Get Mystery Box with random crypto!

— Xudoga ishonasizmi? Insonda yillar davomida shakllanib kelg | Abbos Abduqayumov

— Xudoga ishonasizmi?

Insonda yillar davomida shakllanib kelgan, qayta-qayta o'z ongiga singdirgan tushunchalari bo'ladi. Ateist ham, dindor ham o'z-o'zidan shu e'tiqodiga kelib qolgan emas. Aqlli ateistda ham, aqlli dindorda ham o'z e'tiqodida qolishiga yetarlicha sabablari bo'ladi. Oqil, o'zini hurmat qilgan odam birovga uning e'tiqodlari haqida savol bermaydi. Bu odobdan emas. Qolaversa, bu har bir odamning o'ta-o'ta shaxsiy hududi. Boshqa birovning bu shaxsiy hududda arqoni uzilgan buzoqdek chopib yurishi normal odamlar tomonidan normal qabul qilinmaydi.

Masalan, menga kimdir kelib, ateist bo'lishni tavsiya qilsa, o'sha odamdan e'tiqodiy masalalarimga aralashgani uchun shunchaki nafratlanaman.

@Abduqayumov