Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓

Telegram kanalining logotibi abituriyent_talaba_baholashuz — Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓 A
Kanaldagi mavzular:
Qabul
Тезкор
Abituriyent
Telegram kanalining logotibi abituriyent_talaba_baholashuz — Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓
Kanaldagi mavzular:
Qabul
Тезкор
Abituriyent
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 91.36K
Kanalning ta’rifi

📬 Reklama: https://t.me/ SwAo-YikrkZzu9el
@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.
📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 22

2023-03-21 06:32:10
Miyani buzuvchi, uning faoliyatiga zarar yetkazuvchi 7 ta odat:

Nonushta qilmaslik;
Yetarlicha dam olmaslik;
Haddan tashqari ko'p shirinlik iste'mol qilish;
Kunduz kuni uzoq vaqt davomida uxlash;
Ovqatlanayotganda smartfon yoki televizor tomosha qilish;
Paypoqda yoki, shuningdek, boshni butunlay o'ragan holda uxlash;
Fast-fud va/yoki gazlangan ichimliklarni tez-tez iste'mol qilish.

Bu odatlardan uzoqroq yuring!

Yaqinlaringizni ham bu haqida ogohlantirib qo'yishni unutmang!

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
25.5K views03:32
Ochish/sharhlash
2023-03-20 06:05:05 ​#foydali

Ilon Maskning qoidalari

Space X, Tesla kabi kompaniyalar asoschisi Ilon Maskni tanimaydigan odam bo'lmasa kerak. Uning hayotiy qoidalarini o'rganish sizu-bizga foydali bo'lishi shubhasiz.

1. Birinchi bo‘lib ahmoqligimizni tan olishimiz kerak. Biz albatta o‘zimizdan aqlliroq narsalar yasa olamiz

2. Xato qilishi qo‘rqinchli emas. Bitta narsada ikkita marta xato qilmasa bo‘ldi

3. Kamroq vaqt finanslarga sarflang, kamroq vaqt uchrashuvlarga, kamroq vaqt PoverPointʼga va ko‘proq vaqt sizni kashfiyotlaringizni maksimal ajoyib qiladigan harakatlarga

4. Genri Ford birinchi avtomobilini ixtiro qilib katta ishlab chiqazishni boshlaganda odamlar: "Qo‘ysangchi, ot senga nega to‘g‘ri kelmaydi?" deb aytishgan. U katta va xavfli qadam qilgan, lekin u o‘xshagan

5. Pessimist bo‘lib to‘g‘ri bo‘lgandan ko‘ra, optimist bo‘lib adashgan yaxshi

6. Pullarimni yarimi dunyodagi muammolarni yechishga mo‘ljallangan, ikkinchi yarimi - Marsda shahar qurish uchun.

7. Ilhomlantiruvchi kelajakka ega bo‘lish muhim. Ertalab turib yashashni xohlash uchun sabablar bo‘lish kerak. Agar kelajakda yulduzlar orasida, har xil sayyoralarda hayot bo‘lmasa, menimcha bu juda depressiv kelajak

8. Bitta savatda tuxumlarni ushlash - normal holat, agar savat bilan bo‘layotgan narsalarni boshqarayotgan bo‘lsangiz.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
41.2K views03:05
Ochish/sharhlash
2023-03-19 22:25:43 Abituriyentlar uchun duolar toʻplami

Aksariyat abituriyentlar 2023-yilgi kirish imtihonlariga qattiq kirishib, kunu tun talaba boʻlish niyatida harakat qilmoqdalar. Darhaqiqat, talaba boʻlish uchun astoydil harakat qilish talab etiladi. Binobarin, raqobat kuchli, yil sayin talaba boʻlishni maqsad qilganlarning soni ortib bormoqda.

Shu bilan birga, abituriyent Allohga tavakkul qilishi hamda ota-ona, ustoz va yaqinlarining duosi olishi ham lozim. Muhimi, qalbda – ilm egallash hamda bu ilmi ila Vatani, xalqi, oilasi xizmatida boʻlish niyati boʻlsin.

1. «Robbi yassir va la tuʼassir. Robbi tammim bil-xoyri».
Robbim! Oson qilgin, qiyin qilma. Robbim, (ishimni) yaxshilik bilan tugatgin.

2. «Robbishroh li sodri va yassir li amri vahlul ʼuqdatan min lisani yafqohu qovliy» (Toho, 25-28).
«Robbim! (Bu qiyin vazifaga) bagʻrimni keng qilgin va ishimni oson qilgin hamda tilimdan tugunni (duduqlikni) yechib yuborgin, (toki) ular (qavmim) gapimni (yaxshi) anglasinlar.

3. «Robbi zidni ilman va fahman».

