Get Mystery Box with random crypto!

Yaxshi o‘zlashtirishga xalaqit beradigan yomon odatlarni bilas | Abituriyent | Bilimni baholash agentligi

Yaxshi o‘zlashtirishga xalaqit beradigan yomon odatlarni bilasizmi?

Ularni topib jamlashga harakat qildik. Ko‘ring, agar sizda qaysidirlari bo‘lsa, ularni tuzatishga harakat qilishingiz mumkin.

Chalg‘itadigan narsalarning bo‘lishi. Telefonni hadeb tekshirib ko‘rish, televizorni bir yoqib ko‘rish kabi odatlar o‘qishga xalaqit beradi.

Kechiktirish. O‘zlashtirish uchun zarur ma’lumotlarni keyinroq o‘rganarman deb qoldirib qo‘yish va oz qolganda ularning hammasini o‘zlashtirib olaman deb o‘ylash. Buning imkoni kamligini, bo‘lsa ham, samaradorlikka ta’sir qilishini bilamiz.

Vaqtni taqsimlashga e’tibor qaratmaslik. Qaysi payt nimani o‘rganish, unga qancha vaqt ajratishni to‘g‘ri rejalashtirmaslik betartiblikka, betartiblik esa yaxshi o‘qiy olmaslikka sabab bo‘lishi mumkin.

Juda tez o‘qish. Matnlarni o‘qiyotganda o‘qish tezligini haddan oshirib yuborish eslab qolish va ma’noni tushunishga xalaqit berishi mumkin.

Foydali @mandatlar_1_robot

@Abituriyent_hd Abituriyentlar tanlovi.