Get Mystery Box with random crypto!

Zakovat intellektual klubi

Telegram kanalining logotibi zakovat — Zakovat intellektual klubi Z
Telegram kanalining logotibi zakovat — Zakovat intellektual klubi
Kanal manzili: @zakovat
Toifalar: Taʼlim , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 39.72K
Kanalning ta’rifi

RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.
Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV
Sayt: zakovatklubi.uz

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2023-06-13 14:08:38
Афсуски, чекка ҳудудлардаги айрим мактабларимизнинг аҳволи ниҳоятда аянчли. Мен Ангор туманидаги 9-мактабни кўздан кечириб, бунга яна бир бор ишонч ҳосил қилдим. Бу ерда энг бирламчи шароитлар ҳам йўқлиги, коммуникация, мактаб жиҳозлари, ҳаттоки ўқувчилар учун жой етарли эмаслигини кўриш мен учун оғриқли бўлди.

Мактабларга эҳтиёж мунтазам равишда ошяпти. Туғилишлар сони йилдан йилга кўплиги учун ҳам баъзи мактабларда битта синфда 40 тагача ўқувчи ўтиргани ҳам бор гап. Ҳали яна кўплаб ўқув ўринлари барпо этилиши керак. Бу оғир жараён. Лекин бу муаммоларни ҳал этмасликнинг иложи йўқ, ўқувчиларга шароит яратмасдан туриб, таълим сифатида ҳақида гапириш бефойда.

Таълимсиз тараққиётга эришиб бўлмайди деб доим бонг уриб келаётган Президентимизнинг асосий устувор мақсадларидан бири ҳам таълим эканлиги бежиз эмас. Президент далани эмас болани танладилар. Ўқитувчилар пахта балосидан озод бўлди. Уларни таълимдан бошқа мажбурий меҳнатга жалб қилиш каби ҳолатлар учун жиноий жавобгарликкача бўлган жазо чоралари белгиланди. Бошланғич синфлар учун замонавий ўқитиш тизими шу йил сентябрь ойидан жорий этиляпти. Инглиз тилини ўргатиш учун хориждан чет тили мутахассислари олиб келиняпти, мактаблар учун замонавий жиҳозлар ажратиляпти. Буларнинг барчаси — ушбу йўналишдаги ишларнинг айримлари холос.

Тез орада ушбу мактабни таъмирлаш ва қайта жиҳозлаш ишлари бошланади. Лекин бу ишлар кимдир келгани учун эмас, тизимли йўлга қўйилиши ва ҳар куни давом эттирилиши керак. Токи энг чекка қишлоқ мактабирида ҳам энг камида зарур шароит бўлсин. Ана шундагина биз кўзлаган мақсадимиз — сифатли таълимга эриша оламиз.
2.3K views11:08
Ochish/sharhlash
2023-06-13 13:27:27
Yoshlar kubogi o‘z egalarini kutmoqda. Turnir uchun ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling!

Turnir 15-iyun, payshanba kuni “Yoshlar oyligi”ning intellektual o‘yinlar haftaligi doirasida yurtimizning barcha hududlarida bo‘lib o‘tadi.

Musobaqa yakunida g‘olib jamoalarga kubok topshiriladi.

Turnirda jamoalar quyidagi havola orqali o‘z hududi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tadi:

https://zakovatklubi.uz/tournaments

Bugun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni bo‘lib, jamoalar soat 23:59gacha ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

O‘yinlar 15-iyun kuni barcha hududlarda soat 10:00da boshlanadi va sinxron tarzda olib boriladi.

Musobaqa haqida bu yerda batafsil bilib olishingiz mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
8.2K viewsedited  10:27
Ochish/sharhlash
2023-06-13 06:55:31
"Kubik rubik" musobaqasi ishtirokchilari diqqatiga

Musobaqa ishtirokchilaridan kelib tushgan ko‘p sonli arizalarni hisobga olib, 14-iyun kuni saralash bosqichi o‘tkazishga qaror qilindi.

Ro‘yxatdan o‘tayotganda 3x3x3 cube yo‘nalishini tanlagan ishtirokchilar saralash bosqichida 3x3x3 cube yo‘nalishida 1 daqiqadan kamroq natija ko‘rsatishlari talab etiladi, aks holda ular musobaqadagi ishtiroklarini to‘xtatishlariga to‘g‘ri keladi.

Saralashda 3x3x3 cube yo‘nalishida 1 daqiqa va undan kamroq natija ko‘rsatganlar soni 100 nafardan oshadigan taqdirda, eng yaxshi natija ko‘rsatgan 100 nafar ishtirokchi final bosqichi uchun tanlab olinadi.

Qolgan yo‘nalishlarda quyidagicha natija qayd etganlarning barchasi finalga yo‘llanma oladi:

2x2x2 cube va Pyraminx yo‘nalishida 30 soniya yoki undan kamroq;
4x4x4 cube yo‘nalishida 2 daqiqa yoki undan kamroq;
3x3x3 one handed yo‘nalishida 2 daqiqa yoki undan kamroq.

Eslatma: Ro‘yxatdan o‘tayotganda 3x3x3 cube yo‘nalishini tanlagan ishtirokchilar saralashda faqat ushbu yo‘nalishda sinovdan o‘tkaziladi va 1 daqiqadan kamroq natija ko‘rsatadigan taqdirdagina ularning 3x3x3 cube yoki boshqa yo‘nalishlarda ishtirokini davom ettirishlariga ruxsat etiladi. Basharti, 3x3x3 cube yo‘nalishidagi sinovda 1 daqiqadan ko‘proq natija ko‘rsatilsa, ishtirokchi boshqa yo‘nalishlarda qatnashish imkoniyatini ham yo‘qotadi.

Ro‘yxatdan o‘tayotganda boshqa yo‘nalishni tanlagan ishtirokchilar saralashda o‘zlari ko‘rsatgan yo‘nalish bo‘yicha sinovdan o‘tkaziladi.

Saralash bosqichi ertaga, 14-iyun kuni soat 10:00da boshlanadi.

Manzil: Yoshlar uchun sport, madaniy-ma’rifiy va intellektual o‘yinlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan yopiq majmua binosi.

Mo‘ljal: Beruniy metro bekati.

Lokatsiya

Musobaqaning final bosqichi boshqa sanada bo‘lib o‘tadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
7.2K views03:55
Ochish/sharhlash
2023-06-12 21:52:13
Bugungi Zakovat Quiz o’yiniga ko’plab jajji bilimdonlar ham tashrif buyurishdi.

#Zakovat_Quiz
#Multfilmlar

Boshqa barcha fotosuratlar @NZK_FOTO kanalida.

Zakovat NNT Namangan viloyati Zakovat klubi rasmiy kanali:
@Namangan_Zakovat
4.6K views18:52
Ochish/sharhlash
2023-06-12 19:41:05
Mulftilmlar mavzusidagi “Zakovat Quiz” o‘yini bo‘lib o‘tmoqda!

“Zakovat Quiz”ning ushbu mavzuli o‘yini “Yoshlar oyligi”ning intellektual o‘yinlar haftaligi doirasida respublikamizning ko‘plab hududlarida o‘tkazilmoqda.

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan hayajonli o‘yinda mashhur “Zakovat”chilar o‘zlarining multfilmsevar farzandlari bilan ishtirok etishmoqda!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
6.3K views16:41
Ochish/sharhlash
2023-06-05 18:45:07
Detektiv mavzuda “Zakovat Quiz” o‘yini bo‘lib o‘tmoqda!

“Yoshlar oyligi” doirasida tashkil etilgan maxsus o‘yinda 80ga yaqin jamoa ishtirok etmoqda.

Hamkorimiz — "Agrobank" aksiyadorlik tijorat banki.

@zakovatquiz
3.9K views15:45
Ochish/sharhlash
2023-06-05 10:41:25
"Beshikdan qabrgacha ilm izla" turniri haqida

Iyun "Yoshlar oyligi" munosabati bilan tashkil etilayotgan ushbu turnirda bilimdonlar yangi bilimlarni o‘rganishi maqsadida murakkab savollardan iborat savollar to‘plami shakllantiriladi.

Turnir 3 ta turdan iborat, har bir turda 36 tadan savol o‘ynaladi. Ushbu turnirda ixtiyoriy jamoa ishtirok etishi mumkin. "Zakovat intellektual klubi" NNTning Professional liga Bahorgi mavsumida ishtirok etayotgan jamoalar tarkibini o‘zgartirmasdan ishtirok etishlari talab etiladi. Boshqa jamoalar uchun tarkibni shakllantirishda cheklovlar yo‘q.

Turnir 1-turidan ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:

https://zakovatklubi.uz/tournaments/310

Mo‘ljal: Beruniy metro bekati.

Lokatsiya

Boshlanish vaqti: 6-iyun (seshanba) 19:00

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
7.0K views07:41
Ochish/sharhlash
2023-06-04 21:18:10
Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!

Ba’zi “Zakovat” muxlislarining ma’lum qilishicha, so‘nggi vaqtlarda internetdan ularga “Zakovat” viktorinasida qatnashib, 30 million so‘m pul yutib olish taklifi kelib tushgan hamda yutuq pulini olish uchun “Zakovat” logosi o‘rnatilgan soxta saytda plastik karta ma’lumotlarini kiritish so‘ralgan.

Bu hech shubhasiz, firibgarlikdir.

“Zakovat intellektual klubi” NNT fuqarolarni internetdagi turli shubhali viktorina va musobaqalarda ishtirok etmaslikka, plastik karta ma’lumotlarini saytlarga kiritmaslikka va begona shaxslarga bermaslikka chaqiradi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
11.7K views18:18
Ochish/sharhlash
2023-06-02 18:01:34
Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlangan “Zakovat” turniri bo‘lib o‘tdi!

“Yoshlar oyligi” doirasida o‘tkazilgan ushbu turnirda 7 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalardan tashkil topgan jamoalar ishtirok etdi.

Turnir 2-iyun kuni respublikamizning 11 hududida sinxron tarzda o‘tkazildi va unda 212 ta jamoa hamda 1300 ga yaqin bolalar ishtirok etdi.

Jizzax, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida turnir ertaga 3-iyun kuni o'tkaziladi.

Barcha hududlarda g‘olib jamoalar kitoblar bilan taqdirlandi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
10.9K views15:01
Ochish/sharhlash
2023-05-21 11:03:01
“Zakovat Intervyu” loyihasining navbatdagi mehmoni - Ravshan Isroilov!

“Zakovat”ning azaliy muxlislariga qadrdon bo‘lgan bilimdon bilan uyushtirilgan intervyuni to‘liq shaklda bugun, kechki soatlarda e’tiboringizga havola etamiz!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
2.4K views08:03
Ochish/sharhlash