Get Mystery Box with random crypto!

O'zbekiston tashqi savdo balansi oxirgi bir necha yil davomida | Abdulboriy Qodirov

O'zbekiston tashqi savdo balansi oxirgi bir necha yil davomida manfiy ya'ni minus bilan chiqadi. 

2022 yilning 10 oyida importimiz exportdan 9 mlrd $ miqdorida ko'p bo'lgan. 9 milliard dollarlik balans defitsiti!

Raqamga yahshilab qarash va tasavvur qilishni tavsiya qilaman.

Iqtisod fanidan o'tgan birinchi tushunchalarimizdan biri bu Adam Smitning xalq farovonligi va xalq boyligi degan tushunchalari edi. Bir davlat kamroq sotib, ko'proq harid qilsa huddi kompaniya yoki inson kabi tez orada iqtisodiy muammolar paydo bo'lishi tabiiy.

Ha Makroiqtisod boshqacharoq ishlaydi! Ha Davlat qarzi tushunchasi inson qarziga nisbatan boshqacharoq hisoblanadi lekin bu mohiyatni o'zgartirmaydi. Bir topganimizdan ko'ra ko'proq sarflayapmiz!

Import qilayotgan mahsulotlarimiz orasida asbob- uskunalar borligi yahshi, lekin tayyor mahsulotlar ham kam emas. Meni bir masala doim qiynagan, nega o'zimizda analogi bor mahsulotlarni chet eldan olib kelish kerak?! Axir milliy mahsulotni olish bilan biz pulni o'z iqtisodimiz ichida saqlab qolamiz va iqtisod o'sishiga yordam beramizku. Yo'q, biznikilar Xitoy, Rossiya va Turkiya ni "boqishi" kerak!

Biz toki ongli istemolga o'tmas ekanmiz, kimningdir bozori bo'lib qolaveramiz.

Milliy ishlab chiqaruvchilarni qo'llashga o'taylik. O'zimizni xalqimizni boyitish, o'zimizni boyitish demakdir!

https://www.gazeta.uz/oz/2022/11/23/commerce/