Get Mystery Box with random crypto!

ZᑌᒪᗷIᒍOᗪᗩYᑎ

Telegram kanalining logotibi zulbijodayn — ZᑌᒪᗷIᒍOᗪᗩYᑎ Z
Telegram kanalining logotibi zulbijodayn — ZᑌᒪᗷIᒍOᗪᗩYᑎ
Kanal manzili: @zulbijodayn
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 368
Kanalning ta’rifi

"Iymonlarini qutqarmagunlaricha o'lmasinlar.."

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-07-10 16:10:01
Agar e’tiqod qilayotganingizdek yashamayotgan bo‘lsangiz, demak yashayotganingizdek e’tiqoddasiz!

Umar roziyallohu anhu
120 viewsء, 13:10
Ochish/sharhlash
2022-07-10 14:30:27 ​​CHANOQQALʼA FRONTIDAGI RAMAZON

Saharlikka nima ovqat yesam ekan deb oʻylab turganimda mana shu rasm va uning ostida yozilgan maktubga koʻzim tushdi. Bir askar frontdan qiziga quyidagi mazmunda xat yozadi:
“Mening goʻzal qizim,
Bugun 14 iyul, Ramazon oyining ikkinchi kuni. Shayxulislom askarlarga roʻza tutmasangiz ham boʻladi, deb fatvo berdi. Lekin mening koʻnglim hijil boʻlib qoldi. Roʻza tutishga niyat qildim. Saharda butalar orasidan ikkita chirish oʻtini (koʻk piyozga oʻxshash, bizda «mador” nomi bilan mashhur oʻsimlik) topdim. Shular bilan saharlik qildim. Kunduzi yana yangi xandaqlar qazdik. Hecham chanqamadim. Hujum kuchayib borardi. Boshimizni ham koʻtara olmadik. Shom payti bir askar azon aytdi. Askarlar handaq ichida suvdonni qoʻlma-qoʻl qilib ogʻiz ocha boshlashdi. Men bir oʻzim roʻza tutganman deb oʻylagan ekanman. Maʼlum boʻldiki, qoʻshinning hammasi shu kuni roʻzador ekan. Suvdon menga oxiri boʻlib keldi. Lekin men oʻzimning holatimdan uyalardim. Doʻstlarimning hammasi saharliksiz roʻza tutishgan edi. Saharda yegan ikki dona chirish oʻti sababli doʻstlarimning koʻziga qarolmasdim. Oʻsha kuni roʻzador holatida shahid boʻlgan erzurumli, darandali, yanijali birodarlarimning haqini qanday ado etaman deya koʻz yosh toʻkdim... E-e, bu vatan mana shunday qilib vatan boʻldi. Shahidlar qoni bilan qorilgan bu tuproqning qadrini faqat shahodatga iymon keltirgan, qalbida vatan muhabbatini olib yurganlargina biladi».
Robbim barcha shahidlarimizni rahmatiga olib, Firdavs jannatlarida Paygʻambarimiz sallolohu alayhi vasallam bilan qoʻshni qilsin.

Manba: Gerçek Tarihimizi Biliyor muyuz?
163 viewsء, 11:30
Ochish/sharhlash
2022-07-09 05:00:33 Assalamu alaykum va rahmatullohi va barokatuh.

Qurbon hayiti muborak bo'lsin. Hammani chin ichimdan tabriklayman))
238 viewsء, 02:00
Ochish/sharhlash
2022-07-02 22:13:01
Bir kun biz ham ketarmiz, Robbimiz tomon.
612 viewsء, 19:13
Ochish/sharhlash
2022-07-02 18:27:30 Seni roziligingdan boshqa narsa uchun to'kilgan har bir ko'z yoshi uchun kechir Robbim.
604 viewsء, 15:27
Ochish/sharhlash
2022-06-30 19:57:28 Ubudiyat yo'li.
608 viewsء, 16:57
Ochish/sharhlash
2022-06-30 19:25:02
Diningizni yaxshilab oʻrganing va unga muvofiq yashang. Aks holda oʻtkazayotgan hayotingizni din shu boʻladi, deb tushunadigan boʻlib qolasiz.

Hazrati Umar roziyallohu anhu
597 viewsء, 16:25
Ochish/sharhlash
2022-06-26 15:15:56
Go'zal qiroat.

Kanal arxividan.
788 viewsء, 12:15
Ochish/sharhlash
2022-06-26 12:20:01 #ibrat

50 yoshlar atrofidagi bir kishi bilan o'tgan yili bir yerda suhbatlashib qolgandik. Bir gap aytdilar shunda, "Yoshligimizda otam bizga bir gap aytgandilar, " Bolalarim, agar million pul yo'qotishlaring mumkinligini bilsangiz ham aytganimni qilinglar, gap qaytarmanglar. Bo'lmasa, biringiz ikki bo'lmaydi hech qachon". O'shandan beri shu gapga amal qilib yashadim o'g'lim".

Zulbijodayn
682 viewsء, 09:20
Ochish/sharhlash