Robbim! Ilmimni va zehnimni orttir.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
42.6K viewsedited  19:25
Ochish/sharhlash
2023-03-19 22:10:39
17.000 ishtirokchi qatnashgan test yakunlandi! Natijalar bilan tanishing

Respublika miqyosida 19-mart kuni OLIYGOH.UZ platformasida DTM standartida tashkil qilingan 33-DIAGNOSTIK IMTIHON umumiy reyting natijalari bilan tanishing!

Bu safargi imtihonda 17mingga yaqin abituriyentlar ishtirok etdi va o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishdi. Eng omadli 14 nafar g'oliblar 20-mart kuni 12:00 da jonli efirda aniqlanadi va @imtihon_sovrinlari kanalida eʼlon qilinadi.

Natijalar ro'yxati: https://oliygoh.uz/dtm-test/respublika-diagnostik-imtihon-33?results=1

Ishtirok etgan barcha abituriyentlar "Shaxsiy kabinet" orqali o'zlarining natijalarini ko'rishlari, yo'nalishlar bo'yicha mandatlarga ega bo'lishi, javoblarning tahlillari olishlari mumkin:

Natijalar tahlilini ko'rish

— Hurmatli abituriyentlar, hech qachon harakatdan toʻxtamang, chunki gʻalaba - tinimsiz mehnat natijasidir.

Muvafaqqiyatlaringiz davomiy bo'lsin.
40.7K views19:10
Ochish/sharhlash
2023-03-19 19:48:367 usul orqali testlarni to‘g‘ri ishlashni o‘rganing!

Imtihon asosan 4 variantli test ko‘rinishida bo‘lishini hisobga olib, sizlarni shu turdagi testlarni to‘g‘ri ishlash usullari bilan tanishtirib o‘tamiz.

Testdagi savol va savol sharti bilan yaxshilab tanishing.
Savoldan tashqari, savolning qo‘shimcha sharti bo‘lishi mumkin. Savolning shartiga yaxshilab e’tibor bering. Javob variantlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sakramasdan, sharti bilan yaxshilab tanishing. Savolning biroz chalg‘ituvchi shartlari bo‘lishi mumkin.

Avvaliga oson savollarga javob bering.
1-qadamdan so‘ng, oson savollarga javob berib chiqing. Bu sizga imtihonning savollari, formati va qiyinchiligi bilan tanishib chiqish imkonini beradi. Eng muhimi esa test boshlanishi bilanoq bir qancha savollarga to‘g‘ri javob berishingiz, o‘zingizga ishonchni keskin oshiradi.

Javoblarni xayolda topishga harakat qiling.
Savolni o‘qing va javob variantlarini qo‘lingiz yoki bir parcha qog‘oz bilan berkitib, xayolingizda eng yaxshi javob nima bo‘lishi mumkinligini o‘ylang. O‘xshash variantlar odatda chalg‘itib yuboradi. Oldindan o‘ylab olsangiz, shunday chalg‘ib qolishdan saqlanasiz.

Har bir javob variantini o‘qing.
Hamma variantlarni o‘qing. Javob to‘g‘ri ko‘rinishi mumkin, lekin siz topgan javobdan ham to‘liqroq va aniqroq javobni tashlab ketayotgan bo‘lishingiz mumkin.

“Chiqarib tashlash” usulidan foydalaning.
Agar savol sizga qiyin tuyulsa va to‘g‘ri javobni bilmasangiz, noto‘g‘riligi aniq bo‘lgan javoblar ustidan ruchkada chizib tashlang. Qolgan variantlar orasidan javobni belgilashingiz, to‘g‘ri javobni topishingiz ehtimolligini oshiradi.

“Barcha javoblar to‘g‘ri” shaklidagi savollar
Aytaylik, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan javob varianti bor. 2 ta javob to‘g‘riligini bilsangiz, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan variantni tanlayvering.

Har bir savolga javob bering.
DTM tizimida noto‘g‘ri javoblarga jarima berilmaydi, ya’ni noto‘g‘ri javob uchun ball ayirib tashlanmaydi. Shunday ekan, barcha savollarga javoblarni belgilang. To‘g‘ri javoblarni topish ehtimolingiz oshadi.

Maslahatlarimiz sizga ma'qul bo'lgan bo'lsa, do'stlaringiz va yaqinlarizga ham ulashing.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
42.4K viewsedited  16:48
Ochish/sharhlash
2023-03-19 17:37:19
IMTIHON BOSHLANDI. 23:59 ga qadar vaqtingiz bor!

OLIYGOH.UZ platformasida abituriyentlar uchun barcha fanlardan Respublika miqyosida 31-DIAGNOSTIK IMTIHON boshlandi.

Imtih
on g'oliblariga maxsus sovg'alar mavjud.

Umumiy sovrin: 700ming so'm
G'oliblar soni: 14 nafar

Siz ham imtihonda albatta qatnashing va yutuqlarga ega bo'ling!

Tezroq ro'yxatdan o'ting va haqiqiy imtihon ruhiyatini his qiling!

