Get Mystery Box with random crypto!

#buguntarixda Bugun 6-iyul - Amir Temur Samarqand shahrida qu | 💙YOSHLAR OVOZI💙

#buguntarixda

Bugun 6-iyul - Amir Temur Samarqand shahrida qurultoy o‘tkazgan kun

Amir Temur 1370-yil 6-iyulda Samarqandda qurultoy chaqirdi.

Qurultoyda Shibirg‘on hokimi amir Zinda Chashmdan boshqa Movarounnahrning barcha amirlari va qabila boshliqlari to‘plandilar.

Ikki daryo oralig‘ida yashovchi turk-mo‘g‘ul qabila boshliqlari, barcha amirlar Amir Temur hokimiyatini tan oldilar.

Samarqand davlat poytaxti deb e’lon qilindi.

Samarqandda mustahkam devorlar, qal’alar hamda saroylar barpo etiladi.

Amir Temur mamlakatda qonun va tartib ishlarini joriy etadi. Maxsus qo‘shin tuzib, unga katta imtiyozlar beradi.

Amir Temur yirik harbiy bo‘linmalarning boshliqlari etib Ardasher Qavchin, Joku Barlos, Iskandar A’lam Shayx, Usmon Abbos, Sayfiddin Barloslarni tayinladi.

Tajribali harbiylar sipohsolorlikka tayinlandi. 

╔═ ೋ ೋ ═╗ http://t.me/yoshlarovozi_new
╚═ ೋ ೋ ═╝