Get Mystery Box with random crypto!

-Qayerdagi bir qalangi-qasang'i tufayli meni urushyapsiz, oyi! | Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби

-Qayerdagi bir qalangi-qasang'i tufayli meni urushyapsiz, oyi! , - dedi Shoxrux zarda bilan.
Endi u Barno opadan xafa bo'lgandi. Oyisining unga yosh boladek muomala qilishi uning jig'iga tegardi. Ertalab nonushta qilmas, kechqurun ham "qornim toq" deya yotog'iga kirib ketardi. U juda ham o'zgarib qolgandi. Onasi, sinfdoshlari va hattoki Olimjon ham undan xavotir ola boshladi. Bir kuni Olimjon unga - Yur, kutubxonaga boramiz, - dedi – O'sha yerda senga bitta zor narsa beraman. Shohrux shu paytgacha Olimjonga bo'lgan nafrati tufayli aqalli bir marta ham kutubxonaga bormagandi. Chunki u yerda Olimjonning onasi Sojida opa ishlar edi. Hozir esa Olimjonning bunday deyishi unga biroz shubha uyg'otdi.
Mana o'quv yili ham tugab, a’lochi o'quvchilar "Faxriy yorliq" bilan taqdirlanayotganda Olimjon qatori Shohrux ham sahnaga chiqdi. Uning "Faxriy yorliq"olayotganidan onasi xursand, ammo Shohruxning ginasi hali ham ketmagandi. Faollar zalidan chiqishayotganda Olimjon Shohruxni to'xtatib qoldi va ikkita kitob uzatdi. Biri “Dunyoning ishlari” va ikkinchisi “Mungli ko'zlar” kitobi edi. Aslidaku, Shohrux bu kitoblarni olmoqchi emas edi, lekin qandaydir bir ichki kuch uni kitoblarni olishga majbur etardi. Shohrux bu kitoblarni bir hafta ichida qayta va qayta o'qidi. U o'zini goyoki kitoblar sehrlab qo'ygandek sezardi. Song yana kitob o'qigisi keldi. Ammo u maktab kutubxonasiga borishga uyaldi, aniqrog'i, g'ururi yo'l qo'ymadi. Axir, u yerda Sojida opa borda! Shuning uchun u shahar kutubxonasiga bordi. Lekin baxtga qarshi u yer qayta ta’mirlanayotgan ekan. Yurib-yurib maktab yoniga qanday kelib qolganini sezmay qoldi. "Darrov kitob olaman-u keyin ketaman” degan o'y bilan kutubxonaga kirdi. Kirishi bilan Olimjonga duch keldi. Keyin burchakda gullar bargini artayotgan Sojida opani ham ko'rdi. Sojida opa Shohruxni ochiq chehra bilan kutib oldi.
- Me-men kitoblarni Olimga berishga k-kelgandim, - dedi duduqlanib va nima deyishini bilmay.
- Ey, ortoq ular senga sovga edi, kitoblarning birinchi sahifasida yozilganlarni o'qimadingmi?
- Yoq.
- Eh, mayli, kel,men senga o'zim o'qigan kitoblardan eng qiziqarlilarini tanlab beraman.
- Mayli.
Olimjon kitoblar tartib bilan terilgan javonlar oralab ketdi.
- Mana bu Gafur Gulomning “Shum bola”si, mana bu Xudoyberdi Toxtaboyevning Hoshimjoni, - dedi
va “Sariq devni minib” va “Shum bola” asarlarini Shohruxga tutqazdi. Keyin yana bir kitob Oybekning “Navoiy” asarini ham Shohruxga berdi.
- Senga eng nodir asarlarni tanlab berdim, - dedi Olimjon va oyisiga ogirilib – Oyijon, Shohruxga shu kitoblarni berasiz-a?
- Ha, albatta! Lekin oldin Shoxruxga kitobxonlik varaqasini ochamiz, - dedi jilmayib.
Keyin bir bosh varaqa olib unga malumotlar yoza boshladi va oxirida varaqa bilan ruchkani Shoxhux tomon surib imzo qoy dedi. Shohrux imzo qoydi va ming bir uyat bilan rahmat deb kitoblarni olib ketdi. Endi Shohrux doim kutubxonaga kelar va Olimjon ham unga kitob tanlashda yordam berishdan charchamasdi. Shohrux butun ta’til davomida kitoblar olamida boldi. U goh Otabek bolib Kumushini oylar, goh Navoiy bolib dillarni erituvchi gazallar yozar, goh Amir Temur bolib janglarda golib bolardi. Ayniqsa, Pirimqul Qodirovning dialogiyasi - “Yulduzli tunlar” va “Avlodlar dovoni”ni oqiganida Boburga rosa achingandi. Va ba’zan Humoyundan kora Akbarshohning xislatlari Boburga oxshagan deya mulohaza qilardi. Avvallari kutubxonadan umuman yiroqda bolgan Shohruxning hozir oz sevimli adibi ham bor. Bu – Abdulla Qahhor. Uning har bir hikoyasi Shohruxni oylashga majbur etar, necha kunlar davomida hayolini egallab olardi.
Shohrux hattoki biror narsadan ezilsa ham shu maktabning mojazgina kutubxonasiga borardi. Endi Shohrux har qanday boylikdan kitob, har qanday hashamatli qasrdan kutubxona qimmatliroq ekanini anglab yetgandi.
Yangi oquv yili boshlanib, kutubxonaga kelgan har bir oquvchi osha kalondimog Shohruxning rasmi Olimjondan ham oldinda kitobxonlar peshtaxtasida turganidan hayron edi…