Get Mystery Box with random crypto!

​​CHANOQQALʼA FRONTIDAGI RAMAZON Saharlikka nima ovqat y | ZᑌᒪᗷIᒍOᗪᗩYᑎ

​​CHANOQQALʼA FRONTIDAGI RAMAZON

Saharlikka nima ovqat yesam ekan deb oʻylab turganimda mana shu rasm va uning ostida yozilgan maktubga koʻzim tushdi. Bir askar frontdan qiziga quyidagi mazmunda xat yozadi:
“Mening goʻzal qizim,
Bugun 14 iyul, Ramazon oyining ikkinchi kuni. Shayxulislom askarlarga roʻza tutmasangiz ham boʻladi, deb fatvo berdi. Lekin mening koʻnglim hijil boʻlib qoldi. Roʻza tutishga niyat qildim. Saharda butalar orasidan ikkita chirish oʻtini (koʻk piyozga oʻxshash, bizda «mador” nomi bilan mashhur oʻsimlik) topdim. Shular bilan saharlik qildim. Kunduzi yana yangi xandaqlar qazdik. Hecham chanqamadim. Hujum kuchayib borardi. Boshimizni ham koʻtara olmadik. Shom payti bir askar azon aytdi. Askarlar handaq ichida suvdonni qoʻlma-qoʻl qilib ogʻiz ocha boshlashdi. Men bir oʻzim roʻza tutganman deb oʻylagan ekanman. Maʼlum boʻldiki, qoʻshinning hammasi shu kuni roʻzador ekan. Suvdon menga oxiri boʻlib keldi. Lekin men oʻzimning holatimdan uyalardim. Doʻstlarimning hammasi saharliksiz roʻza tutishgan edi. Saharda yegan ikki dona chirish oʻti sababli doʻstlarimning koʻziga qarolmasdim. Oʻsha kuni roʻzador holatida shahid boʻlgan erzurumli, darandali, yanijali birodarlarimning haqini qanday ado etaman deya koʻz yosh toʻkdim... E-e, bu vatan mana shunday qilib vatan boʻldi. Shahidlar qoni bilan qorilgan bu tuproqning qadrini faqat shahodatga iymon keltirgan, qalbida vatan muhabbatini olib yurganlargina biladi».
Robbim barcha shahidlarimizni rahmatiga olib, Firdavs jannatlarida Paygʻambarimiz sallolohu alayhi vasallam bilan qoʻshni qilsin.

Manba: Gerçek Tarihimizi Biliyor muyuz?