Get Mystery Box with random crypto!

Abdulaziz Xasan | Blog

Telegram kanalining logotibi abdulazizxasan — Abdulaziz Xasan | Blog A
Telegram kanalining logotibi abdulazizxasan — Abdulaziz Xasan | Blog
Kanal manzili: @abdulazizxasan
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 71
Kanalning ta’rifi

QOIDA №1
Xohlagan narsangga erisha olmaysan, istagan narsangni tark qilmaguningcha!

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2023-02-12 10:14:48 #islom #ilm #ulamolarfikri

"Menimcha, Islom ahlining barchasi jamlanib, Muhammad ibn Ismoilga* o'xshash yana bir kishini yetishtirmoqchi bo'lishsa, buni eplay olishmaydi".

Muso ibn Horun Hammol

* Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy

Manba: Ustoz shuhrat_yandashov


@AbdulazizXasan
44 viewsAbdulaziz Xasan, edited  07:14
Ochish/sharhlash
2023-02-11 21:46:53 Balkim,uning "uzri"bordir!

Balkim bu ishni qilishga bir sababi bordir. Balki bu ko'zlaring ko'rayotgan narsa illat emas, hikmatdir...

Hukm chiqarishga shoshilma....

#yondaftarimdan
47 viewsAbdulaziz Ibn Ravshan, 18:46
Ochish/sharhlash
2023-02-11 18:10:06
Qabrga kimning profili kiradi ?
Qiyomat kuni Alloh taolo profilllarni kiritmaydi jannatga !!!!



P.S: ilm va tavfiq ber Robbim

@AbdulazizXasan
50 viewsAbdulaziz Xasan, edited  15:10
Ochish/sharhlash
2023-02-10 21:13:24
Boringizga shukur ....


@AbdulazizXasan
53 viewsAbdulaziz Ibn Ravshan, edited  18:13
Ochish/sharhlash
2023-02-09 15:01:47 Ajoyib youtuber Nas Daily'dan 10 ta maslahat

So'nggi 4 yil ichida men nimalarni o'rgandim:
1) Kompaniya tashkil qilish bu 1 yillik ish emas. Bu bosib o'tishingiz lozim bo'lgan 10 yillik marafon.
2) Siz boshlaydigan har qanday loyiha 90 foiz muvaffaqiyatsizlikka uchrash ehtimoli bor. Buni to'g'ri qabul qilishingiz kerak.
3) Yolg'iz ishlash yoqimli va tez. Jamoa bo'lib ishlash og'ir va sekin. Lekin, bu uzoqqa borishning yagona yo'li.
4) Har qanday ish siz o'ylagandan ko'ra 3 barobar ko'proq vaqt oladi. Chunki miya tanadan ancha tezroq ishlaydi.
5) Imkoniyatlar har yerda bor. Agar Nas Company bo'lmasa, barpo qilishni xohlagan kamida 10 ta kompaniyam bor edi.
Juda kam odamlar muvaffaqiyatga erishish ehtimoli 10% bo'lgan ish uchun 10 yil umr sarflab kompaniya tashkil qilishadi.
6) Maslagingizda mustahkam turing. Odamlar sizni o'zgartirishga va noto'g'ri ishlarni qildirishga urinishadi. Insonlarni inkor qilishni o'rganing.
7) Qancha yuqoriga ko'tarilsangiz ham, keyingi qadamingizni eng pastdan boshlaysiz.
Hatto Sukerberg ham AR va VR g'oyasining eng pastida turibdi hozir. Doim qanchadir oydan keyin quyiroqda bo'lishga tayyor turing.
8 ) Ish va shaxsiy hayot o'rtasida muvozanat saqlash ko'pchilik erisholmaydigan imtiyoz hisoblanadi.
Startaplarni 9 dan 5 gacha, haftada 5 kun grafigi asosida qurib bo'lmaydi.
Shunday ekan siz va jamoangiz yaxshigina vaqt sarflashi kerak. Bo'lmasa hamma ishsiz qoladi. Tushunganingizdek bu biroz ekstremal yo'l.
9) Ishga qabul qilishda qattiqroq bo'lavering.
Kompaniyangiz hamma uchun ham to'g'ri kelmaydi va har kim ham kompaniyangizga to'g'ri kelmaydi.
Agar kompaniyangiz duch kelgan odamni qabul qilaversa, keyinchalik u hech kimga kerak bo'lmay qoladi.
Boshqa so'z bilan aytganda: "Munosib odamlarni toping"
10) Oxirgi va eng asosiysi, maslahatlarimni unuting.
Men hech narsani bilmayman. O'z yo'limda endigina 40% li masofani bosib o'tdim. Bu tavsiyalar ishlaydimi yoki yo'qmi 6 yildan keyin xabar beraman. 

Беҳзод Отажонов

Manba: @teamwork_uz
69 viewsAbdulaziz Xasan, 12:01
Ochish/sharhlash
2023-01-16 09:19:11
Qishki ta’tilda foydali mashg’ulot bilan shug’ullanish, ayniqsa chet tillarini o’rganishning ayni vaqti.

Tashabbuskor yoshlar, Ibrat Farzandlari nomi ostida YouTube platformasida o’rganuvchilar uchun sodda va tushunarli tarzda Ingliz, Nemis, Turk, Rus tillari va xorijliklar uchun O’zbek tili bo’yicha bepul darslarni yo’lga qo’yishibdi. Tez orada Fransuz, Italyan, Ispan, Xitoy, Koreys va Arab tillari darslari ham yo’lga qo’yilar ekan.

1. Ingliz tilini 0 dan o’rganish

2. Nemis tilini 0 dan o’rganish

3. Turk tilini 0 dan o’rganish

4. Rus tilini 0 dan o’rganish

5. O’zbek tili (xorijliklar uchun)


@xushnudbek
8 viewsAbdulaziz Xasan, 06:19
Ochish/sharhlash
2023-01-14 09:55:50 OTA-ONALAR DIQQATIGA!!!

• Tarzan yarim yalangʻoch holda yashaydi.
• Zolushka yarim tunda uyga keladi.
• Buratino doim yolgʻon gapiradi.
• Alovuddin oʻgʻrilar shohi.
• Betmen soatiga 200 km tezlikda harakatlanadi.
• Romeo va Juletta sevgi tufayli oʻz joniga qasd qilgan.
• Garri Potter jodugarlikdan foydalanadi.
• Mikki va Minni shunchaki doʻst emas.
• Uyqudagi sohibjamol dangasa.
• Skubi-Du dahshatli tushlar koʻradi.
• Oppogʻoy 7 ta kichik erkak bilan bir uyda yashaydi.

Bolalaringizdagi notoʻgʻri xatti-harakatlariga hayron boʻlmang, ular buni oʻz ertak kitoblari va ularga “biz” beradigan multfilmlardan bilib olishmoqda.
Buning oʻrniga, biz ularga quyidagi kabi hikoyalarni oʻrgatishimiz kerak;

• Abu Bakrning doʻsti va paygʻambari Muhammad ﷺ ga boʻlgan sadoqat va xizmatlari. Sadoqat va doʻstlikning eng yaxshi namunasi.
• Umar ibn Xattobning adolat va bagʻrikenglikka boʻlgan muhabbati.
• Usmon ibn Affonning hayo darajasi.
• Ali ibn Abu Tolibning jasorati.
• Xolid ibn Validning yovuzlikka qarshi kurashish istagi.
• Fotima binti Muhammad ﷺ ning otasiga boʻlgan muhabbati va hurmati.
• Sallohuddin al-Ayubiy tomonidan Qudsni ozod qilishi va salibchilarning magʻlubiyati (Alloh barchalaridan rozi boʻlsin). Va boshqalar...

Albatta, biz ularga avvalo din asoslarini oʻrgatishimiz kerak va bu eng muhim jihat!
Shundan keyin bolalaringizning hulqidagi ijobiy oʻzgarishlarga guvoh boʻlasiz, InshaAlloh!


Javohir Zokirov Blogidan olindi


@AbdulazizXasan
22 viewsAbdulaziz Xasan, 06:55
Ochish/sharhlash
2023-01-12 17:05:27
Haa ular sendan o'rnak oladi. Senda esa ma'suliyat kuchli.

Bilasanmi , nega unday ? Chunki sen farzandlaringa berishing kerak bo'lgan mehr ,oqibat va e'tiborni kamaytirmagan holatda: O'zing farzand rolida bo'lib ota-onangga qanday xizmat qilish , ularni xurmat qilish , ularni qanday sevish kerakligini na'muna o'laroq ko'rsatib bera olishing kerak.

Bugun sen ota yoki ona sifatida farzandingga , farzand sifatida senga rangidan rang ,jismidan quvvat bergan jannating va padari buzrukvoringga o'zingni ko'rsat.

Sen eng yaxshi farzand ekaningni isbotla. In Shaa Allah jannatda ularga nurdan bo'lgan tojni kiydirish uchun harakatni bugundan (hozirdan) boshla.

Bilib qo'y sen o'zing bilmagan holatda musobaqadasan... Musobaqa haqida batafsil keyingi kontentlarda In Shaa Allah!

@AbdulazizXasan

Ota-ona va farzand mavzusida har qancha fikrlaringizni izohda qoldiring hammasini o'qib mulohaza qilamiz.
30 viewsAbdulaziz Xasan, edited  14:05
Ochish/sharhlash
2023-01-06 23:12:32 АЛЛОҲ БИЗГА ОТА-ОНАМИЗДАН ҲАМ МЕҲРИБОН.

     Тиббиёт факултетида таълим олаётган талабани дарсга бораётганида машина уриб юборди. Уни дарҳол шифохонага олиб бориб жарроҳлик столига ётқизишди. Табиблар уни текшириб битта буйрагини дарҳол олиб ташлаш кераклигини айтишди. Чунки ундан шиддат билан қон кетаётган эди. Унинг оиласига хабар бериб бир хулосага келишларини айтишди...
   Амалиёт муваффақиятли якун топди. Бир неча кундан кейин унда амалиёт ўтказган табиб унинг олдига кириб табассум билан деди:
— Қачонлардир қазо ва қадар ҳақида эшитганмисан?
— Ҳа эшитганман. Аммо мен буйрагимдан ажралдим доктор!
— Мен ҳам ўз кўзим билан кўргунимча сендай ўйлаган эдим. Сенинг буйрагингни олиб ташлаш чоғида бўйрагингдаги ғалати тўқималарни кўрдик. Уни олиб бўлгач таҳлил учун лабараторияга юбордик. Текширув натижасидан даҳшатга тушдик. Унда саратон бошланган экан.
   Талаба деди:
— Бу билан сиз, ўша машина сени иккинчи ҳаётга қайтариш учун айнан жароҳатланган жойингни топиб урган, демоқчимисиз?!
   Доктор:
— Сенчи, бу воқеани оддий тўқнашув деб ўйлайсанми?
Талаба кулиб деди:
— Бу аниқ қазо ва қадар!
                                                                Муҳаммад Ротиб Набулсий.

Manba: @Hikoyalar kanali

#hikoylar

@AbdulazizXasan - ilm ulashuvchi inson
31 viewsAbdulaziz Xasan, 20:12
Ochish/sharhlash
2023-01-05 21:37:41
Bepul xizmatlarimiz ham bor...

Men Abdulaziz Xasan "Albushro digital kompaniyasi"  asoschilaridan biri va rahbariman.

Taʼlim yoʻnalishidagi ilk faoliyatimni uyda "Ingliz tili" dan dars berishdan boshlaganman. Soʻngra Namangan tumanidagi "EDU WORLD" oʻquv markazida, undan soʻng   koʻpchiligingizga maʼlum boʻlgan Ustozimiz Muhammadali Eshonqulov asos solgan  Yuksalish liderlar akademiyasining Toshkent shahridagi  City Education filialida Mentor (oʻqituvchi) boʻlib ishladim.

2 (ikki) yilga yaqin taʼlim sohasidagi karyeram davomida: oʻquv markazlari faoliyati, ulardagi yutuq va kamchiliklar, kuchli va kuchsiz taraflarni koʻrdim. Sababini oʻrgandim.

"Space Academy"da SMM foundation kursini muvaffaqiyatli tamomladim. Aynan oʻquv markazlarini tizimlashtirish boʻyicha "Modme" platformasi bilan ham ishlay olaman. Hozir esa Internet marketing bilan shugʻullanmoqdaman va yuqorida aytganimdek Albushro digital (raqamli) kompaniyasiga asos soldik. Shuncha tajriba, bilim va koʻnikmalarni birlashtirib taʼlimga oid bizneslarga eng optimal taklifni bera olaman. Qolaversa xizmatlarimizni hammasi ham pullik emas... Ya'na ham koʻproq maʼlumot uchun @Abdulaziz_Xasan ga murojaat qiling yoki  izohda "+" qoldiring.

Telegram | Instagram |
TikTok | Youtube

ALBUSHRO - RAQAMLI DUNYODAN XUSHXABARLAR!
36 viewsAbdulaziz Ibn Ravshan, 18:37
Ochish/sharhlash