Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓

Telegram kanalining logotibi abituriyent_talaba_baholashuz — Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓 A
Kanaldagi mavzular:
Qabul
Тезкор
Abituriyent
Telegram kanalining logotibi abituriyent_talaba_baholashuz — Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓
Kanaldagi mavzular:
Qabul
Тезкор
Abituriyent
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 91.36K
Kanalning ta’rifi

📬 Reklama: https://t.me/ SwAo-YikrkZzu9el
@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.
📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 21

2023-03-28 10:45:29
«Najot Ta'lim» va «Cambridge LC» markazlari 2 mlrd 500 mln so'mli grant e'lon qiladi!

Najot Ta'lim va Cambridge LC o'zaro hamkorlikda kam ta'minlangan, boquvchisini yo'qotgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida «Kelajak yoshlari» nomli ta'lim grantini davom ettiradi.

Bu yilgi 2 mlrd 500 mln so'mli ta'lim granti orqali 100 nafar yigit-qizga ingliz tili hamda dasturlash, grafik dizayn yo'nalishlarida 1 yil davomida bepul ta'lim berish reja qilingan.

«Kelajak yoshlari» grantida respublikamizning istalgan hududida istiqomat qiluvchi 15 yoshdan 23 yoshgacha bo'lgan yoshlar ishtirok etish huquqiga ega.

Talabgorlar motivatsion xat va suhbat orqali saralab olinadi.

«Najot Ta'lim» va «Cambridge LC» jamoalari ushbu xayrli ishni hech qanday moddiy manfaat ko'zlamagan holda, o'z qadriyatlaridan kelib chiqib, millat va vatan oldidagi burchi o'laroq amalga oshirmoqda!

«Kelajak yoshlari» grantiga ro'yxatdan o'ting

Eslatma: Ushbu grant uchun ro'yxatdan o'tish 3-aprel, soat 23:59 gacha davom etadi.

P. S. Grant o'z egalariga yetib borishi uchun xabarni haqdor insonlarga yetkazing.

78-888-9-888
23.7K views07:45
Ochish/sharhlash
2023-03-28 10:23:06 Kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma

2023-yil 2-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi.

Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) asosida 07:30 dan boshlab kiritiladi va test sinovlari 09:00 da boshlanadi.

Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
23.7K viewsedited  07:23
Ochish/sharhlash
2023-03-28 08:12:03 Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2023-yil 4-5-, 9-11- va 13-17-mart kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (28-30-mart) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
26.2K viewsedited  05:12
Ochish/sharhlash
2023-03-28 07:57:22
1 daqiqa vaqtingizni ajratib savobga ega boʻling va DAROMAD toping!

Xozirda start olgan "Open Budget" loyihasida bizning mahallamizga o'z ovozingizni berish natijasida ham savobga ham har bir ovoz uchun 6000 so'm paynetga ega bo'lishingiz mumkin!

Sizni qo'llab quvvatlashingiz biz uchun muhim! Botimizga kirib ovoz berib mahallamizni obod boʻlishiga o'z hissangizni qo'shing

@Riobudget_bot
@Riobudget_bot

Savol javob uchun chat @gerb_rasmiy
27.4K views04:57
Ochish/sharhlash
2023-03-27 16:30:52 Salom, Abituriyent!
Maqsadni ulkan qo'y!

Sen bilan bugun yana bir oz suhbatlashmoqchiman. Va bir narsani bilishingni, anglashingni xohlardim. Bilasanmi, talaba bo'lish sening oliy maqdading bo'lmasligi, balki maqsadingga yetishish yo'lida bir instrument vazifasini o'tashi kerak.

Masalan, sen zo'r shifokor bo'lishni istashing kerak, tibbiyot oliygohi sen uchun maqsadingning bir bo'lagi bo'lishi lozim. Agar sen faqat ToshMIga kirsam bo'ldi deya niyat qilsang, sendan hech qachon yaxshi shifokor chiqmaydi.

Balki hozir gaplarim senga ahmoqona tuyilar, lekin qachondir meni his qilasan.

Talabalik nima? Agar sen viloyatdan poytaxtga kelib o'qiyotgan talaba bo'lsang va o'rtahol oilaning farzandi bo'lsang, talabalik bu yuz bora turar joy o'zgartirishlar, avtobusda nafas ham ololmay bir manzilga tiqilib yetib olishing, bozorlik qilish uchun arzimagan pul yig'ishlar, go'sht sotib olmaslik.

