Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent | Axborot portali

Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtmuz_dtm_uz — Abituriyent | Axborot portali A
Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtmuz_dtm_uz — Abituriyent | Axborot portali
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 51.86K
Kanalning ta’rifi

@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.
📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot
📬 Reklama: https://t.me/ SwAo-YikrkZzu9el

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2023-08-23 06:11:05
4-sentabrdan metro bekatlariga yaqin 31 ta OTMda dars jarayonining boshlanish vaqti ma’lum qilindi

Toshkent shahar metropolitenida yoʻlovchi oqimini toʻgʻri taqsimlash, talabalarning oʻz vaqtida dars mashgʻulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida bekatlarga yaqin joylashgan oliy taʼlim muassasalarining maqbullashtirilgan ish grafigi tasdiqlandi.

Unga koʻra, 2023-yil 4-sentabrdan yuqoridagi 31 ta oliy ta’lim maskani (rasmda) talabalari oʻzgargan grafik asosida darslarga qatnashadi.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
24.0K views03:11
Ochish/sharhlash
2023-08-22 11:54:28 #Qabul2023

Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

Bilimni baholash agentligi va uning hududiy bo‘limlarida abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish maqsadida maslahat markazlari tashkil etildi.

Bunda abituriyentlar va ularning ota-onalari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish uchun Toshkent shahriga kelishlari shart emas.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda Bilimni baholash agentligining hududiy bo‘limlari mavjud bo‘lib, hududiy bo‘limlar tomonidan ham abituriyentlarga to‘liq ma’lumotlar beriladi.

Maslahat markazlarining ish vaqti: dushanba-juma kunlari 09:00 dan 18:00 ga qadar (13:00-14:00 tushlik vaqti).

Izoh: Abituriyentlarni tabaqalashtirilgan yoki oshirilgan kontrakt asosida talabalikka qabul qilish Bilimni baholash agentligining vakolatiga kirmaydi. Abituriyentlar mazkur masala yuzasida bevosita oliy ta’lim muassasasining o‘ziga murojaat qilishi va to‘liq ma’lumot olishi mumkin.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
25.0K views08:54
Ochish/sharhlash
2023-08-21 23:49:21
Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
#Qabul2023 #Natija

2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytining “Bakalavr-2023” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
22.4K viewsedited  20:49
Ochish/sharhlash
2023-08-21 10:41:08
21-avgust soat 09:00 holatiga ko‘ra, kollejlarga qabul bo‘yicha jami 11 401 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan:
Kunduzgi – 4 856 nafar;
Sirtqi – 5 537 nafar;
Kechki – 54 nafar;
Dual – 954 nafar ta’lim shakllari uchun (batafsil infografikada).

Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz elektron platformalari orqali 10-sentabr (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
27.7K views07:41
Ochish/sharhlash
2023-08-19 09:26:43
Farmatsiya yo'nalishi uchun 79 nafar talabgorlarning birortasi o'qishini ko'chira olmagan

Andijon davlat tibbiyot institutining Farmatsiya yo'nalishiga xorijiy va nodavlat oliygohlardan o'qishini ko'chirish uchun ariza topshirgan 79 nafar talabgorlardan birortasi yetarli ball to'play olmagan.

Rasmda ko'rib turganingizdek, eng yuqori ball 90,4 to'plangan bo'lib, o'tish bali 129,0 ballni tashkil etadi.

Ushbu talabalarda super kontraktda o'qish yoki avvaldagi ta'lim muassasasida o'qishini davom ettirish yo'li mavjud.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
27.0K views06:26
Ochish/sharhlash
2023-08-17 08:43:42
Abituriyentlarning deyarli yarmi 56,7 ball ham to‘play olmagan
#abituriyent

mandat.uzbmb.uz saytidagi ochiq maʼlumotlarga ko‘ra, joriy yilda 888 ming 472 nafar abituriyent testga kirgan.

439 ming 337 nafar (49,4%) abituriyent o‘tish balining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 balni ham to‘play olmagan. Demak, ular mandat chiqmasidan avval kurashdan chiqdi. Chunki 56,7 balldan kam to’plaganlar kvotada joy bo’lsa ham o’qishga kira olmaydi.

56,7 dan ko’p ball to’plagan abituriyentlar soni 449 ming nafarni (50,6%) tashkil qiladi.

Oʻtkan yilgi holat bilan solishtirganda ahvolimiz biroz yaxshilangan. O‘tgan yili 51,2% foiz, aniqrog‘i 550 ming abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagandi, joriy yilda bu ko‘rsatkich 49,4% ga tushdi.

2023-yilda eng yomon ko‘rsatkich, Sirdaro viloyatida (54,9%), nisbatan yaxshiroq natija esa xuddi o‘tgan yildagidek Toshkent shahrida (40,8%) qayd etilgan (yuqoridagi jadvalga qarang).

8 ta hududda abituriyentlarning 50 foizdan ko‘prog‘i 56,7 balldan past ball olgan. O’tgan yili 9 ta hudud edi, joriy yil Namangan viloyati natijani yaxshilab, 50% likdan pastga tushgan.

O’tgan yilga qaraganda natijasini eng ko’p yaxshilagan 5 ta hudud:

Toshkent shahri — 4,4%
Buxoro — 4,4%
Toshkent viloyati — 3,5%
Namangan — 3,3%
Farg’ona — 2,4%

Sirdaryo va Andijon viloyatida esa natija o’tgan yilgiga qaraganda yomonlashgan.

56,7 ball — bu to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori 189 balning 30%i degani. Yaʼni abituriyent hech bo‘lmasa 30% bilimga ega bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkichni to‘play oladi. 30% bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak to‘g‘ri bo‘lar balki.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
26.6K views05:43
Ochish/sharhlash
2023-08-15 10:02:08 Men maktabda fizika va matematika fanlaridan dars beraman. Hozirda faqat fizika fani uchun Direktor jamg‘armasidan ustama olaman. Eshitishimcha, tarifikatsiyadan o‘tgan barcha fanlarga ustama olish mumkin ekan.
Men ushbu jamg‘armadan matematika fani uchun ham ustama olishim mumkinmi?

Javob: Umumta’lim muassasasi o’qituvchilarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash tartibi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarorida batafsil ko‘rsatib o‘tilgan.

Mazkur qaror bilan tasdiqlangan tegishli nizom talablariga ko‘ra pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, umumta‘lim muassasa xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish, umumta‘lim muassasalarida tashkil etiladigan ustamalar belgilash, moddiy rag‘batlantirish va moddiy yordam berish bo‘yicha ishchi guruhlar tomonidan amalga oshiriladi.

Ikki va undan ortiq fandan dars beruvchi pedagoglarga direktor jamg‘armasidan har oylik ustama olishda mazkur ishchi guruh xulosasiga tayaniladi.

Nizomga asosan pedagog xodimlarga belgilangan ustamalar ularning tarifikatsiya ro‘yxatida ajratilgan dars soatlariga mutanosib ravishda to‘lanadi.

Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining faoliyatini baholash mezonlarida o‘qituvchi bir nechta fandan dars bergan taqdirda uning faoliyati har bir fan bo‘yicha alohida tartibda baholanishi qayd etilgan.

Savolga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot kotibi javob bergan

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
28.3K views07:02
Ochish/sharhlash
2023-08-14 13:32:21 Stajor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish tartibi ishlab chiqildi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritishi belgilangan.

Shu munosabat bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan stajor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, ilk bor ishga qabul qilingan stajyor-o‘qituvchilardan ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi. Stajor-o‘qituvchilarga ular kasbiy sertifikat olguniga qadar oliy ma’lumotli (toifasiz) o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi qo‘llaniladi.

“O‘qituvchi-stajor” bilan Mehnat kodeksining 104-moddasida muvofiq mehnat shartnomasiga kiritilishi shart bo‘lgan holatlar, jumladan o‘qituvchi-stajorlarning bir yil davomida kasbiy sertifikat olishi majburiyati ko‘rsatilgan holda mehnat shartnomasi tuziladi.

Shu munosabat bilan, vazirlikning 2023-yil 9-avgustdagi tegishli xati bilan o‘qituvchi-stajorlarni ishga qabul qilish jarayonini mazkur ko‘rsatmalarga muvofiq amalga oshirish vazifalari yuklatildi.

Eslatib o‘tamiz, Farmonga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga 2023-yil 1-noyabrga qadar umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritadigan pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash sinovlaridan o‘tkazish tartibini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish hamda 2024-yil 1-yanvardan boshlab tizimni amaliyotga joriy etish topshirilgan.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
28.7K views10:32
Ochish/sharhlash
2023-08-13 19:28:19 Rasman: O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 16-avgust kuni o‘tkaziladi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 16-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:

-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
25.7K views16:28
Ochish/sharhlash
2023-08-12 08:32:00 #Qabul2023
Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseyiga kirish test sinovlari

2023-2024-o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseyiga kirish test sinovlari 2023-yil 14-avgust kuni 09:00 da Toshkent shahridagi O‘zekspomarkaz milliy ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari huquq va chet tili fanlari hamda intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 1 soat-u 50 daqiqa vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 126 ball bo‘lib, huquq fani bo‘yicha har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 62 ball), chet tili fani bo‘yicha 2,1 balldan (jami 42 ball), IQ bo‘yicha esa 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining litsey.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 08:00 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
27.8K views05:32
Ochish/sharhlash