Get Mystery Box with random crypto!

#Qabul2023 Toshkent davlat yuridik universiteti akademik lit | Abituriyent | Axborot portali

#Qabul2023
Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseyiga kirish test sinovlari

2023-2024-o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseyiga kirish test sinovlari 2023-yil 14-avgust kuni 09:00 da Toshkent shahridagi O‘zekspomarkaz milliy ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari huquq va chet tili fanlari hamda intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 1 soat-u 50 daqiqa vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 126 ball bo‘lib, huquq fani bo‘yicha har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 62 ball), chet tili fani bo‘yicha 2,1 balldan (jami 42 ball), IQ bo‘yicha esa 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining litsey.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 08:00 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy