Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent | Axborot portali

Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtmuz_dtm_uz — Abituriyent | Axborot portali A
Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtmuz_dtm_uz — Abituriyent | Axborot portali
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 51.86K
Kanalning ta’rifi

@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.
📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot
📬 Reklama: https://t.me/ SwAo-YikrkZzu9el

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-09-06 09:41:04 Super-kontrakt narxlari (yo’nalishlar kesimida)
#abituriyent

Mazkur faylda 2023/24- o’quv yili uchun yo‘nalishlar kesimida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.

Faylda kunduzgi, sirtqi, masofaviy va kechki ta’lim uchun super-kontrakt miqdorlari berilgan. Shuningdek, 15-oktyabrgacha 100% to’lov qilganda beriladigan 10 foizlik chegirma ham ko’rsatilgan.

P.S.: ushbu super-kontrakt narxlari “perevodchilar” uchun ham taalluqli.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
21.5K views06:41
Ochish/sharhlash
2023-09-04 13:26:35 1-kurs talabalari o‘qish uchun nimalar sotib olishi kerak?

O‘qishga kiyish uchun forma yoki klassik uslubdagi kiyim.

Kanselyariya buyumlaridan:

Qalam (rangli ixtiyoriy)
Daftar (5-6 dona)
Matnni belgilash uchun markerlar
Mavzularni yozib olish uchun kundalik
Fayllar
Qog'oz qisqichlari
Stapler
Oddiy qalam
Lineyka (foydali)

Yana har bir talabaga turli taqdimotlar qilish va uyga vazifalarni bajarish uchun kompyuter kerak bo‘ladi. Boshlanishiga bu ishlarni planshet yoki qotmaydigan telefonda qilib tursa ham bo‘ladi.

Yana nimalar kerak bo‘lishi hamma talabaning qayerda o‘qishiga qarab farqlanadi.

Sizga o'quv yilining birinchi kunida nimalar kerak bo'lyapti?

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
21.5K views10:26
Ochish/sharhlash
2023-08-31 17:42:13 2023-2024-yil o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan talabalar o‘z vaqtida yetib borishlari uchun quyidagi yo‘nalishlarda qo‘shimcha avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi:

Urganch - Toshkent
Xiva - Toshkent
Buxoro - Toshkent
Toshkent - Gʻijduvon
Toshkent - Qorako‘l
Toshkent - Shofirkon

Shuningdek, Vobkent, Jondor va Olot tumanlaridan 2023-yilning 3-sentabr kuniga qadar qo‘shimcha avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda. Avtobuslar chiptalarini avtoticket.uz saytidan elektron tarzda xarid qilish mumkin.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
20.5K views14:42
Ochish/sharhlash
2023-08-30 10:36:15 Xotin-qizlarning kontrakt pullari to‘lab beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan (15.08.2022-yildagi 447-son), magistratura bosqichida oʻqiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt toʻlovlari qaytarish shartisiz qoplanadi.

Bunda talabgorlar har yili 15-sentabrgacha o‘zlari o‘qiyotgan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qiladi.

Talabgorlarning arizalari yig‘ilib OTM tegishli bo‘lgan vazirlikka yuboriladi.

15-oktabrga qadar tegishli oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori)ning buyrug‘i qabul qilinadi.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
22.3K views07:36
Ochish/sharhlash
2023-08-28 05:10:37 Qachondan boshlab super-kontrakt
uchun ariza yoziladi?


O'qishni ko'chirish imtihonlarida yetarli ball to'play olmagan talabgorlar oshirilgan kontrakt asosida o'qishlarini ko'chirishlari mumkin.

O'tgan yili "super kontrakt" uchun arizalar kontrakt.edu.uz sayti orqali olingan edi. Katta ehtimol bilan bu yil ham shunday. Biroq abituriyent va "perevodchilar"ning ma'lumotlari saytga to'liq kiritib bo'linmagani sababli vazirlik bayonot berayotgani yo'q.

Katta ehtimol bilan oliygohlarda dars jarayonlari boshlanganidan so'ng oshirilgan kontrakt uchun arizalar qabuli ham boshlanadi.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
25.0K views02:10
Ochish/sharhlash
2023-08-26 07:32:47 O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovida ishtirok etgan talabgorlarning 89,2 foizi talabni bajara olmagan

Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan imtihonlarda jami 41 122 nafar talabgor ishtirok etdi.

Bunda alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar OTMlar tomonidan, test sinovlari esa Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkazildi.

Joriy yilning iyul oyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlangan bo‘lib, o‘qishni ko‘chirish uchun mazkur talabni bajarish lozim.

Test sinovida ishtirok etgan 41 122 nafar talabgorning 4 433 nafari (10,8 %) talabni bajargan bo‘lsa, 36 689 nafari (89,2 %) talabni bajara olmagan.

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarida 41 122 nafar talabgordan 75 nafari test sinovi jarayonida tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatilgan. Bu OTMlarga kirish test sinovlariga nisbatan 11 baravar ko‘p (OTMlarga kirish test sinovlarida 888 660 nafar talabgordan 148 nafari chetlatilgan).

Hududga kirishda esa 78 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun jarayondan chetlatilgan. Bu OTMlarga kirish test sinovlariga nisbatan 25 baravar ko‘p (OTMlarga kirish test sinovlarida 67 nafar).

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
22.9K views04:32
Ochish/sharhlash
2023-08-26 07:12:09
DTM ball bilan talaba bo‘ling!

Hurmatli abituriyentlar, endilikda Siz UzBMB natijalaringizga ko‘ra TIFT universiteti talabasi bo‘lishingiz mumkin!

Buning uchun qanday talablar bor?
— Sirtqi taʼlim shaklida tahsil olish uchun 50 ball va undan ziyod;
— Kunduzgi taʼlim shaklida talaba bo‘lish uchun esa 70 ball va undan ko‘proq ball to‘plagan bo‘lsangiz kifoya.

Talabalikka imtihonsiz qabul qilinasiz!

Shuningdek, kirish imtihonlarida pastroq natija qayd etgan abituriyentlar SUPER KONTRAKT yoki SUHBAT asosida talaba bo‘lishi mumkin.

Eng muhimi, KONTRAKT to‘lovini BESHGA bo‘lib to‘lash mumkin.

Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti bilan orzularingiz amalga oshadi!

DTM ball bilan onlayn hujjat topshiring:
qabul.tift.uz

TIFT universitetida kontrakt narxlari: bit.ly/Talim-yonalishlari

Murojaat uchun: +998781132999, +998999932722

Toshkent qabul ofisi: Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasi, 17-uy

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
23.2K views04:12
Ochish/sharhlash
2023-08-25 09:36:00
2023-yilgi o’tish ballarini qayerdan ko’rsa bo’ladi?
#abituriyent

JAVOB: agar siz OTMlar kesimida yoki imtiyozlilar kesimida joriy yilgi o’tish ballari kerak bo’lsa, unda https://mandat.uzbmb.uz saytining “Qo’shimcha” bo’limidagi “OTMlar bo’yicha o’tish ballari” hamda “Imtiyozga ega bo’lganlar uchun o’tish ballari” sahifasidan ko’rib olishingiz mumkin.

To’g’ridan-to’g’ri kirish uchun:

OTMlar bo’yicha o’tish ballari
https://mandat.uzbmb.uz/BallVuz23/Index

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
24.9K views06:36
Ochish/sharhlash
2023-08-24 09:49:11 Ta'lim krediti haqida eng muhim ma'lumotlar

To‘lov shartnoma asosida o‘qiyotganlar uchun ajratiladigan ta’lim krediti faqat davlat OTMlari talabalariga emas, balki xususiy OTMlar talabalariga ham ajratiladi.

Kredit olish imkoniga kimlar ega?

Respublikadagi oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari, shu jumladan xususiy va xorijiy oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallari talabalari. O‘qishini "perevod" qilganlar ham kredit ololishi mumkin.

Bunda talaba kontrakt qog‘ozini (OTM bilan tuzilgan kontrakt shartnomasi) bankka topshiradi va bir yillik kontrakt summasiga teng kredit ola oladi.

Lekin super-kontrakt uchun kredit berilmaydi.

Ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi. Kreditni muddatidan oldinroq ham to‘lab qo‘ysa bo‘ladi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
16.0K views06:49
Ochish/sharhlash
2023-08-23 10:03:26 Oliy ta'lim vazirligining eng katta xatosi – nechta nodavlat oliygohining litsenziyasi borligini xatto aniq bilmaydi.

Vazirlikning https://stat.edu.uz/Univer-list.php saytiga kiritilgan ma'lumotlar to'liq emas, jumladan nodavlat oliygohlarning atigi 65 tasigina ro'yxati kiritilgan, 20 ga yaqin nodavlat oliygohlar ro'yxati esa saytga kiritilmagan.

Vazirlikdek katta tashkilotning "Call center" hodimalari esa ro'yxatda kiritilmagan nodavlat oliygohlarning litsenziyasi yo'qligi haqida murojaat qilgan ota-onalar (abituriyentlar)ga ma'lumot bermoqda.

Bu vaziyatda vazirlik yolg'on (noto'g'ri) axborot bergani uchun javogarlikka tortiladimi?

Yoki saytdagi ma'lumotlarni yangilab qo'yishga vazirlik mas'ullarining vaqti (yoxud xoxshi) yo'qmi?

Qabul jarayonlari ayni pallasida bu kabi loqaydlik ko'plab tushunmovchilik va oqibatlarga olib keladi. Har holda kap-katta vazirlik degan tashkilotning "Call center"i ishonch bilan litsenziyasi yo'q degan jumlalarni ishlatmoqda.

Vaholan-ki, ro'yxatga kiritilmagan litsenziyaga ega qaysidir nodavlat oliygohi bu ish uchun vazirlikni bemalol sudga berishi ham mumkin!

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
25.4K views07:03
Ochish/sharhlash