Get Mystery Box with random crypto!

​​Ricomel kompaniyasi o'zini ustida ishlab, yangi bilimlar oli | Abdulboriy Qodirov

​​Ricomel kompaniyasi o'zini ustida ishlab, yangi bilimlar olishga qiziquvchi yoshlarni kompaniyaning marketing bo'limiga, 2 oylik onlayn amaliyot o'tash dasturiga taklif etadi.

Amaliyot davomida yoshlar:

- Hozirgi bozor tendentsiyalarini o'rganish;
- Marketing tadqiqotlari olib borish va ma'lumot bilan ishlashni o'rganish;
- Kompaniyaning marketing rejasidagi ishlarni jamoaviy bajarish;
- Mahsulotlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida, iste'molchilar bilan effektiv aloqa o'rnatish;
- Marketing materiallari va saytdagi blog uchun kontent tayyorlash;
- Bevosita marketolog, brend menejer, va boshqa kreativ jamoa a'zolari bilan birgalikda qo'yilgan maqsadlarga erishish ustida ishlash;
- Karyera uchun tanlangan yo'nalish bo'yicha tajriba orttirish
kabi imkoniyatlarga ega bo'ladilar.

Amaliyot dasturini muvaffaqiyatli tugatib o'z faolliklarini yaxshi ko’rsata olgan amaliyotchilarga, kompaniyamizda ishlash imkoniyati, amaliyotni tasdiqlaydigan sertifikat, hamda o’qishni chet elda davom ettirishda yoki konferensiyalar uchun kerak bo’ladigan tavsiya xati bilan rag’batlantiriladi.

Amaliyot dasturi iyul va avgust oylarida onlayn tarzda bo'lib o'tadi. Ishtirokchilar bilan yuzma yuz meet-up lar va ishlab chiqarishni to'g'ridan to'g'ri ko'rsatish uchun ekskursiya ham tashkil etiladi.

Insaytlar olishga va o'zingizni hissangizni qo'shishga tayyormisiz?

CV va portfolioyingizni email orqali brand@ricomel.com ga yoki telegramdan @ricomelcontact ga hoziroq jo'nating.

Abdulboriy Qodirov