Get Mystery Box with random crypto!

Qiz bolani yo'qlik, O'g'il bolani to'qlik buzadi degan gapni e | Abdulboriy Qodirov

Qiz bolani yo'qlik, O'g'il bolani to'qlik buzadi degan gapni eshitganimga bir necha yil bo'ldi.

Va har safar Otasi qurgan biznesni yo'q qilib yuborgan o'g'illar, Ota Onasi yuzini yerga qaratgan qizlar haqida eshitganda shu fikr hayolimdan o'tadi.

Hozirgi mavzu Biznes haqida. Shu kunlarda ko'p martta Oilasini bankrot qilgan yigitlar haqida eshitdim va buning sababi nima ekin deb o'yladim.

O'zimcha bir necha sabab topgan bo'ldim:

- Tarbiyaning yomonligi. Ko'pchilik qimor va kayfga berilish orqali borini boy berib qo'ymoqda.

- Oilada pulga va Biznesga bo'lgan muhitning shakllanmaganligi. " Atrofingizdagilar uchun normal bo'lgan ish, siz uchun ham normal hisoblanadi" ( Atom odatlar kitobidan ) ya'ni agar Oilada pul borku lekin pulga bo'lgan munosabat (Tejamkorlik, Kamtarinli, ... ) shakllanmagan bo'lsa kotta boylik yukini hamma ham ko'tara olmasmikin deb o'yladim.

- Pul topilganda do'stdan ko'ra dushman, pul uchun do'st ko'payishi. Yon atrofdagilarning asl maqsadlari yashirin bo'lishi va hiyonat masalasi.

- Pulning insonda bor odatlarni hishirib berish xususiyati. Agar inson qimorga ruju qo'ygan bo'sa qimorga imkon ochildi. Ichkilikka suyagi bo'lmasa bo'kib ichishi mumkin. Bor illatiga keng imkon ochildi! Oldin pul yo'qligi- imkonsizlik to'sgan bo'lsa, endi to'siq yo'q.


Hamma xalqda shu iboraning o'ziga yarasha turi bor:

Birinchi avlod quradi, ikkinchisi o'stiradi, uchinchisi tugatadi, to'rtinchisi boshidan boshlaydi ( G'arbda )

Har to'rtinchi avlod ayni guruch dalasida mehnat qiladi
( Xitoyda )

Har to'rtinchi avlod o'sha teshik kovushni kiyadi
( Qaysi davlatligi esimdan chiqti ) )

Shu fikr qanchalik to'g'ri ekan degan hayol bazan tinchlik bermaydi.

Sizningcha bu fikr qanchalik to'g'ri??