Get Mystery Box with random crypto!

Arab tilini '... dan' o'rganishni boshlamoqchiman Biz nimadi | AbMaSa's personal blog:)

Arab tilini "... dan" o'rganishni boshlamoqchiman

Biz nimadir yangi odat yoki hobby yoki til o'rganish kabilarni boshlamoqchi bo'lganimizda o'zimiz uchun "erta"/ "Dushanba"/ "Keyingi oy"/"Yangi yil"/"Yangi hafta" ni muddat qilib olamiz va aynan shu maddatni uzaytiraveramiz.

Shunchaki qiziqing, izlaning, reja tuzing va har kunlik routinega o'sha ishni qo'shing. Davomiylikni saqlang. Natija vaqt o'tishi bilan o'zini ko'rsatadi.

Mening arab tili bilan sayohatim kichkinagina husnixat daftarcha olganimda boshlangan. To'g'ri "abiturientman, vaqtim yo'q" deb, har zamon yozib qo'yar edim.
Lekin kuniga 10daqiqagina vaqtimni dugonam bilan g'iybatlashib ham o'tkazib yuborar ekanman. Anglay boshladim. Kuniga kamida 1ta harf o'rganaman, 28ta harfni bir oyda tugatsam ham mayli dedim. O'sha muddat ham uzayib ketdi.

Vaqt o'tib, pul yig'ib, "Muallimi soniy" oldim. Undan o'qishni boshladim, har o'qiganimni daftarga yozar edim. Bilmaganmanki, yozayotganlarim yozma emas, bosma yozuvligini . 4.5 oy deganda tugatdim Chunki ona tili/adabiyot, tarix, matematika degan fanlar ham bor edi u payt routineda.

Yordam. Bilasiz, til o'rganayotgan insonga doim ko'mak kerak. Manba jihatidan emas(to'lib yotibdi manba), yo'nalish jihatidan. Mening 2ta dugonam Arab tilidan xabardor edi. Ularga ko'rsatar edim yozuvlarimni, lekin ularniki boshqacha edi. Keyin YouTubega yuzlandim. Videolar ko'rdim.

Va nihoyat universitetda ustozimiz yo'nalishlariga silliqqina tushib ketdik...

P.s. bu postni vaqt sarflab o'qiganingiz uchun rahmat. Asosiysini endi yozaman.

@AbMaSa_link