Get Mystery Box with random crypto!

Arab tilidan ko‘p darajali test tizimi aprobatsiyadan o‘tkazil | Davlat Test Markazi | Rasmiy Kanal

Arab tilidan ko‘p darajali test tizimi aprobatsiyadan o‘tkazildi

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagigi 73-son qaroriga muvofiq 2022-yil mart oyidan boshlab chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari ingliz tilidan ko‘p darajali tizimda o‘tkazila boshlandi.

Mazkur qarorda bosqichma-bosqich boshqa tillardan ham ko‘p darajali tizimni joriy etish belgilangan bo‘lib, Davlat test markazi mutaxassislari tomonidan arab tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi ishlab chiqildi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining arab tili bo‘yicha mutaxassislaridan taqrizlar olindi.

Ushbu tizim 2022-yil 20-oktabr kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va mazkur akademiya qoshidagi akademik litseyda aprobatsiyadan o‘tkazildi. Bunda aprobatsiyadan oldin unda ishtirok etuvchilarga aprobatsiya test sinovlarini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad tushuntirildi va ko‘p darajali test tizimi formati bo‘yicha to‘liq ma’lumot berildi.

Aprobatsiyada ishtirok etgan o‘quvchilarning natijalari hisoblanib, tegishli tahlillar amalga oshiriladi va ular asosida test topshiriqlarining yakuniy variantlari tayyorlanadi.

https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi