Get Mystery Box with random crypto!

​​#Qabul2022 #Statistika Talabalikka tavsiya etilgan abitur | Davlat Test Markazi | Rasmiy Kanal

​​#Qabul2022 #Statistika
Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 46 foizdan ziyodi ayollar

Joriy yilda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun 1 146 744 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Bunda:

erkaklar — 542 858 nafar (47,34 %) ni;
ayollar — 603 886 nafar (52,66 %) ni tashkil etdi.

Test sinovi natijalariga ko‘ra 190 375 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning:

102 441 nafari (53,8 %)erkaklar;
87 934 nafari (46,2 %)ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Abituriyentlarning test sinovida to‘plagan ballariga e’tibor qaratilsa, ayollar erkaklarga nisbatan yuqoriroq ball to‘plagan holda talabalikka tavsiya etilganini ko‘rish mumkin.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning o‘rtacha o‘tish bali davlat granti asosida:

erkaklarda — 114,98 ballni;
ayollarda — 127,21 ballni;

to‘lov-kontrakt asosida:

erkaklarda — 90,92 ballni;
ayollarda — 101,94 ballni tashkil etgan.

Erkaklar va ayollarda o‘rtacha o‘tish ballarining bunday farq qilishi ular ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan ta’lim yo‘nalishlari va ulardagi o‘tish ballari bilan bog‘liq.

Ta’lim sohalari bo‘yicha foiz hisobida olinganda:

“Tillar(85,11 %) va “Ta’lim” (74,49 %) sohalariga ayollar;
“Transport xizmatlari(94,53 %) hamda “Arxitektura va qurilish” (87,1 %) sohalariga erkaklar ko‘proq talabalikka tavsiya etilgan.

Abituriyent (erkak va ayol) larning ta’lim sohalari kesimida talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichlari bilan quyidagi rasmda tanishish mumkin.

https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi