Get Mystery Box with random crypto!

Kutubxonaga hurmat – kitobdan boshlanadi Kutubxona – bu goyal | Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби

Kutubxonaga hurmat – kitobdan boshlanadi

Kutubxona – bu goyalar maskani. Unga hammani taklif qilish mumkin.
A.Gersen.

Xonada sukunat hokimlik qilmoqda. Burni singan va sochlari to'zgigan bola labi shilingan, qovoqlari ko'kargan bola bilan maktab direktori qarshisida bosh egib otiribdi. Sukunatni yaqin besh daqiqada ovozi o'chgan bir ayol buzdi:
-Odil Yoqubovich, bu bolaga zudlik bilan chora ko'rilmasa maktab obro'yiga putur yetadi!
-Axir, Shohruxning o'zi boshladi-ku urushni, - deya oraga kirdi burni singan Olimjon.
-Kattalarning gapiga aralashma, tarbiyasiz, tirrancha! – zarda bilan gapirdi haligi ayol.
Yon tomondagi kursida uyqusizlikdan ko'zlari shishgan ayol mung'ayib o'tiribdi. Bu ayol Sojida opa bo'lib shu maktabning kutubxonachisi. Olimjon - Sojida opaning kenja o'g'li. To'rt og'ilni boqish rahmatli eri o'tganidan song yolg'iz o'ziga qoldi. Oylik maoshi urvoq ham bo'lmay qoldi. Boshqa bir korxonada farrosh bo'lib ishlashga majbur boldi. Har kuni tong saharda borib korxonani tozalaydi. So'ng uyga kelib o'g'illariga nonushta taxlab soat sakkizda maktabga ketadi. Maktabda ish vaqti tugagach , o'g'li Olimjonning darsdan chiqishini kutadi. Ungacha har xil kitoblarni o'qib turadi. Olimjon darsdan chiqqach, birgalashib korxonaga borishadi. Olimjon oyisiga suv tashib beradi. Yakshanba kunlari Sojida opa tikuvchilik qiladi. Xudoga shukrkim, o'g'illari aqlli, ikkita tong'ich o'g'li universitetda o'qiydi, ikkita kenjasi maktabda. Eng aqllisi – Olimjon. Lekin nima bo'ldi-yu, bugun direktor yonida Sojida opaning yuzini yer qildi. Aslida, voqea bunday bo'lgandi.
Maktabda 9-sinflar ortasida eng kitobxon va a’lochi oquvchi – bu Olimjon. Kopchilikning unga havasi kelganidek , hasad qilganlar ham kam emasdi. Har narsani pul bilan o'lchaydigan Shohrux va uning onasi Barno opa o'g'lini Olimjondan ustun qo'yadi. Bir kuni maktabda “Yosh kitobxon” tanlovining maktab bosqichi bo'ldi. Unda Olimjon g'olib bo'lganini eshitgan Barno opa o'g'li Shohruxga o'shqirdi:
- Bu xabar bilan otangning ko'ziga qanday qaramoqchisan!?
Shohrux indamay xonasiga kirib ketdi. Endi Shohrux qachon kelgusi tanlovda birinchi orinni olmagunicha jazoda boladi. Bu jazo nafaqat Shohruxga, balki, Olimjonga ham qiyin bo'ldi. Chunki shundan so'ng Shohruxni Olimjonga nisbatan nafrati oshdi. Bir kuni tanaffus vaqtida Shohrux bir to'p bolalar bilan kelib Olimjonni masxara qildi. Onasi farrosh bo'lib ishlashini yuziga solib, nafsoniyatiga tegdi. Olimjon har qancha aqlli bolmasin, har qanday gapga chidamasin, ammo onasini haqoratlashlariga qarab tura olmadi va Shohruxga bir musht tushirdi. Shoxruxga esa aynan shu kerak edi. Va shunday bo'lib orada katta janjal chiqib, direktor yonida otirishibdi. Shu yerda ham Shoxruxning onasi Barno opa hech kimga gap bermay shangillayapti. Hayriyatki, direktor Odil Yoqubovich Olimjonning xulqini inobatga olib, Barno opaning yonida uni “kechirdi”. Aslida-ku, direktor bo'lgan voqeani to'lig'icha biladi, ammo Barno opaning chakagini yopish uchun yuzaki bolsa ham aybni Olimjonga tonkash kerakligini anglab yetgandi. Bu adolatsizlikdan so'ng Olimjon kitobga ro'ju qo'ydi. Avvalgidanda shiddat bilan o'qirdi. Kutubxonadagi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovichning “Bugun kitob o'qigan bitta bola ertaga televizor ko'rgan o'nta bolani boshqaradi.” degan gaplari Olimjonga dalda bolar va u shu gaplarni ozining hayotiga dasturilamal qilib oldi. Maktabda yana bir “Yosh akademik” tanlovi e'lon qilindi. Bu tanlovda Shohrux g'olib bo'lishiga ishonardi. Lekin tayyorgarliksiz, o'z ustida qo'shimcha ishlamasdan g'olib bo'lish qiyin. Yana Olimjondan-da bilimli bolish kerak. Tanlov ham otdi. Unda yana Olimjon g'olib bo'ldi. Eng achinarlisi, Shohrux hattoki ikkinchi yoki uchinchi o'rinlarni ham egallay olmadi. Buni eshitgan Barno opaning fig'oni falakka chiqdi. To'gri, Barno opa boy-badavlat va har bir narsani pul bilan o'lchasa ham yakka-yu yolg'iz ogli Shohruxning oqishiga befarq emasdi. Barno opa Shohruxni qattiq urushdi.