Get Mystery Box with random crypto!

AbMaSa's personal blog:)

Telegram kanalining logotibi abmasa_link — AbMaSa's personal blog:) A
Telegram kanalining logotibi abmasa_link — AbMaSa's personal blog:)
Kanal manzili: @abmasa_link
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 58
Kanalning ta’rifi

Welcome to ABMaSa's blog!
📌The student of UzSWLU, Arabic filology
📌 IELTS 7holder
📌 English teacher👩‍💻
Who runs her own blog on telegram and shares
✅education related
✅self-improvement
✅linguistic
✅student life experience 🧕👩🏻‍🎓
posts.

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2023-01-04 08:26:27 Arab tilidan kursga borishdan oldin!(raqamlar tartib uchun xolos. O'ringa emas)

1. O'zingizdan so'rang: nega aynan arab tilini o'rganishim kerak? Qiziqamanmi o'zi bu tilga? Hayotimning qaysi pog'onalarida menga ko'makchi? Kamida 5ta asosiy sabab ko'rsatib, yozib qo'ying o'zingiz uchun.

2. Maqsad qo'ying. Chunki maqsadsiz, motivsiz uzoqqa bormasligimiz aniq . Til o'rganishni eng katta maqsadingizga eltuvchi vosita va ko'prik deb biling.

3. Shoshmang. Poyezdga kech qoladigan odamdek shoshib kurslarga ro'yxatdan o'tib olmang(hammasi ham siz o'ylaganchalik bo'lavermaydi), birinchi kunidayoq bir dunyo narsa o'rganishga harakat ham qilmang(o'zingizni o'zingiz zeriktirib qo'yasiz mashg'ulotingizdan), kitoblar sotib olmang tezda(reklama va soqqa uchun chiqarilgan kitoblar juda ko'p, qurboni bo'lganim uchun gapiryapman).

4. Ozgina izlan, baraka topgur! Atrofimiz to'la manba. Kitob. Tajribali insonlar. So'rab ko'ring nimadan boshlaganini, qaysi kitoblar yaxshi ekanligini, saytlardan qidiring oson va mukammal o'rgatadigan kanallarni. Lekin hammasiga ham og'ib ketmang. Shunchaki xulosangiz uchun kerak bo'ladi. O'zim tavsiya qiladiganlarni alohida yozib qoldiraman pastda.

5. Reja. Manba topdingiz, maslahatlar oldingiz. Endi boshlash kerak. Kun tartibingizga qarang. Qachon miyangiz sof va xotirjam bo'ladi? Kamiga 30daqiqa. Bemalol bo'ladigan, chalg'ituvchi narsalardan holi bo'lgan vaqtni belgilang. Kerak bo'lsa, budilnik ham qo'ying. Masalan, harflarni o'qish va yozishni o'rganmoqchi bo'lsangiz, 1 yoki 1yarim oy ketadi. Har kuni kamiga 2ta harf o'rganishni kunlik rejaga kiriting. Ba'zida takrorlashni, test qilib o'zingizni sinashni ham qo'shing. Xullas, rejani o'zingizga qulay qilib tuzib oling. Tugaydigan vaqti ham bo'lsin.

6. Davomiylik. Kursga borishgacha bo'lgan kun tartib davomiyligini saqlang iloji boricha. To'xtab qolganingiz sari muddat ham oshib, maqsadga erishish onlari uzoqlashaveradi. Bir kun uxlab qolib, bir kun mehmonga borib dangasalik qilaversangiz, tilni o'rganolmayotgan emas, o'rganishni xohlamayotgan bo'lasiz! Shunchaki har kuni, bir xil muddatda, davomiy harakat qiling:).

7. Niyat va duo. Amallarimiz niyatlarimizga bog'liq. Niyatni chiroyli va oxiri hayr bilan tugaydigan qiling. Duolaringizda so'rang. Do your best and leave the rest!

8. Yaxshi yetakchi ustoz. Harflarni qat'iy rejimingizda o'rganib bo'lgan bo'lsangiz, endi vaqt yaxshi Ustoz topishga keldi. Metodikasi, tirishqoqlik va talabchanligi yuqori bo'lgan o'qituvchi sizni qaysidir darajaga chiqarib bera oladi. Ustozsiz qiyin. U sizni baholaydi, o'zingiz ko'rmagan kamchiliklaringizni ko'rsatadi, ruhlantiradi, jazolaydi, to'g'ri manba bilan ta'minlaydi. Yaxshi ko'rsangiz ustozingizni, fanni ham yaxshi ko'rib boraverasiz .

9. Men foydalangan manbalar.

https://youtube.com/@ImranAlawiye-gatewaytoarabic ingliz tilini yaxshi bilsangiz, inglizchada o'rgatadigan kanallar ko'p va ishonchli. Birinchi shu Dr Imran darslaridan boshlaganman to'g'ri yozishni.

https://youtube.com/@Arabic101 bu kanal ham zo'r telegramda ham mavjud @arabic101t Qur'on o'qishni o'rgatadigan tajweed darslari ham bor. Faqat intermediate darajagacha.

https://youtube.com/@MyArabicJourneyWithMohammed bunda esa kengroq va qiziqarliroq yo'l bilan o'rgansa bo'ladi. Faqat harflar emas.

https://youtube.com/@LearnWithSafaa mening eng sevimli va yordami ko'p tekkan kanalim Safaa zo'r o'qituvchi https://youtube.com/@DubaiAcademy bu ham Safaa kanali hamkori.

https://youtube.com/@arabicuz bu esa Uzb rasmiy kanallaridan. Darajangiz oshgan payt kitoblar tahlilini ham ko'rsangiz bo'ladi.

10. Ozgina bo'lsa ham hayrli deb bilsangiz, o'rganishni xohlagan, lekin boshlolmayotganlar uchun jo'natib qo'ying postni.

Love you all
Yours,
@AbMaSa_link
77 viewsedited  05:26
Ochish/sharhlash
2023-01-04 07:50:04 Arab tilini "... dan" o'rganishni boshlamoqchiman

Biz nimadir yangi odat yoki hobby yoki til o'rganish kabilarni boshlamoqchi bo'lganimizda o'zimiz uchun "erta"/ "Dushanba"/ "Keyingi oy"/"Yangi yil"/"Yangi hafta" ni muddat qilib olamiz va aynan shu maddatni uzaytiraveramiz.

Shunchaki qiziqing, izlaning, reja tuzing va har kunlik routinega o'sha ishni qo'shing. Davomiylikni saqlang. Natija vaqt o'tishi bilan o'zini ko'rsatadi.

Mening arab tili bilan sayohatim kichkinagina husnixat daftarcha olganimda boshlangan. To'g'ri "abiturientman, vaqtim yo'q" deb, har zamon yozib qo'yar edim.
Lekin kuniga 10daqiqagina vaqtimni dugonam bilan g'iybatlashib ham o'tkazib yuborar ekanman. Anglay boshladim. Kuniga kamida 1ta harf o'rganaman, 28ta harfni bir oyda tugatsam ham mayli dedim. O'sha muddat ham uzayib ketdi.

Vaqt o'tib, pul yig'ib, "Muallimi soniy" oldim. Undan o'qishni boshladim, har o'qiganimni daftarga yozar edim. Bilmaganmanki, yozayotganlarim yozma emas, bosma yozuvligini . 4.5 oy deganda tugatdim Chunki ona tili/adabiyot, tarix, matematika degan fanlar ham bor edi u payt routineda.

Yordam. Bilasiz, til o'rganayotgan insonga doim ko'mak kerak. Manba jihatidan emas(to'lib yotibdi manba), yo'nalish jihatidan. Mening 2ta dugonam Arab tilidan xabardor edi. Ularga ko'rsatar edim yozuvlarimni, lekin ularniki boshqacha edi. Keyin YouTubega yuzlandim. Videolar ko'rdim.

Va nihoyat universitetda ustozimiz yo'nalishlariga silliqqina tushib ketdik...

P.s. bu postni vaqt sarflab o'qiganingiz uchun rahmat. Asosiysini endi yozaman.

@AbMaSa_link
75 views04:50
Ochish/sharhlash
2023-01-03 11:04:28 Arab tilini boshlamoqchi bo'lganlar yoki boshlolmayotganlar yoki boshlashni bilmayotganlar uchun post yozmoqchiman.
Delfincha qoldiring
80 views08:04
Ochish/sharhlash
2023-01-02 14:27:20 I wanna have 100 subscribers for this month
103 viewsedited  11:27
Ochish/sharhlash
2022-12-30 20:30:50 2022-yil.

1. IELTSdan o'zim xohlagan natija bilan boshlandi. #Alhamdulillah
2. Matematika, tarixni chuqurlashtirib o'qishni boshladim fevralda. Ancha narsa o'rgandim atigi 6oy davom etgan bo'lsa ham. #Alhamdulillah
3. 17ga qanday kirganim esimda yo'q, lekin yil davomida yaxshi sovg'alar oldim har tomondan #Alhamdulillah.
4. Maktabni bitirdim. Qog'ozdagi "a'lo" baholarga . Siz baho uchun o'qimang. Bilim uchungina o'qing. Maktabdan ko'p yaxshi o'rtoqlar orttirganman, ustozlar ham. Hammalarini yaxshi ko'raman. Birisini ko'rib fikr, birisini ko'rib shukr qilganman . Oxirgi 2yilni hisobga olmasak, qolgan 9yil eng beg'ubor davrlar edi... #Alhamdulillah
5. Abiturientlik davrimning oxirgi yilini mazza qilib, eng yaqin insonlarim bilan unforgettably o'tkazishga ulgurdim #Alhamdulillah
6. E'zoza bilan oxirgi(rostdan har soat birga edik) haqiqiy birgalik davrimiz bo'ldi. O'sha payt ham ich-ichimizdan sezar edik, qadrlar edik bir-birimizni. Anyways, we're still together by heart #Alhamdulillah
7. Umrimda birinchi marta qizlar bilan yashadim . Uyimizda, yotoqda, univer yotoqxonasida. Energiya almashinuvining eng zo'r ko'rinishi agar sizni rivojlantira oladigan aura bo'lsa . #Alhamdulillah
8. Ingliz tilidan vaqtincha( 1haftalik Muchima sherik edi ) va haqiqiy o'qituvchi( o'quvchilarimni yaxshi ko'raman ) bo'la oldim, #Alhamdulillah
9. Universitet talabasi bo'ldim . Bu haqidagi hissiyotlarim ta'rifsiz #Alhamdulillah
10. Aynan shu yilda Toshkentga tashrif buyurdim 1-marta (idp). O'sha safar qolganlarini davomiylashtirdi #Alhamdulillah
11. 12ta badiiy asar o'qishgagina ulgurdim . Yana bilmadim . Hisobot daftarim Toshkentda qolib ketgan . Lekin hamma o'qigan kitoblarim meni rivojlanishimga o'zining alohida hissasini qo'shgan. #Alhamdulillah
12. Umrimda 1-bor liftga , eskalatorga chiqdim , KFC yedim . Haaa, men shunaqa qiz edim . BookCafeda bo'ldim I'll bor
#Alhamdulillah
13. Toshkentdagi borishni xohlagan joylarimga bordim, #dream larimga qo'ydim. #Alhamdulillah
14. Men uchun eng yaxshi bo'lgan KURSDOSHLARni uchratdim. Eng yaqin dugonalar topdim . #Alhamdulillah
15. Arab tilini chuqur o'rganishni boshladim #Alhamdulillah
16. Haqiqiy xorijliklar bilan gaplashdim #Alhamdulillah
17. Oilamni sevishni, insonlarni haqiqiy xislatlarini qadrlashni, yolg'izlik ham aslida yaxshi rivojlanish ekanligini, doim hayrlisini berilishiga chin dildan ishonishni, ba'zan yig'lab turishni, kech qolish faqat o'zimgagina ziyon ekanligini, adashganda Xaritadan emas, odamlardan so'ragan ma'qulroq ekanligini , pulni tejamasdan ishlatishni, oshqozonimni mendan boshqasi o'ylamasligini va shu kabi ba'zi yozilmagan narsalarni angladim, o'rgandim #Alhamdulillah
18. Metroga tushdim, adashdim, 2martadan pul to'ladim ham . Hozir esa yozuvlarga qaramasdan #Alhamdulillah
19. Rolikda uchdim , online dars beradigan o'quvchim bilan ko'rishdim
20. O'zimning haqiqiy accountimni ochdim

Ilhom kelganicha yozildi post . Esimdan chiqqanlari ham bordur. Mayli, asosiysi, yozdim. Keyingi yilga rejalarim chiroyliroq bundan-da . Sizlarga ham tilayman eng hayrlilarini . Rahmat.

@AbMaSa_link
131 viewsedited  17:30
Ochish/sharhlash