Get Mystery Box with random crypto!

Davlat Test Markazi | Rasmiy Kanal

Telegram kanalining logotibi abituriyent_grantlar_talim — Davlat Test Markazi | Rasmiy Kanal D
Telegram kanalining logotibi abituriyent_grantlar_talim — Davlat Test Markazi | Rasmiy Kanal
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.20K
Kanalning ta’rifi

Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin.
Reklama uchun: @bizdarekuz

Ratings & Reviews

4.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2022-10-03 18:53:43
#raqamlashtirish

Endi diplom ma’lumotlarini elektron shaklda olish mumkin

Xabaringiz bor, oliy ta’lim tizimi jarayonlari raqamlashtirilib, abituriyentlar va talabalarga qulay sharoit yaratish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Jumladan, oliy ta’lim muassasasini tugatganlik to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlarini elektron shaklda olish uchun diplom.edu.uz axborot tizimi ishlab chiqildi.

Tizim quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:

bitiruvchilarning diplom ma’lumotlari kiritiladi va tasdiqlanadi;

diplom ma’lumotlari mavjud bo‘lmaganda bitiruvchilar Yagona identifikatsiya tizimi – OneID orqali ro‘yxatdan o‘tib, ma’lumotlarni kiritadi. Oliygoh esa diplom ma’lumotlari to‘g‘riligini tasdiqlaydi.

Platforma boshqa davlat idoralari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan. Bunda ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllanadi va diplom ma’lumotlarini kiritish talab etilmaydi.
33.4K views15:53
Ochish/sharhlash
2022-10-01 17:41:32 Professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari

2022-2023-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum) ga kirish test sinovlari 2022-yil 3-8-oktabr kunlari 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari:

-smenada 09:00 dan 12:00 ga qadar;
-smenada 14:30 dan 17:30 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) dan o‘tkaziladi.

Unda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun:

1-mutaxassislik fanida — 3,1 balldan (jami 93 ball);
2-mutaxassislik fanida — 2,1 balldan (jami 63 ball);
majburiy fanlarda — 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
33.4K views14:41
Ochish/sharhlash
2022-09-28 15:21:00
Oliy ta’lim muassasalarining umumiy reytingi e’lon qilindi

Eng yuqori natija qayd etgan OTMlar:
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti;
O‘zbekiston Milliy universiteti;
Toshkent moliya instituti;
Samarqand davlat universiteti;
Navoiy davlat konchilik instituti.

Eng quyi natija qayd etgan OTMlar:
Termiz muhandislik texnologiya instituti;
O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti;
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti;
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti;
Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti.

https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
34.5K views12:21
Ochish/sharhlash
2022-09-27 14:47:10
Barcha davlat oliy ta’lim talabalari uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi

Talabalar va ularning ota-onalariga qulay sharoitlar yaratish, global iqtisodiy inqiroz sharoitida aholining toʻlov qobiliyatini inobatga olgan holda, istisno tariqasida, 2022/2023 oʻquv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymati miqdorlari davlat oliy taʼlim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliy taʼlim muassasalarida ham, bazaviy toʻlov-kontrakt qiymati 2021/2022 oʻquv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi. Yaʼni oʻtgan yili kontraktlar qancha boʻlsa, joriy yil ham shuncha boʻladi.

Shu bilan bir qatorda, 2022/2023 oʻquv yili tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari oʻtgan oʻquv yili uchun belgilangan miqdorlarda oʻzgarishsiz qoladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
33.1K views11:47
Ochish/sharhlash
2022-09-27 13:10:01
Ustoz va murabbiylar kuniga ham oz qoldi!
Bayram munosabati bilan katalogimiz maxsus sonini qarshi oling!

Ustoz — bizni olam saboqlari ila tarbiyalovchi, hayot yo‘limizni ilm chirog‘i ila yorituvchi inson. Ustozlarimiz mehnatini qadrlash, bergan ta'lim va bilimlarini oqlash har birimizning yuksak maqsadimiz

Katalogimizdagi barcha chegirma va takliflarimiz bilan tanishish uchun havolaga o‘ting Ustozlar kuni

Sizga mustahkam sog‘lik, beminnat mehnatingiz rohati hamda o‘quvchilaringiz mehr-muhabbatini tilab qolamiz!

Katalog amal qilish muddati: 26.09.2022-yildan 03.10.2022-yilgacha.

App | Telegram | Facebook | Instagram
31.9K views10:10
Ochish/sharhlash
2022-09-27 10:38:11
Davlat granti va to'lov-shartnoma asosida talabalikka qabul qilinganlar quyidagi hujjatlarni tegishli fakultet dekanatiga taqdim etishingiz so'raladi

1. Attestat yoki diplom (ilovasi bilan) asl nusxasi
2. Rasm 3x4 - 6ta;
3. Passport nusxasi;
4. Hujjat uchun bog'ichli jamlanma
5. Hujjat uchun temirli jamlanma
6. Xatjild
7. Sertifikat (IELTS va boshqa) Harbiy imtiyoz


https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
32.0K views07:38
Ochish/sharhlash
2022-09-27 09:12:05
DTM imtihonlaridan yiqildingizmi?

Qayg'urmang!

"Wellent consult" sizga O'zbekistonda joylashgan bir nechta nodavlat universitetlarda, suhbat asosida talaba bo'lishingizga yordam beradi.

Yo’nalishlar:
• Tibbiyot
• Yurisprudensiya
• Neft va gaz
• Bank ishi va auditi
• Buxgalteriya hisobi va audit
• Iqtisodiyot
• Moliya va moliyaviy texnologiyalar
• Multimediya texnologiyalari
• Axborot xavfsizligi
• Kompyuter injiniringi
• Pedagogika va psixologiya
• Matematika va informatika
• Boshlang'ich ta'lim
• Tarix
• Maktabgacha ta'lim
• O'zbek tili va adabiyoti
• Xorijiy til va adabiyoti: Ingliz tili

2, 3-kursdan ham “perevod” O’qishni ko’chirish imkoniyati mavjud

Siz bu yili albatta talaba bo'lasiz!

Bizga murojaat qiling va nufuzli universitet talabasiga aylaning.

Ro'yxatdan o'tish

941808200 | 930058200 @WellentConsultant

Telegram kanal: @wellentconsult
32.2K views06:12
Ochish/sharhlash
2022-09-26 08:46:48 ​​#Qabul2022 #Statistika
Chet tili sertifikatiga ega abituriyentlarning 87,5 foizi talabalikka tavsiya etilgan

Ma’lumki, chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

Joriy yilda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan va chet tili sertifikatiga ega bo‘lgan abituriyentlarning 87,5 foizi talabalikka tavsiya etildi.

Bunda chet tili sertifikatiga ega bo‘lgan holda fanlar majmuasida chet tili fani mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga topshirgan abituriyentlar soni 15 305 nafarni tashkil etib, ularning 13 397 nafari talabalik baxtiga musharraf bo‘ldi.

Mazkur abituriyentlarning 4 446 nafari chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan 6 ta OTMdan biriga topshirgan bo‘lib, ularning 4 138 nafari (93,1 %) talabalikka tavsiya etildi.

2019-yil bilan solishtirganda chet tili sertifikatiga ega abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichlari anchagina ortgan.

2019-yilda chet tili sertifikatiga ega 10 920 nafar abituriyentning 6 169 nafari (56,5 %) talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, bu 2022-yildagi ko‘rsatkichdan 32 foizga kam.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
2.5K views05:46
Ochish/sharhlash
2022-09-22 17:07:21 ​​#Qabul2022 #Statistika
Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 46 foizdan ziyodi ayollar

Joriy yilda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun 1 146 744 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Bunda:

erkaklar — 542 858 nafar (47,34 %) ni;
ayollar — 603 886 nafar (52,66 %) ni tashkil etdi.

Test sinovi natijalariga ko‘ra 190 375 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning:

102 441 nafari (53,8 %)erkaklar;
87 934 nafari (46,2 %)ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Abituriyentlarning test sinovida to‘plagan ballariga e’tibor qaratilsa, ayollar erkaklarga nisbatan yuqoriroq ball to‘plagan holda talabalikka tavsiya etilganini ko‘rish mumkin.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning o‘rtacha o‘tish bali davlat granti asosida:

erkaklarda — 114,98 ballni;
ayollarda — 127,21 ballni;

to‘lov-kontrakt asosida:

erkaklarda — 90,92 ballni;
ayollarda — 101,94 ballni tashkil etgan.

Erkaklar va ayollarda o‘rtacha o‘tish ballarining bunday farq qilishi ular ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan ta’lim yo‘nalishlari va ulardagi o‘tish ballari bilan bog‘liq.

Ta’lim sohalari bo‘yicha foiz hisobida olinganda:

“Tillar(85,11 %) va “Ta’lim” (74,49 %) sohalariga ayollar;
“Transport xizmatlari(94,53 %) hamda “Arxitektura va qurilish” (87,1 %) sohalariga erkaklar ko‘proq talabalikka tavsiya etilgan.

Abituriyent (erkak va ayol) larning ta’lim sohalari kesimida talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichlari bilan quyidagi rasmda tanishish mumkin.

https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
35.8K views14:07
Ochish/sharhlash
2022-09-20 13:02:01 Xotin-qizlar uchun foizsiz taʼlim kredit ajratish tartibi.

Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga koʻra, toʻlov-kontraktda oʻqiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boshlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladigan boʻldi.

Kredit kimlarga beriladi?

Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

Qaysi taʼlim shakliga beriladi?

Kunduzgi;
Sirtqi;
Kechki.

Masofaviy taʼlimga berilmaydi.

14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?

Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi. Aniqrogʻi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat taʼlim kreditining asosiy qismini toʻlaydi xolos.

Toʻlash qachondan boshlanadi?

Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng ettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln soʻm taʼlim krediti olinsa, oʻqishni tugatgandan soʻng, 6 oy oʻtgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming soʻmdan toʻlab boriladi.

Qanday hujjatlar kerak?

bankka ariza;
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
taʼlim muassasasi bilan toʻlov-kontrakt shartnomasi;
talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

Sahifamizga qo‘shiling
https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
35.5K views10:02
Ochish/sharhlash