Get Mystery Box with random crypto!

Ajoyib youtuber Nas Daily'dan 10 ta maslahat So'nggi 4 yil ic | Abdulaziz Xasan | Blog

Ajoyib youtuber Nas Daily'dan 10 ta maslahat

So'nggi 4 yil ichida men nimalarni o'rgandim:
1) Kompaniya tashkil qilish bu 1 yillik ish emas. Bu bosib o'tishingiz lozim bo'lgan 10 yillik marafon.
2) Siz boshlaydigan har qanday loyiha 90 foiz muvaffaqiyatsizlikka uchrash ehtimoli bor. Buni to'g'ri qabul qilishingiz kerak.
3) Yolg'iz ishlash yoqimli va tez. Jamoa bo'lib ishlash og'ir va sekin. Lekin, bu uzoqqa borishning yagona yo'li.
4) Har qanday ish siz o'ylagandan ko'ra 3 barobar ko'proq vaqt oladi. Chunki miya tanadan ancha tezroq ishlaydi.
5) Imkoniyatlar har yerda bor. Agar Nas Company bo'lmasa, barpo qilishni xohlagan kamida 10 ta kompaniyam bor edi.
Juda kam odamlar muvaffaqiyatga erishish ehtimoli 10% bo'lgan ish uchun 10 yil umr sarflab kompaniya tashkil qilishadi.
6) Maslagingizda mustahkam turing. Odamlar sizni o'zgartirishga va noto'g'ri ishlarni qildirishga urinishadi. Insonlarni inkor qilishni o'rganing.
7) Qancha yuqoriga ko'tarilsangiz ham, keyingi qadamingizni eng pastdan boshlaysiz.
Hatto Sukerberg ham AR va VR g'oyasining eng pastida turibdi hozir. Doim qanchadir oydan keyin quyiroqda bo'lishga tayyor turing.
8 ) Ish va shaxsiy hayot o'rtasida muvozanat saqlash ko'pchilik erisholmaydigan imtiyoz hisoblanadi.
Startaplarni 9 dan 5 gacha, haftada 5 kun grafigi asosida qurib bo'lmaydi.
Shunday ekan siz va jamoangiz yaxshigina vaqt sarflashi kerak. Bo'lmasa hamma ishsiz qoladi. Tushunganingizdek bu biroz ekstremal yo'l.
9) Ishga qabul qilishda qattiqroq bo'lavering.
Kompaniyangiz hamma uchun ham to'g'ri kelmaydi va har kim ham kompaniyangizga to'g'ri kelmaydi.
Agar kompaniyangiz duch kelgan odamni qabul qilaversa, keyinchalik u hech kimga kerak bo'lmay qoladi.
Boshqa so'z bilan aytganda: "Munosib odamlarni toping"
10) Oxirgi va eng asosiysi, maslahatlarimni unuting.
Men hech narsani bilmayman. O'z yo'limda endigina 40% li masofani bosib o'tdim. Bu tavsiyalar ishlaydimi yoki yo'qmi 6 yildan keyin xabar beraman. 

Беҳзод Отажонов

Manba: @teamwork_uz