Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlarning huquqiy va siy | Advokatlik xizmatlari.

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlarning huquqiy va siyosiy bilimlarini oshirish, saylov qonunchiligi haqida yoshlarga keng tushuncha berish hamda ularning saylovdagi faolligini oshirishga qaratilgan videodarslar ishlab chiqildi.

Agentlik tomonidan taqdim etilayotgan videodarslarda saylov bilan bog'liq barcha ma'lumotlar sodda tilda tushuntirib berilgan. Quyidagi havolalar orqali videodarslarni tomosha qilishingiz mumkin. Kiring, ko'ring, huquqiy bilimlaringizni yana-da oshiring!

1. Saylov nima?
2. Saylov prinsiplari
3. Aktiv saylov va passiv saylov
4. Saylovchilarning huquqlari
5. Saylovchilarning majburiyatlari
6. Saylov kuni
7. Saylovlarda ovoz berish tartibi
8. Saylovlarda siyosiy partiyalarning ishtiroki
9. Saylov okruglari va uchastkalari
10. Saylovchilar ro'yxati qanday shakllantiriladi?
11. Saylovchilar ro'yxatidan familiya va ismini topolmaganda qanday chora ko'rishi kerak?
12. Saylov byulleteni va uni to'ldirish tartibi
13. Saylovchining turgan joyida ovoz berish tartibi
14. Saylovchining chet davlatda turgan joyida ovoz berish tartibi
15. Muddatidan oldin ovoz berish
16. Saylov ovozlarini hisoblab chiqish
17. Saylov natijalarini e'lon qilish
18. Takroriy ovoz berish va takroriy saylov qanday hollarda o'tkaziladi?
19. Saylov komissiyalari
20. Saylovni moliyalashtirish

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi