Get Mystery Box with random crypto!

Bu yil talabalik baxtiga sazovor bo‘lgan uka-singillarimizning | Yurist Imomniyozov

Bu yil talabalik baxtiga sazovor bo‘lgan uka-singillarimizning ota-onalariga muhim tafsiyalar

Agar farzandingiz to‘lov kontrakt asosida o‘qishga kirgan bo‘lsa, farzandingiz to‘lov kontrakt shartnomasini olgandan keyin kontrak summasini ish haqingizdan to‘lash uchun o‘zingiz ishlaydigan tashkilotingiz buxgalteriyasiga kontrakt summasini ish haqingizdan ushlab qolish haqida ariza berib qo‘ying.

Bunda kontrakt summasi oyma-oy to‘lanishi bilan bir qatorda ish haqingizning kontraktga yo‘naltirilgan qismini soliqdan ozod qilasiz (Soliq kodeksining 378-moddasi).

To‘g‘ri, keyinchalik ham to‘langan kontrakt summasidan soliqlarni qaytarib olish mumkin. Biroq buning uchun ortiqcha vaqt sarflaysiz va ancha vaqt kutishingizga to‘g‘ri keladi.

Hozir OTMlarda talabalarni turar joy bilan to‘liq ta’minlash imkoniyati mavjud emas. Shuning uchun talabalar turar joylari muayyan talablar asosida beriladi.

Ushbu talablar qatoriga oilaning 2 nafar farzandi kontrakt asosida o‘qishi, oilaning “Temir daftar”da, farzandining “Ayollar daftari” yoki “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turishi, talabaning nogironligi bo‘lishi va boshqalar kiritilgan. Shuning uchun yuqorida sanab o‘tilganlar toifasiga kirsangiz, bu haqida ma’lumotlarni oldindan tayyor qilib qo‘ying.

Agar siz yoki farzandingiz yuqoridagi mezonlarga mos bo‘lmasa, unda o‘qish boshlanguncha ijara shartnomasi (yozma ravishda) asosida ijaraga kvartira olib qo‘ying. Bunda farzandingiz to‘laydigan ijara haqining bir qismi:

Toshkent shahridabazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (300 000 so‘m);

qolgan hududlarda bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (150 000 so‘m) miqdorda qoplab beriladi.

Yuqorida sanab o‘tilgan tafsiyalarga amal qilsangiz, farzandingiz muammolar va turli xil dilxiraliklarsiz o‘quv yilini boshlab oladi. Sizning esa ko‘nglingiz xotirjam bo‘ladi.

@yurist_imomniyozov