Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent | Bilimni baholash agentligi

Telegram kanalining logotibi abituriyent_hd — Abituriyent | Bilimni baholash agentligi A
Telegram kanalining logotibi abituriyent_hd — Abituriyent | Bilimni baholash agentligi
Kanal manzili: @abituriyent_hd
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 23.86K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanalda barcha fanlarga oid test materiallari berib boriladi.
Reklama hizmati @plusavoy

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-05-26 10:01:34 Talaba nima qilsin?!

Ishlamasa internet,
Uch kun bir yonsa svet,
Ishlab bo‘lmasa hech test,
Talaba nima qilsin?!

“Online dars” dedilar,
“Darsni yetqaz” dedilar,
Sho‘rlik umrin yedilar,
Talaba nima qilsin?!

El ichida bor u ham,
Ko‘rmoqda ozor u ham,
“ H+ ”ga zor u ham,
Talaba nima qilsin?!

Boshida og‘riq har kun,
Tom kezar svyaz uchun.
Besh yuz hajmlik darsin
Talaba nima qilsin?!

“Jahonda shu!”- urmang do‘q,
Siz shaharda, ko‘ngil to‘q.
Yo qishloq jahondamas,
Yo jahonda qishloq yo‘q!
Talaba nima qilsin?!

Oraliqlar davrida,
2G ning jabrida.
Qoyil lekin, sabriga,
Talaba nima qilsin?!

Qishloq - kurort emasdir,
Birov “bor, yot” demas bir.
Rostlolmasa nafas bir -
Talaba nima qilsin?!

Men ham oddiy talaba,
“Help me” shu masalada.
Yursa tuz-u dalada,
Talaba nima qilsin?!

To‘g‘ri, ta’lim birinchi,
Tushunmasa uy ichi,
Tushuntirib ko‘ringchi:
Talaba nima qilsin?!

Bir o‘y bag‘rimni tilar,
Tunlar uyqum qochirar:
Ey vazirlikdagilar,
Talaba nima qilsin?!

ESLATMA: 2022-2023 o'quv yilidagi O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @mandatlar_1_robot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!

Foydali @mandatlar_1_robot

@Abituriyent_hd Abituriyentlar tanlovi.
4.5K views07:01
Ochish/sharhlash
2023-05-25 10:00:07
Xayr maktabim...

Bugun, 25 may - Soʻnggi qoʻngʻiroq!

Barchamiz sogʻingan maktab davri faqatgina shirin xotiralar bilan eslanadi!


ESLATMA: 2022-2023 o'quv yilidagi O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @mandatlar_1_robot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!

Foydali @mandatlar_1_robot

@Abituriyent_hd Abituriyentlar tanlovi.
4.1K views07:00
Ochish/sharhlash
2023-05-24 10:00:51
Dars paytida o‘qituvchimiz bizga qarab qolsalar...

( ESLATMA: 2022-2023 o'quv yilidagi O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini
@mandatlar_1_robot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!

Foydali
@mandatlar_1_robot

@Abituriyent_hd Abituriyentlar tanlovi.
7.9K views07:00
Ochish/sharhlash
2023-05-23 10:00:07
Tan oling, sizda ham shunday bo'ladi

Do'stlaringizga ham jo'nating


Bizni kuzatib boring

ESLATMA: 2022-2023 o'quv yilidagi O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @mandatlar_1_robot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!

Foydali @mandatlar_1_robot

@Abituriyent_hd Abituriyentlar tanlovi.
7.5K views07:00
Ochish/sharhlash
2023-05-22 10:09:02 ​​​​ Biz sessiyadan o‘tamiz xudo xohlasa...

Maylida kimgadir yoqsa yoqmasa,
Yiqilganlarga qo'shilib, yig'lasharmidik
Biz sessiyadan o‘tamiz xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa, tayyorlanarmidik.

Ruchka siyohini yo'llarimga sep,
Kitob o'qiymiz har doim ko'kka oy chiqqach,
Faqat yig'lamagin aybim nima deb,
Aybing ahmoqliging institutga kirganing

Testlarda menga to'g'ri javob hadya et ey yor,
Nur tomsin biletlar variantidan,
O'zing ayt bizday talaba yana qayda bor?
Tankalariga ishonar o‘zlaridan ham.

