Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent | Bilimni baholash agentligi

Telegram kanalining logotibi abituriyent_hd — Abituriyent | Bilimni baholash agentligi A
Telegram kanalining logotibi abituriyent_hd — Abituriyent | Bilimni baholash agentligi
Kanal manzili: @abituriyent_hd
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 23.86K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanalda barcha fanlarga oid test materiallari berib boriladi.
Reklama hizmati @plusavoy

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-07-04 10:00:56
Yaxshi o‘zlashtirishga xalaqit beradigan yomon odatlarni bilasizmi?

Ularni topib jamlashga harakat qildik. Ko‘ring, agar sizda qaysidirlari bo‘lsa, ularni tuzatishga harakat qilishingiz mumkin.

Chalg‘itadigan narsalarning bo‘lishi. Telefonni hadeb tekshirib ko‘rish, televizorni bir yoqib ko‘rish kabi odatlar o‘qishga xalaqit beradi.

Kechiktirish. O‘zlashtirish uchun zarur ma’lumotlarni keyinroq o‘rganarman deb qoldirib qo‘yish va oz qolganda ularning hammasini o‘zlashtirib olaman deb o‘ylash. Buning imkoni kamligini, bo‘lsa ham, samaradorlikka ta’sir qilishini bilamiz.

Vaqtni taqsimlashga e’tibor qaratmaslik. Qaysi payt nimani o‘rganish, unga qancha vaqt ajratishni to‘g‘ri rejalashtirmaslik betartiblikka, betartiblik esa yaxshi o‘qiy olmaslikka sabab bo‘lishi mumkin.

Juda tez o‘qish. Matnlarni o‘qiyotganda o‘qish tezligini haddan oshirib yuborish eslab qolish va ma’noni tushunishga xalaqit berishi mumkin.

Foydali @mandatlar_1_robot

@Abituriyent_hd Abituriyentlar tanlovi.
1.1K views07:00
Ochish/sharhlash
2023-07-04 09:29:01
Yutuqli mantiqiy savol
Ulardan qaysi biri yiqilmaydi

Javoblarni quyidagi botga
@Universal_Test_Robot ga yuboring
Test kodi: 98269

O'ringa - 50 000 so'm
Qolganlarga 8 turdagi Sertifikat

Diqqat qiling roʻyxatdan oʻtmasdan testga qatnashganlar uchun pul mukofotlari berilmaydi
980 views06:29
Ochish/sharhlash
2023-07-03 13:31:02
Iqtisod yo‘nalishida qaysi OTMda o‘qish balli qancha?

Deyarli hamma viloyatda iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish imkoni bor.

Bu yo‘nalishga 2022-yilda eng past o‘tish balli Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida 57,1 ball bo‘lgan.

Eng baland ball esa Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetining xalqaro iqtisodiyot yo‘nalishida 159,4 ball bo‘lgan.

Eslatma: bu yo‘nalishga matematika va chet tilidan imtihon olinadi.

Iqtisodiyot yo‘nalishiga topshirishni niyat qilgan tanishlaringizga xabarni yuborib qo‘ying.

ESLATMA: 2022-2023 o'quv yilidagi O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @mandatlar_1_robot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!

Foydali
@mandatlar_1_robot

@Abituriyent_hd Abituriyentlar tanlovi.
1.4K views10:31
Ochish/sharhlash
2023-07-03 11:30:53Nodavlat oliygohdan davlat oliygohiga super kontrakt asosida o'qishni ko'chirish

Imtihonlardan yetarli ball ololmay qolgan talabalar o'z xohishlariga ko'ra, super-kontrakt asosida o'qishlari mumkin. Uning miqdorini quyidagicha hisoblashingiz mumkin.

Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi;
Agar 1,1 baldan — 2,0  ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi;
Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi;
Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi;

Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa va u 56.7 ball ballni to'plagan bo'lsa tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. Bu miqdor yo'nalishlarga qarab 8 barobardan 20 barobargacha tashkil etadi

Agar talaba 56.6 va undan kam ball to'plaganlar tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktining minimal miqdorining 2 barobarini to'laydi. Ya'ni super kontrakt 10 barobar bo'lsa, 56.6dan kam to'plaganlar 20 barobar to'laydi.

ESLATMA: 2022-2023 o'quv yilidagi O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @mandatlar_1_robot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!

Foydali
@mandatlar_1_robot

@Abituriyent_hd Abituriyentlar tanlovi.
1.1K views08:30
Ochish/sharhlash
2023-07-03 10:01:14
Magistratura imtihoni qanaqa bo‘ladi?

Magistratura uchun xuddi bakalavriatniki kabi alohida imtihon olinmaydi.

Faqat hujjat topshirishda chet tili sertifikati bo‘lishi majburiy. Shu sertifikati tasdiqlangan abituriyent magistratura uchun tanlovda ishtirok etadi.

Davlat OTMlari magistraturasiga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali o‘rtacha ko‘rsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Ya’ni diplomining o‘rtacha bali va chet tili sertifikati yuqori bo‘lgan abituriyentlarda imkoniyat ko‘proq bo‘ladi.

Ma’lumot uchun: magistraturaga qabul boshlangan. 30-iyulgacha davom etadi.

ESLATMA: 2022-2023 o'quv yilidagi O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @mandatlar_1_robot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!

Foydali @mandatlar_1_robot

@Abituriyent_hd Abituriyentlar tanlovi.
1.1K views07:01
Ochish/sharhlash
2023-07-02 13:30:43
Rasman: O'zbekiston yana sirtqi (заочный) ta'limdan voz kechmoqchi!

Sirtqi ta’lim shakli masofaviyga o‘tkaziladi. Chunki bu ta’lim shakli hozir o‘zini oqlamayapti.

Oliy ta’lim vazirligi mas’uli Abduvali Xoliqovga ko‘ra, sirtqi ta’lim shakli hozir o‘zini oqlamayapti. Bu ta’lim shakli bosqichma-bosqich masofaviyga o‘tkaziladi.

"Faqat buning uchun texnik jihatdan tayyor bo‘lish kerak. Internet yaxshi bo‘lishi kerak. Aynan qachon masofaviyga o‘tilishini jarayon hal qiladi. Balki 3 yil, balki 5 yildan keyin to‘la sirtqi ta’limdan voz kecharmiz", dedi u.(Abituriyentoff

ESLATMA: 2022-2023 o'quv yilidagi O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @mandatlar_1_robot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!

Foydali @mandatlar_1_robot

@Abituriyent_hd Abituriyentlar tanlovi.
1.4K views10:30
Ochish/sharhlash
2023-07-02 11:31:03Ehtiyojmand xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi?
#abituriyent 

Ko‘pchilik shu savol bilan murojaat qilayotgani uchun aniq misol bilan tushuntirmoqchiman.

Juda ko‘p xotin-qizlar "tavsiyanoma oldim, endi aniq o‘qishga kiraman" deb o‘ylayapti. Ammo bu xato. Tavsiyanomadan tashqari ular yuqori ball ham to‘plashi kerak, yaʼni bilim ham muhim.

Tavsiyanoma berilgan xotin-qizlarga respublika bo‘ylab kunduzgi taʼlimga davlat granti asosida jami 2000 ta QO‘SHIMCHA kvota ajratilgan. Sirtqi va kechki taʼlimda imtiyoz berilmaydi.

Ko‘pchilik tavsiyanoma olganlar “menga ball qo‘shib beradi”, deb o‘ylaydi. Bu ham xato. Mazkur tavsiyanoma hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi.

BU MUHIM: 2000 ta o‘rin uchun tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun imtiyozli kvota faqat BIRINCHI yo‘nalishga o‘tadi. Shu sababli birinchi yo‘nalishga kunduzgi taʼlimni tanlash kerak. Agar birinchi yo‘nalishga sirtqi, kechki yoki masofaviy tanlansa, unda imtiyozli kvotaga daʼvogarlik qila olishmaydi. Birinchiga kunduzgini tanlab, 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishga sirtqi, kechki, masofaviyni tanlash mumkin.

Kvotalar hududlar kesimida bo‘lib chiqiladi. 2023-yil 30-iyun holatida hali imtiyozli kvotalar e’lon qilinmadi, ma’lum emas.

O’tgan yilgi kvotalar mana bu yerda.

Hisoblash tartibi

Keling, Samarqand misolida ko‘rib chiqamiz. Samarqand uchun ajratiladigan kvotalar Samarqandda doimiy ro‘yxatda (propiska) turadigan xotin-qizlar uchun mo’ljallangan bo’ladi, Samarqanddagi OTMlarga hujjat topshirganlar uchun emas. Samarqandlik tavsiyanoma olgan xotin-qizlar faqat Samarqandga hujjat topshirishi shart emas, ular istalgan hududni (masalan, Toshkent) tanlashi mumkin.

Xo‘sh, bu nimani anglatadi? Imtiyoz qanday qo‘llanadi?

Buning tartibi quyidagicha:

tushunish osonroq bo‘lishi uchun Samarqand viloyatiga 5 ta kvota berilgan deb, tasavvur qilamiz;

aytaylik Samarqand viloyatida jami 40 nafar xotin-qizlarga tavsiyanoma berildi;

pastdagi 1-rasmga qarasangiz, tavsiyanoma olgan 40 nafar xotin-qizlar respublikaning istalgan OTMlariga hujjat topshirgan (bu yerda osonroq tushunarli bo‘lishi uchun OTMlar nomlarini oldim, yo‘nalishlarga bo‘lib o‘tirmadim);

abituriyentlar turlicha ball to‘plashdi;

Samarqanddan tavsiyanoma olgan barcha xotin-qizlar orasida eng yuqori ball olgan 5 nafar abituriyentlar grant asosida qo‘shimcha kvotaga qabul qilinadi (2-rasmda yashil rang bilan berilgan);

rasmga qarasangiz, grantga kirgan xotin-qizlar turli hududlardagi OTMlarni tanlaganini ko‘rish mumkin;

qolgan xotin-qizlar o‘zining bali bilan umumiy, el qatori tanlovda ishtirok etadi, yaʼni imtiyoz doirasida o‘qishga kira olmasa ham umumiy tartibda tanlovda qatnashaveradi.

Faqat yana bir jihati bor:
dastlabki yilda kvotalar hudud kesimida umumiy berilar edi. O’tgan yildan boshlab 3 ta sohaga alohida kvota ajratildi:

1) aniq va tabiiy fanlar;
2) texnika fanlari;
3) tibbiyot fanlari;

Mana shu uchta sohadan ortib qolgan kvotalar esa, umumiy boshqa barcha sohalar uchun ajratildi.

Masalan, o’tgan yili Andijon uchun umumiy kvota 183 ta edi. Shu jumladan, aniq va tabiiy fanlar uchun 43 ta, texnika fanlari uchun 24 ta, tibbiyot fanlari uchun 29 ta kvota. Jami 96 ta o‘rin mana shu 3 ta sohaga ajratildi. Qolgan 87 ta o‘rin esa boshqa barcha sohalar, masalan gumanitar, ijtimoiy, xizmatlar sohalari va h.k. uchun umumiy tanlov sifatida berilgandi.

Har bi soha uchun alohida tanlov bo’lgan. Shu sababli o’tgan yili tavsiyanoma olgan xotin-qizlar bitta sohada 140 ball bilan ham kirolmagan, boshqa sohada 80 ball bilan ham kirgan. Kvotalarni sohalarga bo’lish orqali mana shunday nomutanosiblik va ijtimoiy adolatsizlik yuzaga kelgandi. Ko’ramiz, bu yil qanaqa bo’lar ekan. Sohalarga kvota beriladimi yoki umumiy bo’ladimi, hozircha noma’lum.

Xullas, tartibi shunaqa.

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
ESLATMA: 2022-2023 o'quv yilidagi O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini
@mandatlar_1_robot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!

Foydali
@mandatlar_1_robot

@Abituriyent_hd Abituriyentlar tanlovi.
1.1K viewsedited  08:31
Ochish/sharhlash
2023-07-02 10:01:28
#Qabul2023 #Abituriyent2023

Qizimning IELTS 5,5 sertifikati bor. Ingliz tilidan ijodiy imtihondan ozod etiladimi?

IELTSdan 5,5 ball B2 daraja hisoblanadi. Sertifikati tasdiqlansa, ingliz tili fani bo‘yicha imtihondan ozod etiladi va maksimal ball beriladi.

Ona tili fanidan milliy testda 82,8 ball to‘pladi. OTMlarga kirishda 2-fan uchun necha ball beriladi?

Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida 82,8 ball to‘plagan abituriyentga majburiy fandan maksimal, mutaxassislik fanidan proporsional ball beriladi.

Mutaxassislik fanidan beriladigan ballni aniqlash uchun ushbu fandan maksimal ballning sertifikatdagi foizini hisoblash lozim.

Ushbu abituriyentda ona tili va adabiyot ikkinchi fan bo‘lgani uchun 63 ballning 82,8 foizi hisoblanadi: 63 x 0.828 = 52.164 ball.

“Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvi 5-sonining to‘liq videosi:




Foydali
@mandatlar_1_robot

@Abituriyent_hd Abituriyentlar tanlovi.
1.1K views07:01
Ochish/sharhlash
2023-07-01 13:32:14 Magistraturaga qabul boshlandi

1-iyuldan
respublika davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga hujjatlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish boshlandi.

Hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Chet tilidan sertifikati yo'qlar magistraturaga hujjat topshirolmaydi.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
ESLATMA: 2022-2023 o'quv yilidagi O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @mandatlar_1_robot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!

Foydali @mandatlar_1_robot

@Abituriyent_hd Abituriyentlar tanlovi.
1.3K viewsedited  10:32
Ochish/sharhlash
2023-06-06 16:35:06 Rasman: Talabalar ham OTMga hujjat topshira oladi

OTMlarda o‘qishni xohlagan barcha, hujjat topshirishi mumkin. Hatto talaba bo‘lsa ham.

Faqatgina onlayn hujjat topshirish uchun talab qilinadigan 2 ta hujjat bo‘lishi shart:
Shaxsini tasdiqlovchi hujjat – pasport yoki ID karta;
umumiy o‘rta ta’lim olganligini tasdiqlovchi hujjat.

Talabalar ham OTMga hujjat topshirishlari mumkin, lekin agar hujjat topshirgan OTMlariga o‘qishga kiradigan bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida 2 ta joyda o‘qishning imkoni yo‘q.

Sababi talabaning hujjatlari asli o‘zi o‘qiyotgan OTMda saqlanishi lozim. Tabiiyki, hujjatning asli bitta bo‘ladi va talaba shuning uchun ham bitta OTMda tahsil olishi kerak. Lekin omadni sinab ko‘rish imkoni chegaralanmagan.

ESLATMA: 2022-2023 o'quv yilidagi O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @mandatlar_1_robot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!

Foydali @mandatlar_1_robot

@Abituriyent_hd Abituriyentlar tanlovi.
1.9K views13:35
Ochish/sharhlash