Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓

Telegram kanalining logotibi abituriyent_talaba_baholashuz — Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓 A
Telegram kanalining logotibi abituriyent_talaba_baholashuz — Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 91.36K
Kanalning ta’rifi

📬 Reklama: https://t.me/ SwAo-YikrkZzu9el
@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.
📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 17

2023-07-04 10:59:21 #Qabul_2023

Bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
29.0K views07:59
Ochish/sharhlash
2023-07-04 10:58:41 #Qabul_2023

Bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi (ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
28.9K views07:58
Ochish/sharhlash
2023-07-04 10:43:24
#perevod2023
#o‘tish_ballari

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari, respublikamizda faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy (filiallar) oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi.

Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirildi.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
27.8K views07:43
Ochish/sharhlash
2023-07-03 15:21:19
#Qabul_2023

Maqsadli qabul qanday amalga oshirilishini bilasizmi?

Maqsadli qabulni tanlagan abituriyent mazkur taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha ham maqsadli (abituriyentning doimiy yashash hududi uchun maqsadli qabul parametrlari ajratilgan bo‘lsa), ham umumiy tanlovda ishtirok etadi.

Maqsadli qabulni tanlamagan abituriyent esa mazkur taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha umumiy tanlovda ishtirok etadi, lekin maqsadli tanlovda ishtirok etmaydi.

Yuqoridagi rasm orqali maqsadli qabul qanday amalga oshirilishi bo‘yicha to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Izoh: rasmda keltirilgan raqamlar misol sifatida ko‘rsatilgan bo‘lib, Toshkent tibbiyot akademiyasiga ajratilgan kvotalar bundan farq qiladi.


@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
29.7K viewsedited  12:21
Ochish/sharhlash
2023-07-03 12:59:01 Testlarni to‘g‘ri ishlashni 7 usul orqali o‘rganing!

Imtihon asosan 4 variantli test ko‘rinishida bo‘lishini hisobga olib, sizlarni shu turdagi testlarni to‘g‘ri ishlash usullari bilan tanishtirib o‘tamiz.

Testdagi savol va savol sharti bilan yaxshilab tanishing.
Savoldan tashqari, savolning qo‘shimcha sharti bo‘lishi mumkin. Savolning shartiga yaxshilab e’tibor bering. Javob variantlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sakramasdan, sharti bilan yaxshilab tanishing. Savolning biroz chalg‘ituvchi shartlari bo‘lishi mumkin.

Avvaliga oson savollarga javob bering.
1-qadamdan so‘ng, oson savollarga javob berib chiqing. Bu sizga imtihonning savollari, formati va qiyinchiligi bilan tanishib chiqish imkonini beradi. Eng muhimi esa test boshlanishi bilanoq bir qancha savollarga to‘g‘ri javob berishingiz, o‘zingizga ishonchni keskin oshiradi.

Javoblarni xayolda topishga harakat qiling.
Savolni o‘qing va javob variantlarini qo‘lingiz yoki bir parcha qog‘oz bilan berkitib, xayolingizda eng yaxshi javob nima bo‘lishi mumkinligini o‘ylang. O‘xshash variantlar odatda chalg‘itib yuboradi. Oldindan o‘ylab olsangiz, shunday chalg‘ib qolishdan saqlanasiz.

Har bir javob variantini o‘qing.
Hamma variantlarni o‘qing. Javob to‘g‘ri ko‘rinishi mumkin, lekin siz topgan javobdan ham to‘liqroq va aniqroq javobni tashlab ketayotgan bo‘lishingiz mumkin.

Chiqarib tashlashusulidan foydalaning.
Agar savol sizga qiyin tuyulsa va to‘g‘ri javobni bilmasangiz, noto‘g‘riligi aniq bo‘lgan javoblar ustidan ruchkada chizib tashlang. Qolgan variantlar orasidan javobni belgilashingiz, to‘g‘ri javobni topishingiz ehtimolligini oshiradi.

“Barcha javoblar to‘g‘ri” shaklidagi savollar
Aytaylik, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan javob varianti bor. 2 ta javob to‘g‘riligini bilsangiz, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan variantni tanlayvering.

Har bir savolga javob bering.
DTM tizimida noto‘g‘ri javoblarga jarima berilmaydi, ya’ni noto‘g‘ri javob uchun ball ayirib tashlanmaydi. Shunday ekan, barcha savollarga javoblarni belgilang. To‘g‘ri javoblarni topish ehtimolingiz oshadi.

Maslahatlarimiz sizga ma'qul bo'lgan bo'lsa, do'stlaringiz va yaqinlarizga ham ulashing.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
28.5K views09:59
Ochish/sharhlash
2023-07-03 11:01:21 Salom, Abituriyent do'stim!

Bugun siz bilan jiddiyroq mavzuda gaplashmoqchiman. Ya'ni o'qishga kirish oliy maqsadingiz bo'lmasligi kerakligi haqida.

Iltimos, meni diqqat bilan o'qing, tinglang, his qiling. Bir narsani aytishim kerakki, men ham abituriyentlik davrimda sizdek bo'lganman va hech kim menga bularni aytmagan.

O'qishga kirish sizning asosiy maqsadingiz emas, maqsad yo'lidagi bir qadam bo'lishi kerak. Masalan, siz judayam kuchli shifokor bo'lmoqchisiz, o'qishga kirish buning vositasi. Yoki bo'lmasam siz buyuk o'qituvchi bo'lib bolalarga dars bermoqchisiz, o'qishga kirish — vosita. Xuddi shu kabi.

Bularni nega sizga aytyapman. Har birimizning ichimizda bir buyuk inson yashaydi. Har birimizning buyuk ishlarni amalga oshirgulik potensialimiz bor. Lekin biz maqsadlarni kichik qo'yamiz va... sinib qolamiz.

Faraz qiling, o'qishga kirish sizning eng asosiy maqsadingiz. Kirdingiz, keyin-chi? Bo'm-bo'sh bo'lib qolasiz. Kirolmadingiz, keyin-chi? Sinasiz!

Agar o'qishga kirishga bir vosita sifatida qarasangiz, qarshlaringiz teranlashadi, maqsadingiz aniqlashadi.

Orangizda Toshkentga o'qishga kirishni istovchilar ko'p bo'lsa kerak. Ko'p yillar ilgari men ham sizday edim. Va Toshkentga kelib angladimki, mashaqqatli kunlarim tugamagan, balki endi boshlangadi. Endi men o'zimning kuchliligimni isbotlashim, mana shu megapolisda kichik bo'lsa ham o'rnimni topishim kerak edi!

Singlim, Toshkentga kelsangiz kliplardagidek chiroyli badavlat yigit sizni sevib qolmaydi, balki shunday bo'lar, lekin buning imkoni kam.

Ukam, Toshkentda qandaydir biznes g'oya bilan bir yil ichida kuchayib ketolmaysiz. Balki shunday bo'lar, lekin bu amrimahol.

Iltimos, maqsadni yuqori qo'ying. Hech kimdan hech nima kutmang. Chiroyli shahzoda sizni sevib qolib, 2-kursda turmushga chiqib ketishni xayol qilmang, biznes boshlab 4-kursgacha uy va mashina sotib olishni xayol qilmang. Maqsad qo'ying, faqat u real va samimiy bo'lsin.

Endi boring, sizni buyuk ishlar kutyapti! Agar bunga o'zingiz ishonsangiz!

Sizning sirli do'stingiz!

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
28.9K views08:01
Ochish/sharhlash
2023-07-02 13:01:48
#Qabul2023 #Abituriyent2023

Qizimning IELTS 5,5 sertifikati bor. Ingliz tilidan ijodiy imtihondan ozod etiladimi?

IELTSdan 5,5 ball B2 daraja hisoblanadi. Sertifikati tasdiqlansa, ingliz tili fani bo‘yicha imtihondan ozod etiladi va maksimal ball beriladi.

Ona tili fanidan milliy testda 82,8 ball to‘pladi. OTMlarga kirishda 2-fan uchun necha ball beriladi?

Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida 82,8 ball to‘plagan abituriyentga majburiy fandan maksimal, mutaxassislik fanidan proporsional ball beriladi.

Mutaxassislik fanidan beriladigan ballni aniqlash uchun ushbu fandan maksimal ballning sertifikatdagi foizini hisoblash lozim.

Ushbu abituriyentda ona tili va adabiyot ikkinchi fan bo‘lgani uchun 63 ballning 82,8 foizi hisoblanadi: 63 x 0.828 = 52.164 ball.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
31.7K views10:01
Ochish/sharhlash
2023-07-01 10:15:57 Magistraturaga qabul boshlanmoqda

2023-yil 1-iyuldan respublika davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga hujjatlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish boshlanadi.

2023/2024-o'quv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGY
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGY
31.1K views07:15
Ochish/sharhlash
2023-06-29 12:06:11
#Qabul2023 #Abituriyent2023

Test sinovi uchun to‘lovni 24 soat ichida amalga oshirish kerak deyishyapti. Shu to‘g‘rimi?

Test sinovi uchun to‘lovni onlayn ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng 24 soat ichida amalga oshirish kerak degan talab mavjud emas.

Abituriyentlar to‘lovni ro‘yxatga olish yakunlanganga qadar elektron to‘lov tizimlari yoki bank kassalari orqali amalga oshirishlari mumkin.

Izoh: ro‘yxatga olish chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan yo‘nalishlarda 10-iyulga qadar, qolgan yo‘nalishlarda 20-iyulga qadar davom etadi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
29.3K views09:06
Ochish/sharhlash
2023-06-28 14:41:24
#Perevod2023

Qaysi ta'lim shakliga o'qishni ko'chirish mumkin-u, qaysinga mumkin emas? (Jadval o'zgarishi kutilmoqda)

O'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan talabalar ushbu jadvaldan foydalanishlari tavsiya etiladi. So'nggi ikki yildan beri ushbu ta'lim shakllararo o'qishni ko'chirishga ruxsat etib kelinmoqda.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
29.8K views11:41
Ochish/sharhlash