Agar sening oliy maqsading talaba bo'lish bo'lsa, unga erishgach bo'm-bo'sh qopga aylanib qolasan. Va yuqoridagi doimiy ko'ngilsiz hodisalar bu qopni negativ bilan to'ldirib qo'yadi, natijada jamiyat sig'dirmagan oddiy omadsiz, alamzadaga aylanasan.

Nima demoqchiman? Maqsadni ulkan qo'y. Yulduzni tanla! Everestni tanla! Va unga intil. Kurash. Zero, hayot kurashlardan iborat. Faqat sen buni hali u qadar anglamay turibsan xolos.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
19.1K views13:30
Ochish/sharhlash
2023-03-27 14:48:50 Sizni hech narsani uddalay olmaydigan g'alcha deyishsa tushkunlikka tushmang. Quyidagi faktlarni yodga oling:

Uolt Disney yangi g’oyalar o’ylab topa olmagani uchun gazetadan ishdan haydalgan;

L. V. Bethovenning boshlang’ich o’qituvchisi uni butunlay qobiliyatsiz deb hisoblagan;

T. Edisonning ustozi uni aqlsiz hech narsani o’rganolmaydigan deb ta’riflagan ekan;

A. Eynshteyn 4 yoshgacha to’g’ri gapira olmagan va uning ustozi uni aqliy salohiyatdan orqada qolgan deya ta’kidlagan;

Buyuk haykaltarosh Rodenning otasi: — Mening o’g’lim ahmoq, 3 safar ham o’qishga kira olmadi, – degan;

D. Mendeleyev kimyodan 3 bahoga o’qigan;

Radioni o’ylab topgan Markoni do’stlariga ovozni havoda, masofadan turib yetkazib beraman deganida, hamma uni jinniga chiqarishgan. Lekin bir necha oydan so’ng uning radiosi ko’pchilik dengizchilarning hayotini saqlab qolgan.


Hech qachon harakat qilishga kech emas. Muhimi o'zingizda ishonch bo'lsa, bo'ldi.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
22.4K viewsedited  11:48
Ochish/sharhlash
2023-03-25 15:01:39 "O‘quv markaz" ochish uchun 50 mln so‘mgacha subsidiya ajratish boshlandi!

Endi qishloq hududlarida ham xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan nodavlat ta’lim tashkilotlari bir martalik subsidiya olish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin.

Subsidiya olish uchun talabgorlar kalendar yilning har choragida oyning 10-sanasiga qadar my.gov.uz portalidagi «Qishloq hududlardа xorijiy tillarini o'qitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat ta'lim tashkilotlariga subsidiya аjratish» xizmatidan foydalanadi.

Bu turdagi subsidiya quyidagi maqsadlarda ajratiladi:

bino va o‘quv xonalarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, mebel, asbob-uskunalar, o‘qitishning texnik vositalari va boshqa anjomlar bilan jihozlashga;

zarur darsliklar, o‘quv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan ta’minlash, ta’lim jarayonini tashkil etishga jalb etiladigan pedagog kadrlar mehnatiga haq to‘lashga.

Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul!

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
8.2K views12:01
Ochish/sharhlash
2023-03-24 18:02:02
Mashhur ixtirochi va ona.

Har qanday dahoning ortida unga ishongan va qo‘llab-quvvatlagan ota-onasi turadi.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
12.8K views15:02
Ochish/sharhlash
2023-03-24 17:31:16
IDUda grantdan oʻqish imkoniyati borligini bilarmidingiz ?

IDU - International Digital University
(Xalqaro Raqamli Universitet) 90% grantda oʻqishni taklif etadi.

Hujjatlar 30-martga qadar onlayn tarzda internet manzil orqali qabul qilinadi.

Universitetga kirish imtihoni 1-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Fursatni qoʻldan boy bermang!
Joylar soni chegaralangan!

Xalqaro diplom;
- 21-asrning eng talabgir yo'nalishlar sizni kutmoqda.

Batafsil maʼlumot

Telegram | Instagram
13.7K views14:31
Ochish/sharhlash
2023-03-24 08:16:38 Majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar roʻyxati kengaytirildi.

Qarorga koʻra, 2023-yil 1-apreldan quyidagilar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi:

pedagogik faoliyat boʻyicha 25 yil va undan koʻp ish stajiga ega pedagog xodimlar;
yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan koʻp boʻlmagan muddat qolgan pedagog xodimlar.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
26.1K viewsedited  05:16
Ochish/sharhlash