Get Mystery Box with random crypto!

OTA-ONALAR DIQQATIGA!!! • Tarzan yarim yalangʻoch holda yasha | Abdulaziz Xasan | Blog

OTA-ONALAR DIQQATIGA!!!

• Tarzan yarim yalangʻoch holda yashaydi.
• Zolushka yarim tunda uyga keladi.
• Buratino doim yolgʻon gapiradi.
• Alovuddin oʻgʻrilar shohi.
• Betmen soatiga 200 km tezlikda harakatlanadi.
• Romeo va Juletta sevgi tufayli oʻz joniga qasd qilgan.
• Garri Potter jodugarlikdan foydalanadi.
• Mikki va Minni shunchaki doʻst emas.
• Uyqudagi sohibjamol dangasa.
• Skubi-Du dahshatli tushlar koʻradi.
• Oppogʻoy 7 ta kichik erkak bilan bir uyda yashaydi.

Bolalaringizdagi notoʻgʻri xatti-harakatlariga hayron boʻlmang, ular buni oʻz ertak kitoblari va ularga “biz” beradigan multfilmlardan bilib olishmoqda.
Buning oʻrniga, biz ularga quyidagi kabi hikoyalarni oʻrgatishimiz kerak;

• Abu Bakrning doʻsti va paygʻambari Muhammad ﷺ ga boʻlgan sadoqat va xizmatlari. Sadoqat va doʻstlikning eng yaxshi namunasi.
• Umar ibn Xattobning adolat va bagʻrikenglikka boʻlgan muhabbati.
• Usmon ibn Affonning hayo darajasi.
• Ali ibn Abu Tolibning jasorati.
• Xolid ibn Validning yovuzlikka qarshi kurashish istagi.
• Fotima binti Muhammad ﷺ ning otasiga boʻlgan muhabbati va hurmati.
• Sallohuddin al-Ayubiy tomonidan Qudsni ozod qilishi va salibchilarning magʻlubiyati (Alloh barchalaridan rozi boʻlsin). Va boshqalar...

Albatta, biz ularga avvalo din asoslarini oʻrgatishimiz kerak va bu eng muhim jihat!
Shundan keyin bolalaringizning hulqidagi ijobiy oʻzgarishlarga guvoh boʻlasiz, InshaAlloh!


Javohir Zokirov Blogidan olindi


@AbdulazizXasan