Get Mystery Box with random crypto!

2022-yil. 1. IELTSdan o'zim xohlagan natija bilan boshlandi. | AbMaSa's personal blog:)

2022-yil.

1. IELTSdan o'zim xohlagan natija bilan boshlandi. #Alhamdulillah
2. Matematika, tarixni chuqurlashtirib o'qishni boshladim fevralda. Ancha narsa o'rgandim atigi 6oy davom etgan bo'lsa ham. #Alhamdulillah
3. 17ga qanday kirganim esimda yo'q, lekin yil davomida yaxshi sovg'alar oldim har tomondan #Alhamdulillah.
4. Maktabni bitirdim. Qog'ozdagi "a'lo" baholarga . Siz baho uchun o'qimang. Bilim uchungina o'qing. Maktabdan ko'p yaxshi o'rtoqlar orttirganman, ustozlar ham. Hammalarini yaxshi ko'raman. Birisini ko'rib fikr, birisini ko'rib shukr qilganman . Oxirgi 2yilni hisobga olmasak, qolgan 9yil eng beg'ubor davrlar edi... #Alhamdulillah
5. Abiturientlik davrimning oxirgi yilini mazza qilib, eng yaqin insonlarim bilan unforgettably o'tkazishga ulgurdim #Alhamdulillah
6. E'zoza bilan oxirgi(rostdan har soat birga edik) haqiqiy birgalik davrimiz bo'ldi. O'sha payt ham ich-ichimizdan sezar edik, qadrlar edik bir-birimizni. Anyways, we're still together by heart #Alhamdulillah
7. Umrimda birinchi marta qizlar bilan yashadim . Uyimizda, yotoqda, univer yotoqxonasida. Energiya almashinuvining eng zo'r ko'rinishi agar sizni rivojlantira oladigan aura bo'lsa . #Alhamdulillah
8. Ingliz tilidan vaqtincha( 1haftalik Muchima sherik edi ) va haqiqiy o'qituvchi( o'quvchilarimni yaxshi ko'raman ) bo'la oldim, #Alhamdulillah
9. Universitet talabasi bo'ldim . Bu haqidagi hissiyotlarim ta'rifsiz #Alhamdulillah
10. Aynan shu yilda Toshkentga tashrif buyurdim 1-marta (idp). O'sha safar qolganlarini davomiylashtirdi #Alhamdulillah
11. 12ta badiiy asar o'qishgagina ulgurdim . Yana bilmadim . Hisobot daftarim Toshkentda qolib ketgan . Lekin hamma o'qigan kitoblarim meni rivojlanishimga o'zining alohida hissasini qo'shgan. #Alhamdulillah
12. Umrimda 1-bor liftga , eskalatorga chiqdim , KFC yedim . Haaa, men shunaqa qiz edim . BookCafeda bo'ldim I'll bor
#Alhamdulillah
13. Toshkentdagi borishni xohlagan joylarimga bordim, #dream larimga qo'ydim. #Alhamdulillah
14. Men uchun eng yaxshi bo'lgan KURSDOSHLARni uchratdim. Eng yaqin dugonalar topdim . #Alhamdulillah
15. Arab tilini chuqur o'rganishni boshladim #Alhamdulillah
16. Haqiqiy xorijliklar bilan gaplashdim #Alhamdulillah
17. Oilamni sevishni, insonlarni haqiqiy xislatlarini qadrlashni, yolg'izlik ham aslida yaxshi rivojlanish ekanligini, doim hayrlisini berilishiga chin dildan ishonishni, ba'zan yig'lab turishni, kech qolish faqat o'zimgagina ziyon ekanligini, adashganda Xaritadan emas, odamlardan so'ragan ma'qulroq ekanligini , pulni tejamasdan ishlatishni, oshqozonimni mendan boshqasi o'ylamasligini va shu kabi ba'zi yozilmagan narsalarni angladim, o'rgandim #Alhamdulillah
18. Metroga tushdim, adashdim, 2martadan pul to'ladim ham . Hozir esa yozuvlarga qaramasdan #Alhamdulillah
19. Rolikda uchdim , online dars beradigan o'quvchim bilan ko'rishdim
20. O'zimning haqiqiy accountimni ochdim

Ilhom kelganicha yozildi post . Esimdan chiqqanlari ham bordur. Mayli, asosiysi, yozdim. Keyingi yilga rejalarim chiroyliroq bundan-da . Sizlarga ham tilayman eng hayrlilarini . Rahmat.

@AbMaSa_link