Get Mystery Box with random crypto!

Baliqni kooperatsiya asosida yetishtiruvchilar barcha soliqlar | AgroZamin

Baliqni kooperatsiya asosida yetishtiruvchilar barcha soliqlardan ozod qilinadi

Qonun bilan Soliq kodeksida quyidagi imtiyozlar belgilandi:

Chakana savdo, umumiy ovqatlanish, mehmonxona, yo‘lovchi va yuk tashish, avtotransportlarni taʼmirlash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish, kompyuter xizmatlarini, maishiy texnikani taʼmirlash, agro va veterinariya xizmatlari ko‘rsatuvchi, ko‘ngilochar joylarda xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar – 2022 yil 1 apreldan 2025 yildan 1 yanvargacha ijtimoiy soliqni 1 foiz to‘laydi;

Tadbirkorlar 2022 yil 1 yanvardan 2027 yil 1 yanvargacha maydoni 5 ming kv/m dan ko‘p savdo komplekslari va mehmonxonalar, ular egallagan yerlar bo‘yicha quyidagilarga haqli:

mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha stavkalarga nisbatan 0,1 koeffitsiyentni qo‘llashga;

foyda solig‘ini hisoblashda 2 yillik mazkur binolarning qiymatini amortizatsiya tarzida chegirib tashlanadigan xarajatlarga kiritishga.

Xo‘jaliklarda baliq yetishtirishni kooperatsiya asosida yo‘lga qo‘ygan soliq to‘lovchilar 2025 yil 1 yanvargacha barcha soliqlardan (QQS va ijtimoiy soliq mustasno) ozod qilinadi.

- - - - -
AgroZamin - Qishloq xo'jaligi bozori ishtirokchilarining biznes imkoniyatlarini kengaytirish uchun elektron platforma

+99878 150 00 88

WebsiteInstagramYouTube