Get Mystery Box with random crypto!

Davlat Test Markazi | Rasmiy Kanal

Telegram kanalining logotibi abituriyent_grantlar_talim — Davlat Test Markazi | Rasmiy Kanal D
Telegram kanalining logotibi abituriyent_grantlar_talim — Davlat Test Markazi | Rasmiy Kanal
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.20K
Kanalning ta’rifi

Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin.
Reklama uchun: @bizdarekuz

Ratings & Reviews

4.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2022-10-27 19:36:39
Oliy ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov talabalar, ota-onalar va fuqarolar oliy ta’limga oid masalalar bo‘yicha +998970362896 (@mvsso_minvuz) raqamiga Telegram orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma'lum qildi.

Agar sizda O'zbekiston OTMlari bo'yicha savol yoki murojaat bo'lsa, yuqorida keltirilgan raqamga faqat Telegram orqali xabar yuborishingiz mumkin.

Sizdan talab qilinadigan yagona shart bu - shaxsingizni ma'lum qilishingiz!

Murojaat yo'llayotganda ism, familyangiz, manzil va shaxsiy telefon raqamingizni yozib qoldirishingiz kerak.

Eslatib o'tamiz, bu raqam faqat Telegram orqali yuborilgan murojaatlarni qabul qiladi.

Shuningdek, agar siz murojaatingizni anonim tarzda (shaxsingizni yashirgan holda) yuborsangiz, avtomatik ravishda rad etiladi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
33.7K views16:36
Ochish/sharhlash
2022-10-25 18:22:50
Ingliz tilidan gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari

2022-yil 1-noyabrdan boshlab ingliz tilidan gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari maxsus dastur orqali to‘liq elektron shaklda o‘tkaziladi.

Mazkur jarayon ko‘pchilik uchun yangilik bo‘lgani sababli gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari (ingliz tilidan) bo‘yicha maxsus videorolik tayyorlandi.

Videorolikda gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni o‘tkaziladigan dasturdan qanday foydalanish kerakligi to‘liq tushuntirilgan.

Shuningdek, test.dtm.uz sayti orqali dasturdan foydalanib ko‘rish va jarayon bo‘yicha to‘liq tushunchaga ega bo‘lish mumkin.

Mazkur tartib ko‘p darajali tizimda o‘tkaziladigan imtihonlarga taalluqli bo‘lib, har bir daraja uchun alohida o‘tkaziladigan imtihonlarga tegishli emas.

Videoni HD formatda ko‘rish uchun:



https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
33.3K views15:22
Ochish/sharhlash
2022-10-20 21:01:34
Taʼlim krediti olish istagida boʻlgan talabalar diqqatiga!

Siz uchun qulaylik yaratish maqsadida talim-krediti.uz platformasi ishga tushirildi.

Platformadan foydalanish imkoniyatlari haqida ushbu rolik orqali bilib olishingiz mumkin.

https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
35.0K views18:01
Ochish/sharhlash
2022-10-20 18:23:52 Arab tilidan ko‘p darajali test tizimi aprobatsiyadan o‘tkazildi

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagigi 73-son qaroriga muvofiq 2022-yil mart oyidan boshlab chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari ingliz tilidan ko‘p darajali tizimda o‘tkazila boshlandi.

Mazkur qarorda bosqichma-bosqich boshqa tillardan ham ko‘p darajali tizimni joriy etish belgilangan bo‘lib, Davlat test markazi mutaxassislari tomonidan arab tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi ishlab chiqildi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining arab tili bo‘yicha mutaxassislaridan taqrizlar olindi.

Ushbu tizim 2022-yil 20-oktabr kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va mazkur akademiya qoshidagi akademik litseyda aprobatsiyadan o‘tkazildi. Bunda aprobatsiyadan oldin unda ishtirok etuvchilarga aprobatsiya test sinovlarini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad tushuntirildi va ko‘p darajali test tizimi formati bo‘yicha to‘liq ma’lumot berildi.

Aprobatsiyada ishtirok etgan o‘quvchilarning natijalari hisoblanib, tegishli tahlillar amalga oshiriladi va ular asosida test topshiriqlarining yakuniy variantlari tayyorlanadi.

https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
34.5K views15:23
Ochish/sharhlash
2022-10-19 14:48:13
Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining diplomi davlat oliy ta’lim muassasalari qatorida tan olinadimi?

Ushbu savolga Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Axborot xizmati rahbari Shavkat Xo‘jaqulov javob beradi.

https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
33.1K views11:48
Ochish/sharhlash
2022-10-15 15:00:15
#E’lon

Vakant direktor lavozimlari uchun ochiq mustaqil tanlov

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar maktablarining 16 ta vakant direktor lavozimi uchun ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi.

Vakant direktor lavozimlar ro‘yxati bu yerda

Talabgorlar tomonidan arizalarni yuborish https://vacancy.edu.uz/ sayti orqali amalga oshiriladi.

Hujjatlar 2022-yil 13-oktabrga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
33.9K views12:00
Ochish/sharhlash
2022-10-13 13:53:28
Oliy ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov talabalar, ota-onalar va fuqarolar oliy ta’limga oid masalalar bo‘yicha +998970362896 (@mvsso_minvuz) raqamiga Telegram orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma'lum qildi.

Agar sizda O'zbekiston OTMlari bo'yicha savol yoki murojaat bo'lsa, yuqorida keltirilgan raqamga faqat Telegram orqali xabar yuborishingiz mumkin.

Sizdan talab qilinadigan yagona shart bu - shaxsingizni ma'lum qilishingiz!

Murojaat yo'llayotganda ism, familyangiz, manzil va shaxsiy telefon raqamingizni yozib qoldirishingiz kerak.

Eslatib o'tamiz, bu raqam faqat Telegram orqali yuborilgan murojaatlarni qabul qiladi.

Shuningdek, agar siz murojaatingizni anonim tarzda (shaxsingizni yashirgan holda) yuborsangiz, avtomatik ravishda rad etiladi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
34.5K views10:53
Ochish/sharhlash
2022-10-11 16:39:54
#muhim_xushxabar

Ijarada yashayotgan 1-kurs talabalari diqqatiga!

Hukumat qaroriga binoan tegishli bo‘lmagan uyda ijarada yashaydigan talabalarga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi budjet mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi belgilangan.

Joriy yilda oliy ta’lim muassasalarining birinchi kursga qabul qilingan ijarada yashayotgan talabalarning barchasiga hech qanday ijara shartnomasi yoki hujjatlarsiz sentabr-oktabr oylari ijara to‘lovi to‘lab beriladi.

Hurmatli ijarada turadigan talabalar, ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosariga murojaat qilishingiz mumkin.

https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
8.8K views13:39
Ochish/sharhlash
2022-10-10 12:46:06
Талабалар учун контракт тўловларини тўлашнинг охирги муддати 2022 йил 1 ноябрь этиб белгиланди.

Талабаларга етказинг!


https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
14.1K views09:46
Ochish/sharhlash
2022-10-10 12:43:44
ABITURIYENTLAR DIQQATIGA
Qabullar Tugashiga 3 kun qoldi!
Hoziroq ro'yxatdan o'tib Talabalar safidan joy egallang!


Toshkent va Andijon  shaharida joylashgan Nufuzli Univresitetlarda tahsil oling!

2 va 3-kursdan Xorijdan o'qishni ko'chirish imkoniyati.
Yo'nalishlar:
Ingliz/Rus tili va adabiyoti
Pedagogika va psixologiya
Tarix
Boshlang’ich ta’lim
Maktabgacha ta’lim
Kompyuter texnologiyalari (IT)
Iqtisodiyot/Moliya
Bank ishi va audit
Bugalteriya hisobi va audit
Sport faoliyati
Davolash ishi
Stomotologiya

Ta'lim turi : Sirtqi, Kunduzgi
Bakalavr Diplomi
Litsenziya | Akkreditatsiyaga ega
O'zbekistonda tan olingan Diplom

JOYLAR SONI CHEGARALANGAN 50 ta O'rin qoldi!

24 SOAT ALOQA O'RNATISH IMKONIYATI MAVJUD!

BATAFSIL MA'LUMOT UCHUN:
+998979717220

Andijon Viloyati uchun raqamlar.
+998903827220 | Admin
Namangan Viloyati uchun raqamlar.
+998903837220 | Admin

Online Ro'yxatdan o'tish:
@nla_consultingbot

Bizning Rasmiy sahifalarimiz
Telegram
18.1K views09:43
Ochish/sharhlash