish xizmati mavjud.

Ish vaqti: 09⁰⁰ dan 18⁰⁰ gacha (dushanba-juma).

@akademnashr | #IZLAM
22 views19:01
Ochish/sharhlash
2022-10-11 00:44:13 Shu taxlit yashayver umringni
Qayerga shoshyapsan endi vaqt?


Ahadjon Ismoilov
Mohlaroyim

@qalbga_mujdam
27 views21:44
Ochish/sharhlash
2022-10-09 19:31:57
Aljirash

Mansur NAZAROVga

Ko'zlarni so'qirday ochib icharman,
Eng arzon sharobni doshimga urib...
Axir, bu dunyodan kimlar o'tmagan –
Ushalgan orzuni boshiga urib?!.

Atayin qanotin qayirib nechun
Toqatim cho'qiydi, tinmay yelkamni?!
Azal la'natlagan bir qonun uchun
Atayin bir kam deb, qaysi bir kamni?!

Kimlar qurbon bo'ldi muvozanatga?!
Nahotki odamlar tanlaydi taqdir...
Nimaga o'shalar ko'nmaydi baxtga?!
Balki, o'shalarning hammasi haqdir...

Axir, bu dunyodan kimlar o'tmagan,
Ushalgan orzuni boshiga urib?!.
Ko'zlarni so'qirday ochib icharman,
Eng arzon sharobni doshimga urib...

Iyul, 2022

Ahadjon Ismoilov
64 views16:31
Ochish/sharhlash
2022-10-07 23:15:07
***

Nega rahming kelar?!
Kelar-u takror,
Nega achinmoqdan kelmas ko'zlaring?!
Yuragimni ezma,
Ne keragi bor,
Yupanchni opichlab olgan so'zlarning?

Nega rahming kelar?!
Kelmasin!
Ketkiz!
Axir men kelmadim dardimga qarshi...
Hech bir ilinjimga ilinmagan qiz...
Hammasi yaxshi-ku!
Hammasi yaxshi...

Ahadjon Ismoilov
49 views20:15
Ochish/sharhlash
2022-10-06 20:37:38
***

Savoling toʻkisdur, javobim qisman...
Qaysi bir iztirob chirmagan chizmam?!.
Izga tushdimmi, yo
Chiqdimmi izdan?
Men kimman?

Kechir!
Nolimayman, dilda malol yoʻq.
Gunohi yoʻq yoʻllar, emas halol yoʻl!
Sendagi javobga menda savol yoʻq...
Sen kimsan?

Visol deganlari baxtfurush chiqsa,
Dunyo deganlari vaqtfurush chiqsa,
Ne boʻlar bizlardan bir tovush chiqsa?
Lek jimmiz...

Biz kimmiz?!

Iyun, 2022

Ahadjon Ismoilov
10 views17:37
Ochish/sharhlash
2022-10-04 22:53:59 Sen yo'q lahzalarga tikilaman jim,
Lahzalar qoshimda tonglarni tizdi...
Kechir, bu o'nglardan uyg'onolmadim,
Uyg'ota olmadim tushlarimizni...

Aytaymi?!
Umrimdan uzun-ku vido,
Izhorlar sukutdan topdilar bizni.
Rahmmi?!
La'natmi?!
Har qalay, Xudo
Bardoshni dardlardan kattaroq chizdi...

Baribir bularga ko'na olmayman,
Isming bir tovushsiz titrar labimda.
Qizig'i - afsus ham cheka olmayman,
Seni yo'qotmasdim, topmaganimda...

Qachondir borliqni elitar fusun,
Qachondir kipriklar bo'lmaydi g'ijim...
Kelasan, sochlari umrimdan uzun...
Sen bor lahzalarga tikilaman jim...

May 2022

Ahadjon Ismoilov
25 viewsedited  19:53
Ochish/sharhlash
2022-10-03 22:50:37
Kechirim

.ga

Mening borim so'zdir!
Mening yo'g'im so'z...
Zulmat-la qasdlashib nigohim bir dam,
Mana, ko'zlaringga boqib yig'ladim,
Mana shu(!)
Mana shu so'zlarim bilan...

Yoshlarimni artgil kipriklaring-la!
Bu umr hayallab borayotgan o'q,
Maylimi, bir umr seni sog'inay...
U-da bir omonat.
Keyin bormi-yo'q...

Seni sevolmadim odamga o'xshab,
Sabab ne (-) ko'nglimning eng go'zal dog'i(?)!
Kechirim so'raydi takror shoiring-
Kechirmasligingga arzimas chog'i...

Ko'ngildan qarz bo'lib qolmasin devdim,
Bu hislar, hech qachon aytmagan soʻzim...
Tobora oqarar tunlarning sochi,
Visolning rangiga o'tmaydi ko'zim...

Iyul, 2022

T.me/Ahadjon_Ismoilov_ijodi
20 views19:50
Ochish/sharhlash
2022-10-02 23:56:14
*   *   *

Negayam suyding-a?!
Nimamni suyding?!
Qara, yuzingdagi kulgichlar qani?
Axir men...
Axir men qip-qizil telba,
Odamlar soppa-sog'...
Haddan tashqari...

Men kim,
quvonchlardan qochgan bir qo'rqoq!
Men kim,
Sitamlardan istagan ma'ni...
Istasang kechirma...
Kechirma
Biroq,
Seni sevolmayman odamlar kabi...

Ahadjon Ismoilov
16 views20:56
Ochish/sharhlash