Get Mystery Box with random crypto!

Bugun 7-iyul 2022-yil, payshanba BAYRAMLAR: Butunjahon k | 💙YOSHLAR OVOZI💙

Bugun 7-iyul 2022-yil, payshanba

BAYRAMLAR:

Butunjahon kechirim kuni (Global Forgiveness Day).

MILLIY BAYRAMLAR:

Rossiya - Rossiyaning harbiy shon-sharaf kuni (1770 yil 7 iyulda Chesma jangida rus flotining turklar ustidan qozongan g'alabasi).
Shimoliy Osetiya - Respublika kuni.
Solomon orollari - Mustaqillik kuni.
Tanzaniya - Qishloq xo'jaligi kuni.
Rossiya, Belarussiya, Ukraina - Ivan Kupala.
Yaponiya - Tanabata yoki Yulduzlar festivali (Yaponiya milliy sevgi bayrami).

VOQEALAR:

- 1445 - Suzdal yonidagi jangda mo‘g‘ul qo‘shinlari Moskva buyuk knyazi Vasiliy II qo‘shinlarini butunlay tor-mor qilishdi.
- 1520 - Otumba jangi: iapanlar Asteklar imperiyasi qo‘shinlarini mag‘lub etishdi.
- 1607 - Angliya madhiyasi "God Save the King" birinchi marta kuylandi.
- 1668 - Isaak Nyuton fan magistri darajasini oldi.
- 1754 - Nyu-Yorkda Qirollik kolleji (hozirgi Kolumbiya universiteti) ochildi.
- 1770 - Chesma jangi rus flotining g'alabasi bilan tugadi.
- 1807 - Rossiya imperiyasi  va Fransiya Tilzit bitimini  tuzdilar.
- 1881 - Pinokkio namoyishi.
- 1898 - AQSh Kongressi Gavayi orollari anneksiyasi haqida qaror chiqardi.
- 1925 - Janubiy Afrika Senati irqiy kamsitish to'g'risidagi qonunni rad etdi.
- 1937 - Pekindagi Marko Polo ko'prigi buzib tashlandi.
- 1938 - SSSR tarixidagi birinchi teleko'rsatuv namoyishi.
- 1950 - Farnboroda birinchi aviashou bo'ldi.
- 1978 - Solomon orollari Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishdi.
- 1980 - La-Mansh ustidan quyosh energiyasi bilan ishlaydigan samolyotning birinchi parvozi.
- 1983 - SSSRga Samanta Smith keldi.
- 1987 - portlashda ayblangan Chernobil AES uch rahbarining ustidan sud jarayoni boshlandi.
- 1993 - Markaziy Yevropada halokatli suv toshqinlari.
- 2000 - Belgiyaning Kortreyk shahrida Ibn Sinoga haykal o'rnatildi.
- 2005 - Londonda portlashlar  yuz berdi.
- 2007 - Portugaliya, Lissabonda dunyoning yangi mo''jizalari e'lon qilindi. Uch etti (07.07.07) kuni bayrami.
- 2011 - “General Motors Powertrain Uzbekistan” qo'shma korxonasida birinchi marta dvigatel ishlab chiqarildi.

TAVALLUDLAR:

- 1119 - imperator Sutoku (1164) - Yaponiyaning 75-imperatori (1123-1142).
- 1422 - Abulqosim Bobur (1457) - temuriylardan, Boysunqur Mirzoning oʻgʻli. 
- 1746 - Juzeppe Pyassi (1826) - Italyan astranomi, birinchi kichik sayyora - Sererani ochgan olim.
1797 - Imom Shomil (1871) Kavkaz tog'liklarining yetakchisi, Shimoliy Kavkaz imomati boshlig'i.
- 1844 - Kamillo Goldji (1926) - italiyalik gistolog, Nobel mukofoti sohibi (1906).
- 1882 - Yanka Kupala (1942) - mashhur belorus shoiri va yozuvchisi.
- 1887 - Mark Shagall (1985) - kelib chiqishi yahudiy bo‘lgan rus, belorus va fransuz rassomi, 20-asr badiiy avangardining taniqli vakillaridan biri.
- 1893 - Kashiyeva Qaysar (1972) - rassomlik tahsilini olgan ilk ozarbayjon ayoli.
- 1924 - Natalya Bextereva (2008) - sovet va rus neyrofiziologi, yirik miya tadqiqotchisi.
- 1934 - Normurod Narzullayev - Oʻzbekiston xalq shoiri (2000).
- 1943 - Toto Kutuno - Mashhur italyan qo‘shiqchisi va kompozitori.
- 1960 - Odilov Hasan - yog’och o’ymakori, O’zbekiston xalq ustasi (2002).
- 1962 - Janna Aguzarova - sovet va rus qo'shiqchisi, “Bravo” guruhining sobiq vokalisti.
- 1985 - Azizbek Haydarov - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi.
- 1993 - Shahram Gʻiyosov - oʻzbekistonlik professional bokschi, jahon chempioni, O‘zbekiston iftixori.
- 2002 - Kamola Irnazarova - badiiy gimnastika boʻyicha oʻzbeksportchisi, xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi

BIZ BILAN QOLING!

╔═ ೋ ೋ ═╗ http://t.me/yoshlarovozi_new
╚═ ೋ ೋ ═╝