Get Mystery Box with random crypto!

Fikr muhim! Yozuvchi va erudit Jorj Plimpton aytishicha muva | Abdulboriy Qodirov

Fikr muhim!

Yozuvchi va erudit Jorj Plimpton aytishicha muvaffaqiyatli insonlar o'zlarini omadsiz sanovchi insonlardan ko'ra ko'proq xato sodir qilishar ekan, lekin ular o'z xatolariga boshqalarga qaraganda boshqacha munosabatda bo'lishadi. Ko'p insonlar xatolari sabab o'zlarini omadsiz va hech narsaga yaramaydigan deb xis qilishsa, muvaffaqiyatli insonar shunday deyishadi : "Yaxshi. Men xato qildim. Maqsadimga erishish uchun bilimlarim yetarli deb o'ylagandim aslida esa unday emas ekan. Men endi falon-falon masalalarni o'rganishim va falon ishni amalga oshirishim kerak, shunda maqsadimga erisha olaman"

Xatolarimiz bizga juda katta tajriba va ilm beradi. Shunday bilimlarni yuzlab kitob o'qib ham topa olmaymiz, chunki ularni faqat yashab o'tish mumkin! Sinab ko'rish eng to'g'ri yo'l bo'lib qoladi.

Abdulboriy Qodirov