Testda qatnashish:
https://t.me/oliygoh_test_bot?start=1
https://t.me/oliygoh_test_bot?start=1
11.4K views14:37
Ochish/sharhlash
2023-03-19 12:28:48
#motivatsiya

Millionlab insonlarni o'zgartiradigan video | Abituriyentlar albatta ko'rsin!

Ashurov Akmalxon

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
26.8K views09:28
Ochish/sharhlash
2023-03-19 09:02:00
Tarixni suv qilib ichib yuborgan abituriyent

Kim bu videoni ko'rib o'z yoshligini eslayapti? Hozir ham shunaqa kitobni yodlab, suv qilib ichib o'qiydigan abituriyentlar bormikin-a?

Tarixchilarga yuboramiz

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
36.3K views06:02
Ochish/sharhlash
2023-03-19 08:08:24BUGUN IMTIHON!
YUTUQ: 700 MING SO'M!


Bugun, 19-mart kuni Oliygoh.uz platformasida barcha fanlardan Respublika miqyosidagi 33-DIAGNOSTIK IMTIHON bo'lib o'tadi.

Onlayn imtihon Davlat imtihon standartlari asosida tashkil etilib, barcha fanlardan kirish imtihonlari andozasida 5 BLOKLI test savollari taqdim etiladi.

Ishtirok etish bepul!
Imtihonda ishtirok etish

Sovrin: 700 ming so'm
G'oliblar soni: 14 nafar

BLOK TEST barcha fanlardan bo'lib o'tadi. O'zingizga mos yo'nalishni tanlang:

Huquq + Ingliz tili
Ingliz tili + Matematika
Ingliz tili + Ona tili
Kimyo + Biologiya
Matematika + Ingliz tili
Matematika + Ona tili
Matematika + Fizika
Ona tili + Ingliz tili
Ona tili + Matematika
Ona tili + Tarix
Tarix + Geografiya
Tarix + Ingliz tili
Tarix + Ona tili
Biologiya + Ona tili
Biologiya + Kimyo
Kimyo + Matematika
Geografiya + Matematika
Boshqa yo'nalishni tanlash

Imtihon afzalliklari:

Pul yutib olish imkoniyati;
Davlat standartidagi savollar;
Barcha fanlardan blok test
Asosiy fan + majburiy fanni tanlash
Test yakunida maxsus sertifikat
To'g'ri javoblar tahlili kabi imkoniyatlardan foydalanish mumkin.

Eng muhimi, imtihon yakunlangandan keyin natijalar hamda javoblar platformada umumiy mandat shaklida e'lon qilinadi. Shuningdek, abituriyentlar qaysi oliygohga kirishi mumkinligi haqida tahliliy ma’lumotlarga ega bo'lishadi.

Testda ishtirok etish:
@OLIYGOH_TEST_BOT
@OLIYGOH_TEST_BOT
30.4K views05:08
Ochish/sharhlash
2023-03-19 06:54:20 Salom, Abituriyent!
Maqsadni ulkan qo'y!

Sen bilan bugun yana bir oz suhbatlashmoqchiman. Va bir narsani bilishingni, anglashingni xohlardim. Bilasanmi, talaba bo'lish sening oliy maqdading bo'lmasligi, balki maqsadingga yetishish yo'lida bir instrument vazifasini o'tashi kerak.

Masalan, sen zo'r shifokor bo'lishni istashing kerak, tibbiyot oliygohi sen uchun maqsadingning bir bo'lagi bo'lishi lozim. Agar sen faqat ToshMIga kirsam bo'ldi deya niyat qilsang, sendan hech qachon yaxshi shifokor chiqmaydi.

Balki hozir gaplarim senga ahmoqona tuyilar, lekin qachondir meni his qilasan.

Talabalik nima? Agar sen viloyatdan poytaxtga kelib o'qiyotgan talaba bo'lsang va o'rtahol oilaning farzandi bo'lsang, talabalik bu yuz bora turar joy o'zgartirishlar, avtobusda nafas ham ololmay bir manzilga tiqilib yetib olishing, bozorlik qilish uchun arzimagan pul yig'ishlar, go'sht sotib olmaslik.

Agar sening oliy maqsading talaba bo'lish bo'lsa, unga erishgach bo'm-bo'sh qopga aylanib qolasan. Va yuqoridagi doimiy ko'ngilsiz hodisalar bu qopni negativ bilan to'ldirib qo'yadi, natijada jamiyat sig'dirmagan oddiy omadsiz, alamzadaga aylanasan.

Nima demoqchiman? Maqsadni ulkan qo'y. Yulduzni tanla! Everestni tanla! Va unga intil. Kurash. Zero, hayot kurashlardan iborat. Faqat sen buni hali u qadar anglamay turibsan xolos.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
24.0K viewsedited  03:54
Ochish/sharhlash