Get Mystery Box with random crypto!

Kitob insonni yerdan ko'kka ko'taruvchi, uning ma'naviy quvvat | Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби

Kitob insonni yerdan ko'kka ko'taruvchi, uning ma'naviy quvvatini oshiruvchi buyuk, mo'jizakor kuchdir. Qolaversa, kitob insoniyatning tarixiy xotirasi, o'z ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy zaminini mustahkamlovchi, kelajakni yorqin ko'rsatib berishga qodir mash’ala hisoblanadi. Zero, kitob irodani toblaydi. Kitobni sevgan inson ham qalban, ham jisman kutubxonaga yaqin boladi. Kitoblar uyi bolmish kutubxonalar qadim-qadimdan insonlar uchun manaviyat va ma'rifat o'chogi bo'lib kelgan. Har doim kutubxonalar jamiyatning ajralmas qismi bolgan. Har kim kutubxonaga qadam bosar ekan, bu yer tafakkurning qasri bo'lmish kitoblar uyi ekanligini his qilgan holda kutubxonaning ozodaligiga, o'qilayotgan kitobning yaroqliligiga mas’uliyatli bo'lmogi darkor. Zero, buyuk faylasuf Gersen “Kitobni e'zozlash kerak, kutubxonaga esa ehtirom bilan kirmoq lozim”, deya bejiz aytmagan!

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-“A” sinf o'quvchisi Axmatova Zubayda