Get Mystery Box with random crypto!

Aytilmagan gaplar

Telegram kanalining logotibi ahadjon_ismoilov_ijodi — Aytilmagan gaplar A
Telegram kanalining logotibi ahadjon_ismoilov_ijodi — Aytilmagan gaplar
Kanal manzili: @ahadjon_ismoilov_ijodi
Toifalar: Musiqa
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 19

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 24

2022-07-07 20:12:48 Mushoira???
Reaksiya bildiring!
8 ta bo'lsak boshlaymiz.
27 viewsedited  17:12
Ochish/sharhlash
2022-07-06 23:49:50 Uyquni qochiradigan alla

Uxla deyman ko'zingni och Alla-yo Alla
O'zingni top o'zingdan qoch Alla-yo Alla
Dardni suygil, azobni quch
Alla-yo Alla
O'nglaringni hammasi tush
Alla-yo Alla...
36 viewsedited  20:49
Ochish/sharhlash
2022-07-06 11:25:27 #mutolaa_uchun

Usmon Azim - "Saylanma''
72 views08:25
Ochish/sharhlash
2022-07-06 06:56:24 #tinglaymiz
39 views03:56
Ochish/sharhlash
2022-07-03 21:32:20
* * *

Bostirib-bostirib nelardur
kelardi ko'zingga,
koʻzimga...
Naylayin?!
Ishona olmasdim
o'zimga,
men seni
o'zimga...

Bir afsus kuydirar bir umr,
"oh"larim oladur bog'zimdan.
Qo'lingni qo'ymasdim bir umr...
O'zimdan qo'rqaman,
o'zimdan...

Fevral 2022

Ahadjon Ismoilov
58 views18:32
Ochish/sharhlash
2022-07-03 18:33:30
Boshqacha darvesh...(Mansur NAZAROV)

P/s: Sen(ba'zi)lar tan olmasliging mumkin, lekin senlar tan olganlar tan oladi!..
95 viewsedited  15:33
Ochish/sharhlash
2022-07-02 06:44:28 ***
Yo‘q,
Endi ko‘nglingdan chiqarolmaysan,
Umringda quyoshday porlayveraman.
Ming yillar qa’riga ketganingda ham,
Men seni samoday chorlayveraman.

Ismingni tonglarga yozaman mahtal,
G’unchalar bargida uxlayveraman.
Yo‘q, baxting meningsiz bo‘lolmas tugal,
Men seni har lahza yo‘qlayveraman.

Otashman,
Dengizman,
Samoman,
Nurman,
Jismu jahoningni o‘rayveraman,
Ayt, qanday topasan, qochmoqqa imkon -
Men seni Xudodan so‘rayveraman.

Men - so‘ngti tomchiman,
Yagona najot.
Faqat sen ichgin deb qistayveraman.
Qo‘llarimda qoldi
Eng so‘nggi hayot,
O’lsam ham ishqingni istayveraman!

Zebo Mirzo
@Zarnigorxon_1227
61 views03:44
Ochish/sharhlash
2022-07-02 05:54:17 Tinglaymiz...
55 viewsedited  02:54
Ochish/sharhlash
2022-07-01 10:18:40 Ijroda: Shoxruh Davron Ergashev
Muallif: men
86 viewsedited  07:18
Ochish/sharhlash
2022-07-01 06:15:15
* * *

I

Oqshom...
Tor xonamda sukut mudraydi,
G'ashimga teginar yurakning zarbi...
Menga qoʻngʻiroq qil...
Ahvolim...
Mayli...
Aytaylik eng yomon tahmining kabi...

II

Xayol(-)ot kishnaydi, so'kar og'ochin...
Ko'zlari nur to'la ko'kka qadalgan...
Menga qoʻngʻiroq qil...
Qara,
Yuqmoqchi,
Vaqtning rangi suluv xotiralarga...

III

So'ngi bor sog'inchning rangini o'chir...
Bilaman,
Bahona bilmasligingni...
Menga qoʻngʻiroq qil...
Aytmoqlik uchun:
Hech qachon qo'ng'iroq qilmasligingni...

Ahadjon Ismoilov

Sentabr 2021
92 views03:15
Ochish/sharhlash