Get Mystery Box with random crypto!

Buxanka narxi oshgani haqida buxanka yemaydiganlar dod-voy sol | Abdulloh Shamsutdinov

Buxanka narxi oshgani haqida buxanka yemaydiganlar dod-voy solishyapti.

Yaqinda transport narxi ham oshadi, oʻshanda ham mashinada yuradiganlar “mana nima uchun biz avtobusda yurmaymiz” deyishadi.

Keyin suv, svet va gas narxlari ham oshadi. Oʻshanda ham dangʻillama hovli qurib MIBʼdan millionlab qarzi borlar yigʻlaydi “adolat qani” deb.

Oldin shu sunʻiy kamaytirilgan narx uchun shundoq ham 2-3 (balki 10) barobar koʻp toʻlar edingiz, endi bozor narxida real summa toʻlaysiz.

Davlat monopollarga xalqning pulidan “xalq uchun” deb milliardlab subsidiya ajratib, shu subsidiya xalqga yetib kelmay tepadagilarni qorniga ketgandan koʻra, xalqni oʻzi oʻsha pulni toʻlab qoʻygani yaxshi.

Kam taʼminlangan oilalar uchun juda ham qaygʻurib ketayotgan boʻlsangiz, qoʻshningizdan xabar olib qoʻying, shuni oʻzi yetadi.

Kallani ishlatib, orqani koʻtarib bosish kerak. Noligandan foyda yoʻq.

#thoughts / @thinkwithMirro