Get Mystery Box with random crypto!

Oliy ta'lim vazirligining eng katta xatosi – nechta nodavlat o | Abituriyent | Axborot portali

Oliy ta'lim vazirligining eng katta xatosi – nechta nodavlat oliygohining litsenziyasi borligini xatto aniq bilmaydi.

Vazirlikning https://stat.edu.uz/Univer-list.php saytiga kiritilgan ma'lumotlar to'liq emas, jumladan nodavlat oliygohlarning atigi 65 tasigina ro'yxati kiritilgan, 20 ga yaqin nodavlat oliygohlar ro'yxati esa saytga kiritilmagan.

Vazirlikdek katta tashkilotning "Call center" hodimalari esa ro'yxatda kiritilmagan nodavlat oliygohlarning litsenziyasi yo'qligi haqida murojaat qilgan ota-onalar (abituriyentlar)ga ma'lumot bermoqda.

Bu vaziyatda vazirlik yolg'on (noto'g'ri) axborot bergani uchun javogarlikka tortiladimi?

Yoki saytdagi ma'lumotlarni yangilab qo'yishga vazirlik mas'ullarining vaqti (yoxud xoxshi) yo'qmi?

Qabul jarayonlari ayni pallasida bu kabi loqaydlik ko'plab tushunmovchilik va oqibatlarga olib keladi. Har holda kap-katta vazirlik degan tashkilotning "Call center"i ishonch bilan litsenziyasi yo'q degan jumlalarni ishlatmoqda.

Vaholan-ki, ro'yxatga kiritilmagan litsenziyaga ega qaysidir nodavlat oliygohi bu ish uchun vazirlikni bemalol sudga berishi ham mumkin!

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv