Get Mystery Box with random crypto!

Hamma narsaning oʻz kriteriyalari, aniq oʻlchovlari boʻladi. M | Abbos Abduqayumov

Hamma narsaning oʻz kriteriyalari, aniq oʻlchovlari boʻladi. Masalan suv 0°C da muzlaydi. Xuddi shunday oqillikning ham oʻz meʼzonlari, aniq belgilangan chegaralari bor. Shulardan biri oqil kishini hayratlantirish qiyinligi.

Yaqinda Twitter'da bir yoshroq yigitning "Uylansam xotinimni sizlayman", deb yozgan tweetini koʻrib qoldim.

Men uchun bu tweetdan ham tagidagi izohlar qiziq boʻldi. Ularni taxminan 3 ta kategoriyaga ajratish mumkin.

1. "Men ham toʻydan keyin erimni sizlayman", deyotgan qizga oʻxshash hazilkashlar. Vaziyatga yumor bilan yondashadigan insonlarni surishtirsangiz, juda aqlli boʻlib chiqishadi. Bunaqa odamlarni hamma joyda zoʻr qabul qilishadi.

2. Romantik ekansiz, janjallarning oldini olasiz, hurmat qozonasiz, deydigan toifa. Bular adekvatlar. Vaziyatni boricha qabul qilishadi.

3. Qanaqa erkaksan, latta, xotin quli va yana nimadirlar. Bunaqa stereotiplar boshiga shunday paqirni kiyib olishganki, yoʻllarini ham koʻra olishmaydi. Odatda bunday odamlar bilan gaplashsangiz, dunyoqarashi maktab davridan keyin oʻsmay qolganini payqaysiz.

Men nima demoqchiman? Hamma joyining oʻz oqillik chegaralari bor. Bir joyda uyat sanalgan narsa boshqa joyda oddiy hol sifatida qabul qilinishi mumkin. Buni aqlli odam normal qabul qiladi. Hamma narsani oʻz qarichi bilan oʻlchash toʻgʻri emasligini yaxshi biladi. Bular oqillik kriteriyalari ichida boʻlganlaridan biridir.

@Abduqayumov