So'kinib yashama oraliq chog'ida
O'qi, yodla, o'rtanma testlarda,
Testlarga ham chida, leksiyaga ham chida,
Axir sendaqasi ko‘p butun institutda.

Men esa talaba oddiy bir g'arib,
Tunda telegram titib, tongda yotguvchi,
Tushimda ham sevgim axtarib,
Kitobni ko'rsam, qochib ketguvchi.

Biz sessiyadan o‘tamiz xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa, tayyorlanarmidik

ESLATMA: 2022-2023 o'quv yilidagi O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @mandatlar_1_robot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!

Foydali @mandatlar_1_robot

@Abituriyent_hd Abituriyentlar tanlovi.
7.0K views07:09
Ochish/sharhlash
2023-05-21 19:20:42
Rasman: Qabul 20-iyundan boshlanadi

2023-2024-o‘quv yili qabuli uchun, abituriyentlarning hujjat topshirish jarayoni 20-iyundan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Chet tilidan kasbiy ijodiy imtihon topshiruvchi abituriyentlar esa, 10-iyulgacha hujjatini topshirib bo‘lishi kerak.

Abituriyentga tarqating!

ESLATMA: 2022-2023 o'quv yilidagi O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @mandatlar_1_robot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!

Foydali @mandatlar_1_robot

@Abituriyent_hd Abituriyentlar tanlovi.
6.5K viewsedited  16:20
Ochish/sharhlash
2023-05-21 15:31:04
Nodavlat oliygohlarga litsenziya berish tartibi o'zgarmoqda

Nodavlat oliy ta'lim tashkilotlariga litsenziya berish Vazirlar Mahkamasining 80-sonli qarori asosida amalga oshirilib kelingan edi. Ushbu qarorda litsenziya olish uchun talablar batafsil ko'rsatilgan edi.

Hozirgi vaqtda ushbu hujjatga o'zgartirish kiritilmoqda va endilikda litsenziya yangi talablar asosida berilishi kutilmoqda, jumladan:

Hisob raqamda turishi lozim bo'lgan 150,000 AQSH dollari miqdoridagi pul mablag'i endilikda muzlatiladi, garov sifatida pulni hisob raqamdan yechib olinishiga yo'l qo'yilmaydi;

Nodavlat oliygoh ochish uchun o'quv binosi ijara asosida bo'lishi tartibi bekor qilinishi kutilmoqda, o'quv binosi oliygoh ochmoqchi bo'lgan MCHJ balansida bo'lishi talab etiladi;

Talabalar turar joyi (TTJ) binosi balansda bo'lishi shart emas. Talabalarni TTJ bilan ta'minlash uchun boshqa bino inshootlarni ijaraga olish mumkin bo'lmoqda.

Foydali @mandatlar_1_robot

@Abituriyent_hd Abituriyentlar tanlovi.
6.1K views12:31
Ochish/sharhlash
2023-05-20 10:01:34 #talabalogiya
Doimo kechikuvchi talaba
Avtobus kech keldi...
"Propka"da qolib ketdim...
Kechasi uxlamgandim....
Daftarim qolib ketibdi...
Kadrlar bo'limida edim...
Darvozada ushlab qolishdi...

Va uning kursdoshlari
Hozir kelib qoladi...
Yo'lda ekan...
Yaqin qolibdi...
5 minut kechikarkan...
Mazasi yo'q ekan...
Kontraktini to'layapti...
Telefon qildi...
Uydagilari kelgan ekan...
Dekanatda ekan...

.......NB qo'ymay turing, domla!

ESLATMA: 2022-2023 o'quv yilidagi O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @mandatlar_1_robot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!

Foydali @mandatlar_1_robot

@Abituriyent_hd Abituriyentlar tanlovi.
6.5K views07:01
Ochish/sharhlash
2023-05-19 11:00:06 Imtihon oldidan stressni yengish uchun TOP maslahatlar!

Imtihon shunday jarayonki, bunda har bir kishi “O'zing o'zinga yordam ber" qabilida ish ko'rishi lozim. Imtihonga har kim turlicha munosabat bildiradi.

Demak, bu vaqtda yuzaga keladigan stressga qarshi kurashish yo'llarini ham o'zi o'ylab topadi. Biz quyida sizga taqdim etmoqchi bo'lganimiz – amalda qo'llangan va ishonchli usullardir.

Imtihonga tayyorlanishni 17-18 soat qolganda yakunlash tavsiya etiladi. Oxirgi soatlarda katta bosim bilan kitob o'qishning mahsuldorligi ancha past bo'ladi. Tajriba shuni ko'rsatadiki, bilimlar sinoviga juda yaqin qolganda qancha ko'p o'qilsa, shuncha kam esda qoladi.

Hayot-mamot hal bo'lishi arafasida o'quv materiallariga betartib ravishda ko'z yugurtirish tavsiya etilmaydi, bu jarayonda dengizdan tomchi esiningizda qoladi, xolos. Natijada imtihon paytida faqatgina omadga tayanishga to'g'ri keladi.

Qolgan vaqtni aqliy mehnatdan charchagan organizmni oldindagi sinovga tayyorlashga bag'ishlash foydaliroqdir.

Imtihonlardan oldin kechqurun sayrga chiqish, dush qabul qilish kabi har qanday chalg'itadigan va tinchlantiradigan ish bilan shug'ullanish maqsadga muvofiqdir. “Miyani yukdan xalos etish" uchun biror komediya yoki yumoristik ruhdagi ko'rsatuvni tomosha qilish juda foydali.

Kulgu stressni yengishga yordam berishdan tashqari ishtahani ochadi, ish qobiliyatini oshiradi, uyquni normallashtiradi va g'ayritabiiy usul bilan fikrlash va tasavvur qilish qobiliyatini yaxshilaydi. Bu narsa ilmiy jihatdan isbotlangan.

Imtihondan oldin albatta organizmning talabini qondiradigan darajada to'yib uxlash kerak! Qiyinchiliksiz uxlash uchun esa kunning ikkinchi yarmidagi ratsiondan kofe, shokolad, kola, choy kabi mahsulotlarni chiqarib tashlash kifoya.

Tasavvurni ishga soling. Psixologik texnika yordamida imtihon jarayonini ko'z oldingizga keltiring:

Siz imtihon o'tkazilayotgan auditoriyaga kirdingiz, biletni tanladingiz, o'z joyingizga o'tirib xotirjam, hech qanday qiyinchiliklarsiz topshiriqlarni bajarib boshladingiz;
Iloji boricha imtihon nazoratchilarini ham ko'z oldindizga keltiring: ular o'z qarashlari bilan javobingizdan qoniqish hosil qilganliklarini ko'rsatib turishibdi, imtihon yakunida esa o'zingiz xohlagan bahoni qo'yib berishdi.

Shu sahnalarni xotirangizda ko'p marotaba tiklashga harakat qiling va real hayotda ham shunday bo'lishiga ishoning.

Imtihondan oldin uyqu yaxshi bo'lishi uchun kechki ovqatni to'g'ri tashkil qilish ham muhim ahamiyatga ega. Bu paytda iloji boricha uglevodli taomlar iste'mol qilish lozim, tarkibida ko'p miqdorda oqsil saqlagan mahsulotlardan esa o'zni tiygan ma'qul. Uxlashga yotishdan 30-40 minut avval bir stakan issiq suvga bir choy qoshiq asal solib ichsangiz, asab tizmi mustahkamlanadi.

Abituriyentlarga tarqating!

ESLATMA: 2022-2023 o'quv yilidagi O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @mandatlar_1_robot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!

Foydali @mandatlar_1_robot

@Abituriyent_hd Abituriyentlar tanlovi.
8.2K viewsedited  08:00
Ochish/sharhlash
2023-05-19 07:20:05
#sessiya

talabalar hayotidan

ESLATMA: 2022-2023 o'quv yilidagi O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @mandatlar_1_robot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!

Foydali @mandatlar_1_robot

@Abituriyent_hd Abituriyentlar tanlovi.
3.0K views04:20
Ochish/sharhlash