Get Mystery Box with random crypto!

Avgust oyida g‘o‘zani sug‘orish va qator orasini yumshatish bo | AgroZamin

Avgust oyida g‘o‘zani sug‘orish va qator orasini yumshatish bo‘yicha tavsiyalar

Turli viloyatlarda g‘o‘za navlarining xususiyatlaridan kelib chiqib,sug‘orish meʼyori gullash-hosil to‘plash davrida gektariga 900-1100, pishish davrida 700-800 kubometrnitashkil etishi tavsiya etiladi.G‘o‘zaning hosil to‘plash davridasug‘orish muddatlari kechikishi hisobiga 6-7 s/ga hosil yo‘qotiladi,tez-tez sug‘orish ham zararli bo‘lib namlik ortib ketishidan hosilga salbiy taʼsir ko‘rsatadi.

Avgust oyida g‘o‘za qator orasini yumshatish ishlarini davom ettirish, g‘o‘za tuplari orasida havo almashinuvini yaxshilaydi, ko‘saklarga issiq havo va shamol tegib, tez yetiladi.

Agar qator oralarida g‘o‘za tuplari tutashib-birlashib ketmagan bo‘lsa, bunday dalalar 1-2 marta kultivatsiya qilinishi mumkin. Kultivatsiya shunday o‘tkazilishi kerakki, g‘o‘za tuplariga ziyon yetkazmasin, ko‘saklarni to‘kmasin.

- - - - -
AgroZamin - Qishloq xo'jaligi bozori ishtirokchilarining biznes imkoniyatlarini kengaytirish uchun elektron platforma

+99878 150 00 88

WebsiteInstagramYouTube